Xarajatlari miqdori daromadlaridan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklari. Bu guruhga pul ko‘rinishidagi daromadlariga nisbatan ko‘proq xarajat qiladigan, asosan kam daromadli guruhga mansub uy xo‘jaliklari kiradi va iste’molining ma’lum qismini uy sharoitida yetishtirishi yoki xarajatlarning bir qismini qisqa muddatli qarz majburiyatlari bilan qoplashi bilan izohlash mumkin.
Nisbatan kam daromadli va yuqori darajadagi moliyaviy majburiyatli uy xo‘jaliklari. Mazkur uy xo‘jaliklarining moliyaviy majburiyatlari, shu jumladan, kredit to‘lovlari ancha yuqori darajada. Natijada nisbatan kam miqdordagi tejashga ega bo‘lgan ushbu uy xo‘jaliklari narxlar va daromad darajasidagi o‘zgarishlarga (shoklarga) juda ta’sirchan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |