2-Amaliy mashg’ulot. Turli oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom ashyo turlarini o’rganish. Tayanch iboralar



Download 197,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana07.04.2022
Hajmi197,65 Kb.
#535353
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
2-Amaliy mashg'ulot (3)-1

SUV VA OSH TUZI 
Suv
. Ichimliklar, non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy 
xomashyolardan biri hisoblanadi. Donni tortishga tayyorlashda, qand, kraxmal, 
achitqi sanoatida ko‘p miqdorda suv ishlatiladi. Barcha qiyomlar va ko‘pgina 
qandolat mahsulotlarini tayyorlashda ham suv ishlatiladi. 
Oziq-ovqat 
mahsulotlari 
tayyorlashda 
ichimlik 
suvidan 
foydalaniladi. 
Korxonalarning ichimlik suvi bilan ta’minoti shahar vodoprovod tarmog'i orqali 
amalga oshiriladi. Bunday imkoniyat bo‘lmagan holda davlat sanitariya va 
epidemiologiya nazorati tashkilotlari ruxsatiga binoan mahalliy suv manbalaridan 
(asosan, artezian quduqlar suvidan) foydalaniladi. Oddiy quduqlar, kanal va 
ariqlar, ko‘llar suviga ko‘ra chuqur qatlamlardan olingan artezian quduqlarining 
suvi ancha tozaroq, unda kamroq bakteriyalar va ara- lashmalar mavjud bo'lishi 
mumkin. 
Qaysi manbalardan olinganidan qat’i nazar suvning sifati standart (GOST-
2874) talablariga mos kelishi kerak. U tiniq, rangsiz, ta’msiz va hidsiz bo‘lishi 
lozim. Suvning rangi va xiraligi asbob yordamida aniqlanganda bu 
ko‘rsatkichlarning kattaligi me’yorlanadi (rangi shartli 20° dan, xiraligi 1,5 mg dan 
oshmasligi kerak). 
Osh tuzi.
Osh tuzi, asosan, natriy xloridning kristallaridan iborat bo‘lib, uning 
tarkibida kalsiy, magniy va kaliy tuzlarining kam miqdordagi aralashmalari 
mavjud. Osh tuzi non mahsulotlarini tayyorlashda asosiy xomashyolarning biridir. 
U boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda ham qo'llaniladi. Olinish usuliga 
qarab osh tuzi quyidagi turlarga bo‘linadi: o‘zi cho‘kkan tuz, toshtuz, cho‘kma tuz 
va vakuumda bug'latib olingan tuz. O'zi cho'kkan tuz. Tuzning asosiy manbayi 
bo'lib hisoblangan sho‘r suvli koMlarning qalin qatlamli tubidan olinadi. Toshtuz. 
Yer tagida yirik qatlamlar holida joylashgan konlardan ochiq yoki yopiq usulda 


qazib olinadi. Cho'kma tuz. Tabiiy yoki sun’iy katta havzalarda okean, dengiz yoki 
ko‘llarning sho‘r suvini to‘plab undan suvni bug‘latish yo‘li bilan olinadi. 
Vakuumda bug'latib olingan tuz. Yerosti tuzlarini suvda eritib nama- kobni 
vakuum-apparatlarda bug‘latish yo‘li bilan olingan tuzdir. U organo- leptik va 
fizik-kimyoviy sifat ko'rsatkichlari bo'yicha barcha tuzlardan ustunroq turadi. Bu 
oppoq mayin kristalli begona ta’msiz va hidsiz, sof sho‘r ta’mga ega mahsulot 
bo‘lib, uning tarkibida 99,7% natriy xlorid bor. Yodlangan ?MZ-natriy xloridga 
juda kam miqdorda (1 tonnasiga 25 g) kaliy yodid qo‘shib tayyorlanadi. 
Tuprog‘ida yod kam uchraydigan mintaqalarda qalqonsimon bez kasalligining 
oldini olish va davolash vositasi sifatida ishlab chiqariladi. Oziqaviy osh tuzi 
ekstra, oliy, I va II navlarda ishlab chiqariladi. Tuzda begona hid va mexanik 
aralashmalar bo‘lmasligi kerak. 5% li eritmaning ta’miga qarab begona ta’m va 
hidlarning bor-yo‘qligi haqida xulosa chiqariladi. Ekstra navli tuz oq rangga ega 
bo‘lishi kerak, boshqa navdagi tuzlarda tuslarning bo‘lishiga (kulrang, sarg‘imtir, 
pushti rang) ruxsat etiladi. Turli navlardagi tuzlarda natriy xloridning miqdori 
quyidagidan kam bo‘lmasligi kerak; ekstra-99,7%; oliy-98,4%; 1-97,7% va 11-
97,0%. Namlikning miqdori tuzni ishlab chiqarish usuliga va naviga bog‘liq 
bo‘ladi va 0,1-5,0% ni tashkil qiladi. Barcha navdagi yodlangan tuzlarning 1 
tonnasining tarkibida 25 g kaliy yodid bo‘lishi va namligi 0,5 % dan oshmasligi 
kerak. Maydalangan osh tuzi kristallarining o‘lchamiga binoan to‘rt raqam bilan 
belgilanadi: №0-kristallarning kattaligi 0,8 mm; № 1-1,2 mm, № 2-2-2,5 mm; № 
3-4 mm. Oziq-ovqat sanoati korxonalariga tuz qoplarda yoki uyum holida 
keltiriladi va havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo‘lmagan alohida 
xonalarda saqlanadi. Osh tuzi tarkibida aralashmalarning ko‘pligi tufayli u 
gigroskopik xossaga ega. Havoning nisbiy namligi sezilarli o'zgarganda tuz nam 
tortib qolishi va yopishishi mumkin va bu uni ishlatishni qiyin- lashtiradi. 

Download 197,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish