3-Амалий машғулот
Мavzusi: Haydovchi ishonchliligi va uni aniqlovchi tushunchalar
Maqsad:
Haydovchi ishonchliligini aniqlovchi tushunchalarni tahlil etish
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.
Haydovchi ishonchliligini aniqlovchi tushunchalar tahlili (BBB)
2.
Haydovchi ishonchliligini ta’minlovchi ko’rsatkichlar (Assisment)
3.
Amaliy mashg’lot yuzasidan xisobot tayyorlash
4.
O‘quv faoliyatining natijalariga yakun yasash. Faol ishtirokchilarni rag‘batlantirish.
Qo‘llaniladigan metodika:
“BBB”, “Аssisment” “Mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”
Nazariy qism
Haydovchiga har xil salbiy omillar taʼsir koʼrsatadi:
kabinaga ishlatilgan gazlar kirishi; qishda sovuq, yozda issiq; shovqin va tebranishlar; yoʼlning
qoniqarsiz ahvoli, yomgʼir, tuman, qor va boshqalar. Аna shularning hammasi haydovchi ishini
qiyinlashtiradi, tezda charchatadi, murakkab yoʼl vaziyatlarida xatoliklarga yoʼl qoʼyishiga sabab
boʼladi. Sanab oʼtilgan barcha faktorlar haydovchi ishini
inson faoliyatining eng
murakkabliklaridan biriga aylantiradi.
Haydovchining kasb faoliyati oʼzaro bogʼlangan ikki talab bilan baholanadi:
•
birinchidan, haydovchi unumli ishlashi kerak, yaʼni avtomobil imkoniyatidan toʼla
foydalanib, tashish ishlarini tez bajarishi;
•
ikkinchidan, u harakatlanish xavfsizligi
talabini buzmasligi, yaʼni u ishonchli ishlashi
kerak.
Harakatlanishda toʼsiqlar boʼlmagan oddiy yoʼl sharoitida, tez, ishonchli
va unumli ishlashni
koʼp haydovchilar biladi. Murakkab yoʼl sharoitida esa eng ishonchli haydovchilar unumli ishlay
oladi.
АYXM tizimining samaradorligi haydovchining ishonchliligiga bogʼliq boʼladi, bu uning
bajarayotgan ishi ishonchliligi bilan tavsiflanadi. Bu yerda 2 xil ishonchlilik nazarda tutiladi:
haydovchining psixologik ishonchliligi - psixologik xususiyatlarning amalga oshirilayotgan
faoliyat
talablariga mosligi; fiziologik ishonchlilik - jismoniy holat va sogʼliq bilan bogʼliq
boʼladi.
Haydovchining ishonchliligi deganda uni belgilangan vaqt davomida har qanday yoʼl sharoitida
vazifasini bexato bajarish xususiyati tushuniladi. Haydovchining ishonchliligini belgilovchi
koʼrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
1. Haydovchining kasbga yaroqliligi. Xar bir inson uchun tibbiy koʼrsatmalar asosida
alohida belgilanadi: sogʼliq holati, psixologik va shaxsiy xususiyatlari.
2. Kasbiy tayyorgarlik. Oʼquv jarayonida va keyingi kasbiy
faoliyatda olingan kasbiy
bilim va koʼnikmalar darajasi bilan baholanadi.
3. Haydovchining yuqori ishonchlilik qobilyati. Insonni maʼlum vaqt oraliqida yuqori
mahsuldorlik va yuqori sifat koʼrsatkichlari bilan ishni tashkil etishidir.
Odatda haydovchining kasbiy faoliyatini baholashda ikkita oʼlchovdan foydalaniladi:
samaradorlik va ishonchlilik.
Haydovchilik faoliyatining samaradorligi birinchi galda haydovchini shaxs sifatida individual
sifatlariga,
kasbiy tayyorgarlik darajasiga, jismoniy baquvvatligi va sogʼligʼiga bogʼliq.
Do'stlaringiz bilan baham: