2 0 0 7 - 2 0 0 8 - y i l l a r d a S u r x o n d a r y o v i l o y a t i d a g i f e r m e r x o ‘j a l i k l a r i d a
a s o s i y q i s h l o q x o ‘ j a I i k m a h s u l o t l a r i n i n g i s h l a b c h i q a r i l i s h i
Mahsulotlar
2007-yil
2008-yil
2008-yilda
2007-yilga
nisbatan, foiz
bisobida
Tonna
Ishlab
chiqarish
umumiy
hajmidagi
ulushi, foiz
Tonna
Ishlab
chiqarish
umumiy
hajmidagi
ulushi, foiz
Boshoqli don
473738
81,4
469712
80,2
99,2
shu jumladan bug'doy
469863
81,6
465111
80,4
99,0
Kartoshka
2246
2,3
2456
2,3
109,3
Sabzavot
85578
24,5
89114
24,1
104,1
Poliz
17148
20,5
21053
22,6
122,8
Meva va rezavorlar
43232
56,5
42605
55,0
98,5
Uzum
75131
79,6
28108
61,1
37,4
Go‘sht, tirik vaznda
5131
5,3
5564
5,6
108,4
Sut
10073
2,3
10206
2,2
101,3
Tuxum, mln. dona
2,0
1.6
2,3
1,8
115,3
Jun
146,8
8,7
187,9
10,6
128,0
Pilla
1156,3
96,4
1364,2
96,9
118,0
Manba: Viloyat statistika boshqannasi m a'lumotlari.
2009-yil 1-yanvar holatiga viloyatdagi fermer xo‘jaliklarida 49243 bosh
yirik shoxli qoramol, shu jumladan 19297 bosh sigir, 251036 bosh qo‘y va
echkilar va 195,9 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2008-yilning 1-yanvar
holatiga nisbatan yirik shoxli qoramollar bosh soni 7,0 foizga, shu jumladan
sigirlar 6,2 foizga, qo‘y va echkilar 18,9 foizga, parrandalar 2,6 baravarga
ko‘paygan.
Surxondaryo viloyatida 2008-yilda jam i yetishtirilgan boshoqli donning
80,2 foizi, pillaning 96,9 foizi, uzumning 61,1 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga
to‘g‘ri keladi. Viloyatda ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan, tuxum.
sut, kartoshka, go‘sht kabi mahsulotlami yetishtirishda fermer xo‘jaliklarining
ulushi ancha past darajani tashkil etgan.
Surxondaryo viloyatida fermerchilik harakatiga qaratilgan yuksak
e'tibor o ‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Jumladan, yurtboshimiz
3 4
www.ziyouz.com kutubxonasi
tomonidan tadbirkor va hunarmandlami qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil
etilgan hamda har yili an'anaviy tarzda o ‘tkazilib kelinayotgan “Tashabbus”
ko‘rik-tanlovining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb nom berilgan
2009-yildagi “Tashabbus-2009” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida “Eng
yaxshi fermer” nominatsiyasida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi
“Chorvador” fermer xo'jaligi rahbari Rahmiddin Siddiqovich Sharopov g‘olib
chiqdi. Mazkur fermer xo'jaligining 356 gektar sug‘oriladigan yer maydoni
bo‘lib, unda 94 nafar xodimlar mehnat qiladi. Fermer xo‘jaligida moddiy-
tcxnika bazani yaxshilashga alohida e'tibor qaratilgan bo‘lib, bunda lizing
imkoniyatlaridan ham keng foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda xo‘jalikda 16 ta
haydov traktorlari v a 19 ta avtoulovlar mavjud bo‘lib, ular yuqori mehnat
unumdorligini ta'm inlashga zamin yaratmoqda. “Chorvador” fermer xo'jaligida
443 bosh yirik shoxli qoramollar mavjud bo'lib, fermer xo‘jaligining o ‘z
mablag'lari hisobiga Isroildan olib kelingan minitexnologiya xo'jalikda
yetishtirilgan sutni qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida xalqimiz dasturxoniga
yetkazib bermoqda. Fermer xo'jaligiga kredit evaziga 2006-yilda Polshadan 30
bosh naslli qoramol keltirilgan va hozirgi kunda ulaming soni 127 ga yetai.
Mazkur fermer xo'jaligida dehqonchilik sohasida ham yuqori natijalarga
crishilmoqda. Fermer xo‘jaligi 2009-yilda 146 gektar yerga g ‘o ‘za ekib, har
gektaridan 45,0 sentnerdan paxta xomashyosi hamda 157 gektar yerga bug‘doy
ekib, har gektaridan 48,0 sentnerdan don olishga erishdi. Shu kabi ilg‘or
tajribalami barcha fermer xo‘jaliklarida keng joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida agrofirmalarning ham alohida o‘rni
bor. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo'yicha 200 dan ortiq agrofirmalar faoliyat
yuritmoqda.
2008-yil 1-yanvar holatiga Surxondaryo viloyatida 21 ta
agrofirma tashkil etilgan b o iib , ularning 9 tasida qayta ishlash sexlari mavjud.
Shu kunga qadar agrofirmalar tomonidan 13661
tonna meva-sabzavot
mahsulotlarini eksport qilish uchun shartnomalar imzolandi va 2008-yil 1-
yanvar holatiga 124 tonna yoki 33,9 mln. so'm lik mahsulot chetga eksport
qilindi. Toshkent shahrida an’anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan «Agro
Minitex Ekspo» savdo ko'rgazmasida Surxondaryo viloyatidan 2008-yilgacha 8
ta agrofirmalar minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib kelish bo'yicha
shartnoma imzolagan. Bu esa meva-sabzavotlarni qayta ishlash, tayyor, yuqori
sifatli mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi va o‘z navbatida yangi ish
o'rinlari tashkil etish, fermerlar va agrofirmalar daromadlarining oshishiga olib
keladi.
Fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklari ham qishloq
xo‘jaligida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqdalar. Dehqon xo‘jaliklari shaxsiy
yordamchi xo'jaliklari zaminida vujudga kelgan xo'jalik yuritish shaklidir.
Dehqon xo‘jaliklari - shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari zaminida vujudga
kelgan xo‘jalik yuritish shaklidir. Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritish
3 5
www.ziyouz.com kutubxonasi
shakllaridan bin bo‘lgan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari XX asming
30-yillaridan boshlab vujudga kela boshlagan. 0 ‘sha davrda qishloq
xo'jaligining asosini tashkil etgan jam oa xo'jaliklari va davlat xo‘jaliklari
qishloq aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini to‘liq qondira olmas edi.
Shuni e'tiborga olib, qishloq aholisi uchun cheklangan miqdordagi tomorqa
uchastkasi va chorva hayvonlariga ega b o ‘lgan shaxsiy yordamchi xo‘jalik
yuritishga imkon berildi. Garchi aholining shaxsiy yordamchi xo'jaliklari
mamlakat aholisini oziq-ovqat mabsulotlari bilan ta'm inlash va ularda o ‘ziga
xos bo‘lgan turmush tarzini shakllantirishga muhim hissa qo'shgan bo‘lishiga
qaramay, sobiq sho‘ro tizimida ulaming ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga yetarli
e'tibor berilmay, jam oa va davlat xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo'nalish
sifatida qarab kelindi.
0 ‘zbekistonda
aholining
shaxsiy
yordamchi
xo‘jaliklarini
rivojlantirish tomon dastlabki tadbirlar o‘tgan asming 80-yillari oxirlaridan
boshlab amalga oshirildi. 0 ‘zbekiston respublikasi Ministrlar Kengashining
1989-yil 15-avgustdagi “Ishchilaming shaxsiy yordamchi xo'jaliklarini va
yakka tartibda uy-joy qurishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori va
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 17-maydagi “Jumhuriyat
aholisining shaxsiy yordamchi x o ‘jaliklaridagi mol va parrandalami yem-
xashak bilan ta ’minlash hamda ularda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni
ko'paytirish to ‘g ‘risida”gi farmoni respublikamizda shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklami rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Buning natijasida
aholining tomorqa yer maydonlarini sezilarli darajada kengaytirish, yakka
tartibda uy-joy qurishga bo'lgan ehtiyojni qondirish va ko‘pgina qishloqda
yashayotgan oilalar chorva mollarini sotib olish hamda yem-xashak yetishtirish
imkoniyatlarini oshirishga erishildi. Xususan, 1989-1990-yillar davomida 1,5
milliondan ziyod oilalaming tomorqa uchastkalari hajmi kengaytirildi, ilgari
tomorqa uchastkasiga ega bo‘lmagan 580 ming oila esa yer uchastkasi bilan
ta’minlandi. Aholiga 183 ming gektardan ko‘proq sug‘oriladigan yer
maydonlari ajratib berildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘sha
paytda yuritilgan oqilona siyosat natijasida nafaqat qishloq xo‘jalik
mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmi oshirish va qishloq aholisining
daromadlarini oshirish, balki ulaming uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va
ish bilan bandligini ta'm inlash kabi muhim ijtimoiy masalalaming ham hal
etilishiga sharoit yaratildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil yanvar oyida e’lon
qilingan “Ishchilar va qishloq joylarda yashovchi boshqa fuqarolaming shaxsiy
yordamchi xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to ‘g‘risida”gi va “Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining egalari bo'lm ish
dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasi moddiy-texnika
negizini mustahkamlash to ‘g ‘risida”gi farmonlariga asosan o‘sha yili shaxsiy
3 6
www.ziyouz.com kutubxonasi
yordamchi xo'jaliklari uchun yana qo‘shimcha ravishda 108,5 ming gektar
sug‘oriladigan yerlar ajratib berildi va 1991-yil oxiriga kelib shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklarida foydalaniladigan maydonlar qariyb 500 ming gektarga yetdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini q o ig a kiritgandan so'ng
aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini har tomonlama rivojlantirish tomon
qat'iy
chora-tadbirlar
amalga
oshirildi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 1997-yil mart oyida qabul qilingan “Shaxsiy yordamchi va
dehqon xo'jaliklarini davlat yo‘li bilan qo'llab-quvvatlash hamda mamlakatni
oziq-ovqat bilan ta'm inlashda ulaming rolini kuchaytirish borasidagi chora-
tadbirlar to‘g ‘risida”gi farmonida aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini
rivojlantirishni
davlat
tomonidan
qo'llab-quvvatlash
hamda
ularning
manfaatlarini himoya qiluvchi uyushma faoliyatini yanada takomillashtirish
masalalari belgilab berildi.
1998-yil 30-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi
to‘g ‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan aholi shaxsiy yordamchi
xo'jaliklarining maqomini aniqlashtirish, ulaming muvaffaqiyatli faoliyat
yuritishini
ta'minlashning
qonuniy
mexanizmlari
takomillashtirildi.
Birinchidan, aholining shaxsiy yordamchi xo'jaliklari dehqon xo‘jaligi sifatida
qayta nomlandi va uning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslari mustahkamlab
qo‘yildi. Ikkinchidan, dehqon xo‘jaligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati,
maqomi, tashkiliy-iqtisodiy asoslari va uning qishloq xo'jaligi bilan
shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti sifatidagi xususiyatlari aniq belgilab
berildi. Uchinchidan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-
yil 15-iyuldagi 300-sonli qarori bilan faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy
yordamchi xo'jaliklami dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish tartibi tasdiqlandi.
To‘rtinchidan, “Dehqon xo‘jaligi to‘g ‘risida”gi qonunda ulam i davlat yo‘li
bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quw atlash hamda ulaming faoliyatini tartibga
solish mexanizmi belgilab berildi.
0 ‘zbekiston
Respublikasining
“Dehqon
xo‘jaligi
to ‘g ‘risida”gi
qonunning 1-moddasida dehqon xo‘jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: dehqon
xo‘jaligi - oilaviy mayda tovar xo‘jaligi boTib, oila a'zolarining shaxsiy
mehnati asosida meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish uchun oila
boshlig'iga (merosxo‘rga) foydalanishga biriktirilgan tomorqa yer uchastkasida
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiradi. Bu mahsulotlarni dastaw al o ‘z
talablarini qondirish uchun ishlatib, ortiqchasini realizatsiya qiladi. Dehqon
xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon
xo‘jaligi a'zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik
shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xo'jaligi o ‘z
faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
3 7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasining
«Dehqon xo‘jaligi to‘g ‘risida»gi Qonuni asosida amalga oshiradi. Ushbu qonun
31 moddadan iborat.
Dehqon xo‘jaligi a ’zolariga birgalikda yashayotgan va dehqon
xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning turmush o ‘rtog‘i,
bolalari, shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari,
ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradilar.
Dehqon xo‘jaligini yuritishdan ko‘zda tutilgan maqsad ichki iste'm ol
uchun va tovar mahsuloti yaratish, shuningdek boshqa faoliyat turlari orqali
o ‘zi va oilasining moddiy farovonligini ta’minlashdan iboratdir. Dehqon
xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik
faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona
foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-xarajat evaziga
mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat. Shuningdek, yer
resurslaridan unumli foydalanish, mamlakat ahohsining oziq-ovqatga bo'lgan
ehtiyojini qondirishda hissa qo‘shish, o‘zi joylashgan hududning ijtimoiy
rivojlanishini ta'm inlashda ishtirok etish kabi bir qator vazifalami yechishda
ham dehqon xo'jaliklari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim.
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi
tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega:
- ishlab chiqarish hajmining kichikligi bozor konyunkturasiga tez moslashish
va ko‘p mablag' sarflamay o‘z faoliyati yo‘nalishlarini qayta shakllantirish
imkonini beradi;
- oila mehnatiga tayanish uy bekalari va bolalar mehnatidan, qariyalar
tajribasidan unumli foydalanish hamda asrlar davomida shakllanib kelgan
dehqonchilik madaniyatini avloddan-avlodga o'tkazib borishga sharoit
yaratadi;
- xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirilish huquqi bilan
umrbod egalikka berilishi moddiy manfaatdorlikni oshiradi va mulkdan oqilona
foydalanishga y o ‘l ochadi.
Dehqon xo‘jaliklari tarkibiga tomorqa yerlariga ega bo'lgan oila
xo‘jaliklari ham kiradi va ulaming asosiy maqsadi - shaxsiy mehnatlari, mol-
mulklaridan foydalangan holda o‘z talablarini hamda boshqalarning talablami
qondirish uchun qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishdir. Oila xo'jaliklari
chorvachilik, sabzavot, poliz mahsulotlari bilan iste'm ol bozorini to ‘ldirishda
faol qatnashmoqdalar. Aholi iste'm ol qilayotgan mahsulotlaming aksariyat
qismini dehqon x o ‘jaliklari yetkazib bermoqda. Ular hozirgi vaqtda
respublikada yetishtirilayotgan jam i go'sht va go‘sht mahsulotlarining, sut
mahsulotlari, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarining asosiy qismini
yetishtirmoqdalar.
3 8
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dehqon xo'jaliklari agrar sohada yangi xo‘jalik yuritish shakli sifatida
shakllanib borishi bir tomondan haqiqiy mulk egaligining vujudga kelishiga
imkon yaratsa, ikkinchi tomondan mulkchilikning boshqa turlariga asoslangan
korxonalar bilan m a’lum darajada raqobat kurashi muhitini yaratishga yo‘l
ochadi. Dehqon xo‘jaligi ichki iste'm ol va mayda tovar qishloq xo‘jaligi
mahsuloti yetishtirish bilan bog‘liq hamda xo‘jalik a'zolarining shaxsiy
mehnatiga asoslangan faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi. Dehqon
xo'jaligi o ‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini
inustaqil
ravishda
belgilaydi.
Mamlakatimizda
dehqon
xo'jaliklarini
i ivojlantirish
borasida amalga oshirilayotgan
tadbirlar o‘zining ijobiy
natijalarini bermoqda.
Dehqon xo'jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari 2.4-jadvalda
keltirilgan.
2.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |