116
fe’li ham har narsaga buzilavermaydi. Demak, sizning
ham kayfiyatingiz yaxshi
bo‘ladi.
Ota
onalar!
Bolalarni uyni boshqarishga jalb eting. Ular uyda paydo bo‘ladigan barcha
muammolarni bilishlari va hal qilinish jarayonlaridan boxabar bo‘lishlari lozim. Bu
bolalarning sizga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi. O‘g‘il bola,
qiz bola deb ajratmaslik lozim. O‘g‘illarni katta bo‘lganda divandan tushmaydigan
dangasalarga aylantirib qo‘yasiz. Katta bo‘lgan sari sekin-asta erkaklar qiladigan
ishlar – deraza sinsa, rom oshig‘idan chiqib ketsa, lampa kuysa va h. k. larga otalar
o‘rgatib oladilar. Ungacha esa sizga va oilangizga yordamchi qilish kerak. Qizlarni
esa uy tartibidan tashqari muomalaga, akasi yoki ukasini “ishlata” olishiga, tashqi
ko‘rinishiga e’tibor qaratgani ham yaxshi. Bolalar tarbiyasida
ziyolilikka intilish
katta ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarni qanday sohada va qanday ma’lumotga
egaligi emas, balki qay darajada ziyolilikka intilishi muhimdir. Bolalar va ota-
onalarning ilmdan, yangiliklardan doimo xabardor bo‘lishi bolalarni tushunishga,
biroz
zamonaviy bo‘lishga undasa, bolalarning kitob o‘qishga bo‘lgan
qiziqishi
ota-onalarning aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aniqroq anglashga yordam berishini
unutmaslik zarur.
Tartiblilik faqat harakat orqali emas – u tilda ham, dilda ham bo‘lishi
lozim.
Erkaklar!
Bir yilda bir marotaba bo‘ladigan tug‘ilgan kunlarga bee’tibor
bo‘lmang. Bu bilan erkaklar ayollarga bo‘ysunganini
tan olmaydi, aksincha,
ayollar uchun bu – haqiqiy erkaklik xususiyatidir. Ko‘pchilik go‘yoki narsaga
ko‘ngli bog‘langanmi
yoki mengami, deb sinamoqchi bo‘ladilar. Ular qattiq
adashadilar. Ko‘ngil moddiylik ichida – ya’ni tanada yashaydi. Ularni ajratish,
ularni o‘ldirish bilan barobar. Axir yigitlik chog‘ida sevgi izhor qilish yoki qizning
qo‘lini so‘rash uchun gul ko‘tarib
borar edingiz
ku! O‘zingizni o‘zingiz rad
etmang. Bir og‘iz shirin so‘z va uch dona gul (ko‘proq bo‘lsa, undan ham yaxshi)
hech kimni o‘ldirmaydi. Muhabbat gulga o‘xshaydi. Uni parvarishlash lozim.
Muhabbatga quyiladigan suv bu – e’tibordir. Ayolingizning sizdan ko‘ngli qolishi
oilaning buzilishiga olib kelishi ham mumkin.
Ayollar!
Eringizga nima sovg‘a qilishni o‘rgatmang. Bu bilan qadringizni
tushirgan bo‘lasiz. O‘zi so‘ragan taqdirda aytish mumkin. Uning o‘rniga, sizni
tabriklagani kelishlarini aytishning o‘zi kifoya.
Agar shunda ham hech qanday
o‘zgarish bo‘lmasa, tug‘ilgan kun o‘tgandan so‘ng eringizdan hol-axvol so‘ragan
ma’qul. Balki biron tashvishi bordir. Agar u oldindan sovg‘a berishga
o‘rganmagan bo‘lsa, bu yaxshi – ayollar bilan munosabat qilishni bilmaydi va u –
faqat sizniki! Uning tug‘ilgan kunida, ishdagi darajasi ortganda yoki kasb
bayramida uning o‘ziga sovg‘alar qilib o‘rgatish mumkin.
Ammo ochiqchasiga
sovg‘asiz yoki tabriksiz qolganini tan olish – bu ayollar uchun mag‘lubiyatdir.
Chunki erkakning unga bo‘lgan bee’tiborligini - u ham, er ham, tan olgan bo‘ladi.
Ba’zida achchiq haqiqatdan ko‘ra, shirin yolg‘on ham ko‘ngilga xush keladi.
O‘zbek xalqiga mansub har bir oilada mehmonlar uchun alohida
mehmonxona, bolalar, ota-onalar uchun alohida yotoqxonalar,
dam olib,
117
suhbatlashadigan umumiy xona, oshxona va qo‘shimcha xonalar bo‘lishiga intilish
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: