Harakatlar strategiyasining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi va mehnat iqtisodiyotidagi mohiyati
0 ‘zbekistonda mustaqillik yillarida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash choralari ko‘rildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratildi. Jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotganligi hisobga olingan holda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bosib o‘tilgan taraqqiyot yo‘lining, mavjud muammolaming chuqur tahlil etilishi natijasida bugungi sharoitda amalga oshirilayotgan islohotlarga mutlaqo yangicha zamonaviy yondashuvlar talab etilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribani tahlil etish, shuningdek, keng jamoatchilik fikrini o‘rganish natijasida mamlakatni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan 2017-2021-yillarda О ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo ‘nalishi bo ‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. 0 ‘zbekiston juda boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga egabo‘lishiga qaramasdan, Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha dunyo reytingida 187 mamlakat o‘rtasida 141-o‘rinni egallaydi. Mamlakatda elektr uzatish tarmoqlari eskirib ketganligi oqibatida 15-20 % elektr energiyasi iste’molchiga yetib bormasdan, tarmoqning o‘zida behuda yo‘qotiladi. Respublikada yiliga gaz ishlab chiqarish hajmi 55-57 mlrd kub metrni tashkil etgani holda, mazkur soha ko‘p yillar davomida modernizatsiya qilinmagani tufayli «zangori olov»ning 20-23 % ham boy beriladi. Shuningdek, iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quwatlash bo‘yicha samarali mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmagani ma’lum bo‘lib qoldi. Yirik loyihalarni belgilash va amalga oshirishda yo‘l qo‘yilganjiddiy xatolar, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan innovatsiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishda orqada qolish iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida to‘siqqa aylandi. Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalami amalga oshirish jarayonida «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan g‘oya hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Xalq bilan yaqindan muloqot qilish tizimining asosi bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolaming murojaatlari bilan ishlashning o‘ziga xos demokratik instituti sifatida amalda o‘zini to‘la oqlamoqda. Ular 0 ‘zbekistonda xalq hokimiyati nomigagina emas, amalda joriy etilayotganini ko‘rsatmoqda. Mamlakatda milliy iqtisodiyot mutlaqo yangi asosda tashkil etilmoqda, uni yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modemizatsiya va diversifikatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. 2017-yilning o‘zida qo‘shimcha 1,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, yana 50 ta yangi sanoat zonasi tashkil etilmoqda. Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida paxta-to‘qimachilik klasterlarini yaratish doirasida paxta xomashyosini bozor talablari asosida yetishtirish, narxnavoni shakllantirish va sotishni tashkil etish bo‘yicha tajriba boshlandi. Ushbu tajribani mamlakat miqyosida yoyish 1,4 mln tonna paxta tolasini qayta ishlash imkoniyatiga ega mamlakat to‘qimachilik sanoati ehtiyojini qondirish, qimmatli xomashyoning asosiy qismini 0 ‘zbekistonning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi. Shu bilan birga yiliga 10-15 mlrd AQSh dollari miqdorida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini ishga solish choralari ko‘rilmoqda. Shahar va qishloqlarda 2017-yilda jami 3,5 mln kvadrat metrdan ziyod uy-joylar qurish dasturi boshlangan, 2010-yilga nisbatan 3,5 barobar ko‘p namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. 0 ‘zbekiston bir yil ichida 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar bilan 400 dan ortiq bitim va kelishuvlarga erishib, buning natijasida qariyb 60 mlrd AQSh dollari hajmida savdo va sarmoyaviy shartnomalar imzolandi, ular ijrosini ta’minlash maqsadida 40 ta «yo‘I xaritasi» ishlab chiqildi Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning birinchi yilida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 % ni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15,0 % ga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 mln AQSh dollariga yetdi. Davlatning oltin-valyuta zaxiralari 2017-yilning o‘zida 1,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Milliy valyutani erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Milliy iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirlar qisqartirilmoqda. Samarasiz va zarar bilan ishlaydigan korxonalar xususiylashtirilib, raqobatni kuchaytirish uchun monopoliyalarga barham berilmoqda, ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tilmoqda. Hududlarda zamonaviy ishlab chiqarishlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun davlat-ijtimoiy sheriklik munosabatlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ijtimoiy sohada aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalami bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Aholiga qulay, sifatli va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |