16. . Ibn Xaldunning’ bosh iqtisodiy asari va uning’ asosiy G’oyalarini ta’riflab bering’
Ibn Xaldun Abduraxman Abu Zayd Ibn Muhammad (1332, Tunis — 1406, Qahira) — arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushd(Averroes)ning izdoshi. 1349—75 yillarda Tunis, Fes, Gʻarnota, Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382-yil Misrga kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazha-bi qozisi boʻlgan. I. X. Damashq shahri ning Amir Temurga topshirilishi shartlari haqida muzokara olib borgan delegatsiya tarkibiga kirgan edi. Shu tariqa I. X. Amir Temur bilan shaxsan suhbatlashishga musharraf boʻlgan. I. X. ning dalolat berishicha, Amir Temur undan Magʻrib mamlakatlari, uning manzillari va shaharlarini batafsil bayon qilib berishni soʻragan. I. X. Amir Temur tashqi siyosiy faoliyatiga salbiy nazar bilan qarashidan qatʼi nazar, sohibqiron shaxsiga munosib baho bergan. U Amir Temurning harbiy tarix sohasidagi teran bilimidan hayratga tushgan, uni "munozara-bahslarni yaxshi koʻradigan oʻtkir zakovatli va teran zehnli inson", deb taʼriflagan. Asosiy asari: "Kitob ul-ibar" ("Ib-ratli misollar kitobi", 1370). Asarda I. X. jamiyat taraqqiyoti xususida oʻz fikrlarini hamda Sharq musulmon xa-lqlari (xususan, Magʻrib) tarixini bayon qilgan. I. X. kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va boshqa moddiy omillarga bogʻliq deb hisoblagan. Asarda I. X. oʻz tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib, axloq va ijtimoiy muassasalar kishilar turmushi bilan bogʻliqligini hamda mehnat va kishilarning oʻzaro munosabati jamiyat hayotida muhim
17. Farbiy Evropa, jumladan Rossiyadag’i iqtisodiy G’oyalarning’ asosini nimalar tashkil etadi?
Forobiy O`rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarini o`z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga yetdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- "Muallimas -Soniy" - "Ikkinchi muallim" deb atay boshladilar. Olimning ayniqsa "Fozil odamlar shahri" asari diqqatga sazovar bo`lib, unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog`liq bo`lgan muhim g`oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o`tish kerakki, Forobiy o`z ustozi Arastu g`oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to`ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo`lgan "Ehtiyoj" ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o`rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, "mehnat taqsimoti" masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o`z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo`lgan holatdan, har bir operatsiyani maxsus kishilarga bo`lib berish afzalligi ko`rsatiladi ("qushni so`ysa ham, qassob so`ysin"). Mehnat taqsimoti to`g`risidagi g`oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta'limotining (XVIII asr) asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |