2.2 Ishsizlikka chek qo’yish va yangi ish o’rinlarini yaratish.
Ishsizlik tushunchasi va uning kelib chiqishi sabablari
Ijtimoiy-mehnat sohasining eng murakkab muammolaridan biri - ishsizlikdir.
Ishsizlik - ijtimoiy-iqtisodiy voqea hisoblanib, iqtisodiy faol, mehnat qilishga
layoqatli va mehnat qilishni xohlaydigan aholi muayyan qismining tovarlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda ish bilan band bo‘lmasligidir.
Xalqaro mehnat tashkiloti qoidalariga muvofiq, ishsiz - hisobot davrida ishga
ega boimagan, ishlashni xohlaydigan, ish qidirgan shaxs hisoblanadi1.
0 ‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, ≪Ishsizlar - o‘n olti yoshdan to
pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha boigan yoshdagi, haq toianadigan
ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega boimagan, ish qidirayotgan
va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boigan yoxud kasbga tayyorlashdan,
qayta tayyorlashdan olishga yoki malakasini oshirishga tayyor boigan mehnatga
layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, ishga joylashishda ko‘mak
olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish
qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz, deb e’tirof etiladi≫2.
Iqtisodiy nazariya klassik maktabi vakillari (D. Rikardo, J. S. Mill, A. Marshall
va boshqalar)ning fikricha, mehnat bozoridagi raqobat majburiy ishsizlikni istisno
etadi. Bozor tomonidan belgilangan ish haqiga mehnat qilishni xohlagan har bir
kishi osongina ish topa oladi.
Yangi klassik maktab nazariyachilari (J. Perri, M. Feldstayn, R. Xoll va
boshqalar) mehnat bozorida muvozanat, ya’ni ish kuchiga talab va uning taklifi
teng boisa, ishsizlik bolmaydi, deb hisoblaydilar.
Keynschilar (J. M. Keyns, R. Godon va boshqalar) ishsizlikning asosiy sababi
- ≪samarali talab≫ning yetarli emasligidadir, deb isbotlaydilar. Ushbu ≪samarali
talab≫ning tarkibiy qismi, bir tomondan, shaxsiy iste’mol tovarlariga talab boisa,
ikkinchi tomondan, investitsiya tovarlari (ishlab chiqarish vositalari)ga talabdir.
≪Ish bilan bandlikning hajmi, demak ish bilan band emaslik yoki ishsizlik, - deb
yozgan edi J. Keyns, - mutlaq ravishda samarali talab bilan bogiiqdir≫1. U ≪samarali
talab≫ni davlat xarajatlarini ko‘paytirish, davlatning bozor talabini (eng awalo,
investitsiyaviy tovarlami) ko‘paytirish hisobiga oshirish zarurligini ko‘rsatgan.
Monetarchilar (M. Fridman, F. Kegen, D. Mayzelman, K. Brunner, A. Moltser
va boshqalar) ish bilan bandlik faqat kutilmagan inflyatsiya bilan bog‘liq, chunki
u ishsizlikning tabiiy darajasini o‘zgartiradi, degan tushunchaga asoslanadilar.
M. Fridmanning ishsizlikning tabiiy darajasi mavjudligi to‘g ‘risidagi xulosasi
muhim metodologik ahamiyatga ega. Bu daraja mehnat bozori sharoitlari bilan
qat’iy chegaralab qo‘yilgan va davlat siyosati bilan o‘zgartirilishi mumkin emas.
Agar hukumat ish bilan bandlikni uning tabiiy darajasini talabni ko‘paytirishning
an’anaviy - byudjet va kredit usullari bilan oshirmoqchi boisa, bu choralar qisqa
muddat samara keltirib, faqat narx-navoning ko‘tarilishiga olib keladi2.
Institutsional iqtisodiyot nazariyasida (T. Veblen, J. Gelbreyt, D. Kommons va
boshqalar) mehnat bozoriga iqtisodiyotning eng muhim sektori sifatida qaraladi.
T. Veblen bozorning tarixiy rivojlanishini tahlil etar ekan, industrial jamiyat
taraqqiy etishi bilan raqobat kurashi markazi tovarlar va xizmatlar bahosi uchun
kurash sohasidan mehnat bahosi va sharoiti uchun kurashish sohasiga ko‘chishini
aniqladi3.
Mazkur yo‘nalish tarafdorlari davlat mehnat bozoridagi rej ali siyosatni bu yerda
amal qiladigan institutlar orqali amalga oshirishi zarur, degan fikrda bo‘lganlar. J.
Gelbreyt davlat ish bilan bandlik darajasi yuqori boiishidan manfaatdor, chunki bu
holat byudjetning daromad qismini ko‘paytiradi va mamlakat boyligining ortishini
ta’minlaydi, deb ko‘rsatgan4.
Institutsional maktab vakillari qarashlarini tahlil etish asosida, ularning mehnat
bozorini tartibga solish bo‘yicha nuqtayi nazarlari to‘g‘risida quyidagi xulosaga
kelish mumkin. Ya’ni, shaxs erkin hamda kasb malakasini oshirish imkoniyatiga
ega boiadigan ijtimoiy tartib o‘rnatish uchun ijtimoiy-iqtisodiy siyosat quyidagi
vazifalar hal etilishini ta’minlashi zarur:
- odamlarning qobiliyatiga muvofiq tanlagan kasbiga o‘qish uchun teng
imkoniyat yaratish;
- xodimlaming mehnat jarayoniga qo‘shilish, malaka oshirish, xizmat vazifasi
bo‘yicha ko‘tarilish uchun teng imkoniyatlar yaratish;
- mehnatni rag‘batlantirish xodim va uning oilasi munosib turmush kechirishini
ta’minlaydigan darajada boiishi;
- xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish.
Yuqorida bayon etilganlardan ishsizlik mehnat bozorida ish kuchi taklifining
unga talabidan ortiqligi natijasi ekanligi anglashiladi. Lekin mehnat bozori faqatmuayyan bir vaqtda mehnat resurslariga talab va uning taklifi nisbatini aks ettiradi,
xolos. Ana shu nisbatni tashkil etadigan mehnat resurslari mehnatbozori tashqarisida
(moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, muomala sohalarida) shakllanadi. Bu
ishsizlik tarkibida ham o‘z ifodasini topadi
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda ishsizlikning
ish haqi bilan bogiiqligi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Buni ≪Fillips egri
chizig‘i≫ orqali kuzatish mumkin. Yangi Zelandiyada tavallud topgan, uzoq
vaqt davomida Angliyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan Olban Uilyam Fillips
1891-yildan 1958-yilgacha bo‘lgan davmi qamrab olgan ma’lumotlar asosida ana
shu bog‘liqlikni asoslab bergan. Agar ish haqi va narxlaming o‘zgarishi sur’atlari o‘rtasida bir xil nisbat mavjud
deb hisoblanadigan bo‘lsa, Fillipsning egri chiziq modeliga ko‘ra ikki holat:
iqtisodiy o‘sishning eng yuqori sur’atlarida ish bilan bandlik darajasining yuqori
boiishi, ayni paytda narxlaming tez qimmatlashishi yoki narxlaming barqarorligida
ishsizlik darajasining yuqoriligi holati kuzatiladi.
≪Fillips egri chizigl≫ konsepsiyasiga ko‘ra, ishsizlik darajasining dinamikasi
(u) va inflyatsiya sur’atlari (л) o‘rtasida teskari bogliqlik bor. 13.2-rasmda
aks ettirilganidek, masalan, A nuqtasida ishsizlikning yuqori darajasi uA ga
inflyatsiyaning past sur’ati nA mos tushadi. Aksincha, V nuqtasi esa ishsizlik past
darajasi uv bilan inflyatsiyaning yuqori darajasi лу ga mutanosibdir.
Bundan ishsizlik darajasini barqarorlashtirish siyosati ≪Fillips egri chizig‘i≫da
≪to‘g‘ri≫ nuqtani topishdan iborat, degan xulosa chiqadi. Biroq ushbu konsepsiyada
ham inflyatsiya sur’atlarining past boiishi, ham ishsizlik darajasining past
bolishidan iborat eng maqbul holatga erishishning imkoniyati yo‘qligi ko‘rsatiladi.
Jamlanma talab-jamlanma taklif modelida ≪Fillips egri chizigl≫ bilan
jamlanma talab egri chiziglning (AD) jamlanma taklif egri chizigl (AS) bo‘ylab
harakatianishi o‘rtasida bogliqlik mavjudligi aniq (13.3-rasm).
Ushbu modelga ko‘ra, jamlanma talab AD dan AD: gacha ortib borganida
muvozanat A nuqtasidan V nuqtasigacha siljiydi (13.3. A-rasm). Bu esa narxlar
darajasining ortishi (PB > PA), real yalpi ichki mahsulot darajasining ortishi (QB >
QA) va tegishli tarzda ishsizlik darajasining pasayishi bilan bogiiq kechadi(demak, ishsizlik darajasining ortishi) hamda inflyatsiya sur’atlarining o‘sishi
ro‘y berdi. 13.4-rasmda taklifning bunday nisbiy shok holatiga olib kelishi
taklifning chapga va o‘ngga siljishini (13.4. A-rasm) ko‘rsatadi. ≪Fillipsning egri
chizig‘i≫ esa o‘ng tomonga siljiydi (13.4. B-rasm). Bu ishsizlik darajasi qanday
bo‘lishidan qat’i nazar, inflyatsiya o‘sishi sur’atlarining ortishi dalolatidir.
≪Fillips egri chizig‘i≫ning zamonaviy modellari inflyatsiya o‘sishining sur’atlari
- narxlarning avvalgi darajasidan o‘zgarishi quyidagi uch omilga bogiiqligiga
asoslangan, ya’ni:
- kutilayotgan inflyatsiyaga;
- davriy ishsizlikka;
- taklifning shok o‘zgarishlariga.
Nobel mukofotining laureati K. A. Pissarides ≪Ishsizlikning muvozanat
nazariyasi≫ asarida ishsizlik ish bilan band xodimlar va ishsizlarning manfaatlari
bir-biriga zidligi sababli yuzaga kelishi g‘oyasini ilgari suradi. Shuning uchun,
agar ish haqi faqat ish bilan band xodimlar mavjud boigan firma darajasida
belgilanadigan boisa, ishsizlik muvozanati samarali boimaydi. Chunki ishsizlar
va bo‘sh ish joylari mavjud firma savdodan tushadigan foydadan ish bilan band
xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniya kabi yetarlicha
manfaatdor boia olmaydi. Bunday kompaniya jamiyat manfaati nuqtayi nazaridan
ijtimoiy samarali emas.
Iqtisodchi olim K. A. Pissarides ish haqi ijtimoiy samarali darajada
boigandagina, ishsizlar faolroq ish qidirishlarini, natijada, mehnat bozorida raqobat
kuchayishi tufayli ish beruvchilar yuqoriroq bilim va malakaga ega xodimlami
yollash imkoniyatiga ega boiishlari va bu, pirovard natijada, kompaniyalar
samaradorligining ortishini ta’minlashga olib kelishi to‘g‘risidagi xulosaga keladi.
Ishsizlikning quyidagi turlari farqlanadi (13.5-rasm);
1. Friksiyali ishsizlik (≪ixtiyoriy ishsizlik≫ deb ham ataladi) - mehnat taklifi
o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bozor iqtisodiyotida mehnatga layoqatli aholiga faoliyat
turi va ish joyini tanlash huquqi kafolatlanganligi uchun ularning ayrimlari ish
joylarini o‘z ixtiyorlariga ko‘ra o‘zgartiradi, boshqalari ishdan bo‘shatilganliklari
sababli yangi ish o‘mini qidiradi, ba’zilar vaqtinchalik, mavsumiy ishlaridan
mahrum boiadi, yoshlar esa ilk bor mehnat bozoriga kirib keladi.
Ishsizlar bu toifalarining ayrimlari ishga joylashishga muvaffaq boiadi,
boshqalari ish izlashni davom ettiradi. Ayni paytdayuqorida qayd etilgan sabablarga
muvofiq xodimlaming ba’zilarini ishdan bo‘shatish davom etadi. Bu mehnat
bozorining mehnatga layoqatli va ishlashga tayyor xodimlar bilan ish o‘milarini
mutanosib boiishiga qodir emasligi oqibatidir.
Friktsiyali ishsizlik muqarrar va u boiishi kerak, deb hisoblaniladi. Chunki
ishsizlikning ushbu turida ishdan bo‘shash xodimlaming ixtiyoriga ko‘ra boiadi
va ular, aksariyat hollarda, ish haqi nisbatan kam boigan ish joylaridan mehnatga
ko‘proq haq toianadigan ish joylariga o‘tadi. 2. Tarkibiy ishsizlik. Ishsizlikning bu turi iste’mol talabi o‘zgarishi va bunga
muvofiq ravishda texnologiya hamda ish kuchiga umumiy talabning o‘zgarishi bilan
bog‘liqdir. Texnologiyaning o‘zgarishi natijasida qisqa muddatda yangi xodimlami
tayyorlash va mavjud xodimlami qayta tayyorlash qiyin ekanligi uchun iqtisodiyot
turli tarmoqlarida ish kuchiga talab va uning taklifi mutanosibligi yuzaga keladi.
Tarkibiy ishsizlik uzoq davom etadi va iqtisodiyot uchun nomaqbul hisoblanadi.
3. Davriy ishsizlik. Ishsizlikning bu turiga ishlab chiqarish sur’atlarining
pasayishi va iqtisodiyotga investitsiya kiritish hajmining kamayishi sabab bo‘ladi.
Tovarlar va xizmatlarga talab kamaygan sharoitlarda ish bilan bandlik darajasi
pasayib, ishsizlik ortadi.
4. Mavsumiy ishsizlik. Ishsizlikning bu turi iqtisodiyot tarmoqlaridagi, xususan,
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ishning mavsumiyligi bilan bog‘liq.
5. Yashirin ishsizlik. Ishsizlikning bu turi ham ishlab chiqarish o‘sishi
sur’atlarining pasayishi bilan bogiiq. Ish beruvchilar malakali ishchilami
yo‘qotmaslik maqsadida ularni qisqartirilgan ish kuni, ish haftasiga o‘tkazadi yoki
ish haqi tolanmaydigan ta’tilga majburan chiqaradi.
6. Texnologik ishsizlik. Bu fan-texnika taraqqiyoti bilan bogiiq boiib, ishlab
chiqarishga yangi texnika vositalarining o‘matilishi, zamonaviy texnologiyalar joriy
qilinishi natijasida mavjud xodimlar soni qisqartirilishi natijasida paydo boiadi.
Ishsizlik turlarini tasniflashda «majburiy ishsizlik» tushunchasi ham mavjud
ekanligini ko'rsatish kerak. Majburiy ishsizlikka ikki - yollanma xodim hamda
ish beruvchi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Masalan, yollanma xodim ish haqi
yuqoriroq yoki nufuzliroq ish joyi topish maqsadida ishdan bo‘shaydi. U buni majburiy
ishsizlik, deb baholashga haqli. Chunki u yuqoridagi sabablarga ko‘ra ishdan
bo‘shaydi, buning oqibatida yangi ish joy topgunicha, ish haqidan mahrum boiadi.
Ammo mehnat huquqi nuqtayi nazaridan bunday ishsizlik majburiy emas,
chunki yollanma xodim o‘z ixtiyori bo‘yicha ishdan bo‘shagan. Shuning uchun
bozor iqtisodiyoti prinsiplariga ko‘ra, bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi va tub
mohiyati bo‘yicha ishsizlik hisoblanmaydi.
Majburiy ishsizlik esa quyidagi xususiyatlarga ega:
- ishlab chiqarishning inqirozga uchrashi oqibatida yollanma xodimlaming
ishdan ommaviy bo‘shatilishi;
- korxonaning rekonstruksiya qilinishi, yangi texnologiyalaming joriy etilishi
tufayli yollanma xodimlar bir qismining mehnatiga bundan buyon ehtiyojning
yo‘qligi.
Iqtisodiy adabiyotda majburiy ishsizlik bilan bir qatorda ≪ixtiyoriy ishsizlik≫
yoki ≪ishsizlikning tabiiy darajasi≫ tushunchasi ham mavjud. Ishsizlikning tabiiy
darajasi aniq ko‘rsatkichga ega. Zamonaviy iqtisodiyotda u «inflyatsiya darajasini
Do'stlaringiz bilan baham: |