2-Amaliy ish
SANOAT PORTLOVCHI MODDALARI RETSEPTURASINI TUZISH.
Sanoat portlovchi moddalarini tayyorlashda ularning tarkibi kislorod muvozanati nolli bo’lishini ta’minlashi kerak.Patronli portlovchi moddalarni tayyorlashda esa patron qobig’i materialini oksidlash uchun kislorod muvozanati musbat qilib olinadi.Yer osti kon ishlarida portlatish ishlarini olib borishda 1 kg portlovchi portlatilganda ajralib chiqadigan shartli zaharli uglerod oksidi miqdori 40 l dan oshmasligi shart. Agar portlatishishlari natijasida azot oksidlari va oltingugurt gazi hosil bo’lsa shartli zaharli uglerod oksidi miqdorini hisoblashda mos holda 6,5 va 2,5 tuzatish koeffisiyentlari kiritiladi.
Ochiq kon ishlarida, ayniqsa suvli sharoitlarda portlatish ishlarini olib borishda portlovchi modda kislorod muvozanatiga qattiq talablar qo’yilmaydi.
2.1-misol.Kislorod muvozanati -320% bo’lgan dizel yoqilg’isi va ammiakli selitradan kislorod muvozanati nolli bo’lgan igdanit portlovchi moddasi retsepti tuzilsin.
Masala yechimi.Dizel yoqilg’isi bir qismini oksidlash uchun ammiakli selitra tarkibiy qismi miqdori quyidagiga teng
Portlovchi modda tarkibidagi dizel yoqilg’isi miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Mos holda portlovchi modda tarkibidagi ammiakli selitra miqdori:
U holda, igdanit formulasini quyidagicha yozish mumkin:
94,1%АС+5,9%ДТ
2.2-misol. Ammiakli selitra va trotil-С7Н5(NO2)3 aralashmasidan kislorod muvozanati nolga teng bo’lgan portlovchi modda retsepti aniqlansin.
Masala yechimi.1.1.-jadvaldan ko’rinadiki trotilning kislorod muvozanati
-74% va nisbiy molekulyar massasi 227, hamda ammiakli selitra kislorod muvozanati +20% va nisbiy molekulyar massasi 80 ga teng.
Masala shartiga ko’ra portlovchi modda tarkibi quyidagi shartga javob berishi kerak:
х∙(-74%)+(100-х)∙20%=0,
bunda х- aralashma tarkibidagi trotil miqdori, %.
Ushbu tenglama yechimidan х≈21% va (100-х)=79% ekanligini aniqlash mumkin.
Grammonit 79/21 va ammonit 6JV portlovchi moddalari xuddi shunday tarkibga ega.
Ammiakli selitra nollari sonini y va trotil nollari sonini z bilan belgilab quyidagi tenglamani yozish mumkin:
bundan
z=1 deb qabul qilsak, y=10,7 ekanligi ma’lum bo’ladi.
U holda grammonit portlovchi moddasi molekulyar tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
2.3-misol.Quyidagi tarkibga ega bo’lgan granulit AC-8 portlovchi moddasining molekulyar formulasi aniqlansin:
Ammiakli selitra NH4NO3-89%; solyar moyi С16H34 (nisbiy molekulyar massasi 226) -3%; alyuminiy upasi Al (nisbiy molekulyar massasi 27)-8%.
Masala yechimi.Solyar moyi mollari sonini х, ammiakli selitra mollari sonini у, alyuminiy upasi mollari sonini z bilan belgilab, quyidagi ko’rinishga ega bo’lgan kimyoviy formulani yozish mumkin:
yNH4NO3+xC16H34+zAl
Portlovchi modda tarkibiga kiruvchi komponentlar miqdoriga mos holda quyidagi nisbatlarni yozish mumkin:
Bundan y=83.9x; z=22.4x.
х=1deb qabul qilsak, u holda granulit AC-8 portlovchi moddasi quyidagi molekulyar tenglamaga ega bo’ladi:
83,9NH4NO3+C16H34+22.4Al.
2.1-masala. 64% ammiakli selitra, 16% trotil va 20% osh tuzidan tarkib topgan ammonit ПЖВ-20 saqlagichli portlovchi moddasining kimyoviy formulasi aniqlansin.
2.2-masala.Grammonit 30/70 portlovchi moddasining molekulyar farmulasi aniqlansin.
2.3masala. Kislorod muvozanati nolga teng bo’lgan dinamon portlovchi moddasi tarkibidagi ammaikli selitra va yog’och uni С15Н22О10 ning foyiz miqdori aniqlansin.
2.4-masala.Ifzanit portlovchi moddasining molekulyar formulasi aniqlansin (portlovchi modda tarkibi 1.4-masalada keltirilgan).
2.5-masala.Alyumotol portrlovchi moddasining kimyoviy formulasi aniqlansin (portlovchi modda tarkibi 1.5-masalada keltirilgan).
2.6-masala.Granulit AC-4 portlovchi moddasining kimyoviy formulasi aniqlansin.
2.7-masala. Ammiakli selitra, trotil, alyuminiy va geksogendan tarkib topgan, ammonit qoyali №3 portlovchi moddasining kislorod balansi -0,78% ga teng bo’lsa ushbu portlovchi modda molekulyar farmulasi tuzilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |