2-bob. Ishsizlikni hal qilish bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlar



Download 40,63 Kb.
bet5/5
Sana26.05.2022
Hajmi40,63 Kb.
#609428
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bunyod 111

«Beverijningegri chizig'i» aks ettiradi
Ishsizlami jamoat ishlariga jalb etish
0 ‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq, ≪Jamoat
ishlari - ishsiz va band boimagan aholi uchun umumjalb etish mumkin boigan,
alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan, haq toianadigan vaqtinchalik
mehnat faoliyati turlari≫1 hisoblanadi.
Ijtimoiy-mehnat munosabatlarini uyg‘unlashtirishda jamoat ishlarining ahamiyati
iqtisodiy nazariya vakillari tomonidan ham e ’tirof etilgan. Mashhur ingliz
demografi T. Maltus taniqli iqtisodchi olim J. B. Sey bilan yozishmalarida yangi ish
joylari tashkil etish va ish bilan bandlik darajasini saqlab turish maqsadida davlat
tomonidan tadbirkorlardan undirilayotgan soliqlaming bir qismini jamoat ishlarini
tashkil etishga, xususan, yo‘l qurilishiga sarf qilish maqsadga muvofiq ekanligini
ko‘rsatgan.
Tomas Robert Maltus (ingl. Thomas Robert Malthus; =
mashhur ingliz demografi va iqtisodchi olimi, ruhoniy, aholishunoslikda
jahonda aholi sonining nazoratsiz ortishi yalpi ocharchilikka duchor
qilishi nazariyasining asoschisi.
Asosiy asarlari:
Essay on the Principle of Population (1789).
Observations on the Effects of the Com Laws (1814). ,
Bu g‘oyadan AQSh Prezidenti F. D. Ruzvelt mamlakatda XX asr 30-yillaridagi
Buyuk inqiroz paytida samarali foydalangan. U 1935-yilda o‘zining Yangi
iqtisodiy kursi doirasida AQSh Jamoat ishlari boshqarmasini tashkil etgan. Ushbu
boshqarmaga o‘sha paytda 4 mlrd dollar (hozirgi narxlarda 69 mlrd dollar) mablag‘
ajratilgan. Ana shu mablag‘ hisobidan mehnatga layoqatli, 18 yoshdan katta,
mahalliy ma’murlar tomonidan nochor ahvolga tushib qolganligini tasdiqlovchi
hujjatga ega boigan, ishsiz, jamoat binolari, avtomobil yollari, stadionlar,
to‘g‘onlar qurilishiga jalb qilingan AQSh fuqarolariga yiliga 1200 dollar (hozirgi
narxlarda 20 700 dollar) tolangan.
1930-yillarning ikkinchi yarmi va 1940-yillarning boshida AQShda jamoat
ishlariga 4 mln kishi, ularning oila a’zolari ham qo‘shib hisoblanganda, jami 20
mln kishi jalb qilingan. Ulaming mehnati bilan mamlakatda umumiy uzunligi 1
mln kilometrdan ortiq avtomobil yollari, minglab ko‘priklar, maktablar, boglar,
boshqa infratuzilma obyektlari barpo etilgan.
0 ‘zbekistonda ishsiz shaxslami haq toianadigan jamoat ishlariga keng jalb
etish asosida aholining ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlarni
amalga oshirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
huzurida Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamg‘armasi,
uning Vasiylik kengashi, shuningdek, Jamoat ishlari jamg‘armasining ijro etuvchi
direktsiyasi tuzilgan.
Jamoat ishlari jamg‘armasining mablaglari:
- davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan mablaglar;
-xalqaro moliya institutlari grantlari, jismoniy vayuridik shaxslaming, homiylik
jamg‘armalarining va boshqa xorijiy donorlarning ixtiyoriy yordamlari;
- asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlar ijarasidan daromadlar;
- qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalaridan shakllantiriladi.
Jam oat ishlari:
- ish bilan band boimagan shaxslami vaqtinchalik maosh (mehnat daromadi)
bilan ta’minlash va ulami ish qidirish davrida moddiy qoilab-quwatlash;
- ishsiz shaxslaming vaqtinchalik ish bilan bandligini ta’minlash uchun
sharoitlar yaratish;
- kasbga (mutaxassislikka) ega boimagan ilk bor ish izlovchi shaxslarni mehnat
faoliyatiga jalb etish;
- turli sabablarga ko‘ra (ilgari boia tarbiyasi, bemor va keksa oila a’zolarini
parvarishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va boshqa sabablarga
ko‘ra) uzoq tanaffusdan so‘ng kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanmagan shaxslar
mehnatini reabilitatsiya qilish;
- iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ijtimoiy muhim ahamiyatga ega boigan
obyektlarini ishchi kuchi bilan ta’minlash maqsadlarida tashkil qilinadi.
Jamoat ishlari turlariga quyidagilar kiradi (13.8-rasm):
- shahar, tuman, aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish
(ko‘kalamzorlashtirish, tozalash, oqlash, madaniy obyektlar, ziyoratgohlar,
qabristonlar va ariqlarni tozalash kabilar);
- uy-joy kommunal va boshqa infratuzilma obyektlarini ta’mirlash;
- ko‘chalar, yoilar va piyodalar yurish yoiaklarini ta’mirlash;
- mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash,
saqlash va qayta ishlash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash;
- nogironlar, keksalar, bemorlar va boshqalarni parvarishlash;
- sanoat tarmoqlari va xizmatlar ko‘rsatish sohasi tashkilotlaridagi ishlar;
- obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari.
Jamoat ishlarini bajarayotgan fuqarolarga korxonalarda amalga boigan
stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, ammo ish
haqi toiash bo‘yicha Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam boimagan
miqdorda ish haqi toianadi. Jamoat ishlarida ish haqidan tashqari mehnat uchun
qo‘shimcha mukofotlar miqdori ish beruvchilar mablagiari hisobidan belgilanishi
mumkin.
Byudjet tashkilotlari va fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari
tomonidan tashkil qilingan jamoat ishlarida Aholi bandligiga ko‘maklashish
markazi yoilanmasi asosida jamoat ishlarida ishtirok etish uchun yuborilgan
fuqarolaming oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining besh barobaridan
ortiq boimagan miqdorda belgilanishi mumkin.
2017-yilning oktyabr oyidan mamlakat mintaqalaridagi 8 ta tumanda tajriba
tariqasida ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilgan holda jamoat ishlari
tashkil qilina boshlangan edi. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab esa 0 ‘zbekiston
hududlarning qolgan barcha shahar va tumanlarida ham ish bilan band boimagan
aholini haq toianadigan jamoat ishlariga jalb qilishga kirishilgan. Jamoat ishlari
jamg‘armasi tomonidan haq toianadigan jamoat ishlarini tashkil etish va amalga
oshirish uchun 2018-yilning o‘zida 714 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ishsizlar uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida tuman
(shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzurida filial shaklida
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari ham tashkil qilingan.
Ushbu byurolar:
- vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun
xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to‘g‘risidagi maiumotlar
bankini shakllantiradilar;
- manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi ishsizlar
ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o‘tkazadilar;
- ishsizlarga yangi dan tashkil etilgan va bo‘sh ish joylari da ishga joylashish,
kasb-kor tayyorgarligi, o‘z ishini tashkil etish va yuritish masalalari bo‘yicha
maslahat va kasbga yo‘llash xizmatlari ko‘rsatadilar, shuningdek, ish beruvchi
xususiy shaxslarga ushbu masalalarda ko‘maklashadilar;
- bir martalik ishni bajaruvchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar
yaratadilar hamda ovqatlanish shoxobchalari tashkil etadilar1.
Ishsizlarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, eng awalo,
ulaming kasb malakalarini oshirishga bogiiqdir. 2012-yilda Toshkentda, 2016-yilda
esa Samarqandda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA) bilan birgalikda
eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, o‘quv-ishlab chiqarish dastgohlari
va amaliyot qo‘llanmalari bilan jihozlangan kasb-hunarga o‘qitish markazlari xuddi
shu maqsadlarda - ishsizlarning salohiyatini oshirish uchun tashkil etildi.
Ushbu markazlarda ishsizlar milliy mehnat bozorida talab yuqori boigan
chilangarlik, frezerchilik, tokarlik, avtomobil dvigatellarini, maishiy elektrotexnika,
radio va teleuskunalami ta’mirlash, avtotransport vositalarini diagnostika qilish
va texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash ishlari, metallga ishlov berish, elektron
qurilmalar, servis xizmati ko‘rsatish, kompyuterlami dasturlash va boshqa
yo‘nalishlar bo'yicha kasb-hunarga o‘qitiladi. Jumladan, Toshkentdagi markaz
tashkil etilgandan beri 2000 nafardan ortiq ishsizlar bu yerda kasb-hunarga o‘qitildi
va ularning barchasi uch tomonlama (kasb-hunarga o'qitish markazi, korxona va
talaba) shartnomalar asosida ≪ 0 ‘zavtosanoat≫, ≪ 0 ‘zeltexsanoat≫, ≪ 0 ‘ztelekom≫,
≪Toshavtotexxizmat≫, ≪GM Powertrain Uzbekistan≫, ≪ 0 ‘zagromashservis≫
korxonalarida ish bilan toiiq ta’minlandi.
Download 40,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish