2. Aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar


yil O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan aholini turmush darajasi statistikasi



Download 0,49 Mb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#219817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
aholini turmush darajasi va sifati(1)

4. 2020 yil O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan aholini turmush darajasi statistikasi

Markaziy bank aholi o‘rtasida xarajatlar va daromadlar bo‘yicha so‘rov o‘tkazib, ularga inflyasiyaning ta’sirini o‘rgandi. Kam daromadli aholi xarajatlarining katta qismi oziq-ovqat, kam qismi ta’lim va transport kabi xizmatlarga sarflangan.

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan hududlar kesimida daromadlari darajasi bo‘yicha tasniflangan aholi guruhlariga nisbatan inflyasiyaning ta’siri o‘rganilib, axborot-tahliliy ma’lumot berildi.

Xususan, uy xo‘jaliklari xarajatlari va daromadlari bo‘yicha so‘rov (UXDS) natijalari hamda hududlar kesimidagi iste’mol narxlari indeksi (INI) ma’lumotlari asosida uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlari o‘sishi tahlil qilindi. Shuningdek, olingan natijalar asosida INI va yashash qiymati o‘rtasidagi tafovutlar o‘rganildi.

So‘rov natijalarida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, uy xo‘jaliklari daromadlarining taqsimlanishida respondentlarning asosiy qismi — 38,7 foizi oyiga 2−4 mln so‘m daromadga ega bo‘lganlar guruhiga kiradi:

Har xil daromadga ega uy xo‘jaliklari guruhlari xarajatlari tarkibidagi tafovut tahlili kam daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari yuqori daromadli guruhlarga qaraganda o‘z xarajatlarining ko‘proq qismini oziq-ovqat mahsulotlariga va kamroq qismini nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar (ya’ni transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar)ga sarflaydilar:



Daromad darajasining o‘sib borishi bilan iste’mol tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi sezilarli darajada pasaymoqda. Daromadlari 6 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklarining iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari ulushining daromadi 2 mln so‘mdan past bo‘lgan uy xo‘jaliklarinikiga qaraganda o‘rtacha 26 foiz bandga kam.

Respondentlarning yosh guruhlari bo‘yicha tahlil, keksalar tomonidan daromadlarining ko‘proq qismini (o‘rtacha 80 foizini) oziq-ovqat mahsulotlariga, yoshlar tomonidan esa — nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlariga sarflanishini ko‘rsatdi.

Bunda 30−55 yoshdagi aholining xarajatlari 30 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhiga nisbatan 18 foiz, 55 yoshdan oshgan aholiga nisbatan 63 foizga ko‘proq.

30−55 yoshdagi aholi iste’moli tarkibida nooziq-ovqat tovarlari ulushining nisbatan yuqori bo‘lishi ushbu guruh vakillari kommunal xizmatlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarning asosiy to‘lovchilari ekanligi bilan izohlanadi.

Hududiy inflyasiya ko‘rsatkichlari


Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida inflyasiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan sezilarli farq qiladi.

Mamlakat bo‘ylab yuqori daromadli hududlarda nisbatan yuqori inflyasiya darajasi kuzatilmoqda. Toshkent shahri, Toshkent va Buxoro viloyatlari kabi yuqori daromadli hududlarda (Navoiy viloyatidan tashqari) inflyasiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha umumiy inflyasiya darajasidan yuqori shakllangan. Ushbu hududlar aholisi respublika umumiy aholisining 30 foizini tashkil etadi.

Uy xo‘jaliklari nisbatan past daromadga ega bo‘lgan hududlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi inflyasiya darajasi mamlakatdagi o‘rtacha inflyasiya darajasiga nisbatan past hisoblanadi. Mazkur hududlarda mamlakat umumiy aholisining 27 foizi istiqomat qiladi.

Aksariyat hududlarda past daromadga ega o‘zbekistonliklar nisbatan yuqori inflyasiya darajasini sezganlar.

Daromadlari 1−2 va 2−4 mln so‘m atrofida bo‘lgan uy xo‘jaliklari daromadlari 6 mln so‘m va undan ko‘proq bo‘lganlarga nisbatan 0,6−1,4 foiz bandga yuqoriroq inflyasiya darajasini sezganlar.

2019 yilda oziq-ovqat inflyasiyasi 18,6 foizni tashkil etgan va mos ravishda nisbatan kam daromadli guruhlar xarajatlarining katta qismi oziq-ovqatlarga sarf qilinishi natijasida ularda yuqori inflyasiya sezilgan.

Shuningdek, kam daromadli aholi guruhlari yil davomida nooziq-ovqat tovarlari narxlari o‘sish darajasining pasayishidan kamroq manfaat ko‘rishdi. Yuqori daromadli hududlarda yashovchi kam daromadli uy xo‘jaliklari yashash qiymatining ko‘proq o‘sishiga duch kelmoqdalar, deyiladi tahlilda:

Oylik sezilgan inflyasiya dinamikasi ham daromad darajasi turlicha bo‘lgan uy xo‘jaliklari o‘rtasida sezilarli darajada farq qiladi. Bunda kam daromadli uy xo‘jaliklarining iste’mol to‘plamida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi yuqoriligi sababli, ushbu uy xo‘jaliklariga mavsumiy o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan oziq-ovqat inflyasiyasi yanada kuchliroq ta’sir etadi.

2019 yil avgust oyida valyuta kursi devalvatsiyasi tufayli narxlarning oshishi yuqori daromadli uy xo‘jaliklari tomonidan ko‘proq sezildi, chunki ular nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarini sotib olishga ko‘proq pul sarflashadi.

Umuman olganda, eng yuqori va eng past daromadga ega guruhlar uchun sezilgan inflyasiya darajalari tafovuti 1,5 foiz bandni tashkil etadi.

Bundan tashqari, oylik inflyasiya darajasida mavsumiy omillar sababli oziq-ovqat mahsulotlari narxlari pasayganda past daromadli oilalar kamroq inflyasiyani sezadilar.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida 2019 yilda aholining umumiy daromadlari 21,9 foizga oshdi va umumiy xarajatlarning o‘sishi ham shunga mutanosib darajada o‘sdi.

Tadqiqot ma’lumotlari daromad darajasi nisbatan yuqori aholi guruhlarida (daromadlari 3 mln so‘mgacha bo‘lgan uy xo‘jaliklari bundan mustasno) umumiy daromadlar ularning umumiy xarajatlari miqdoridan yuqoriligini ko‘rsatmoqda va bu uy xo‘jaliklariga o‘z daromadlarining bir qismini tejash imkonini beradi.

Shu bilan birga, UXDS ma’lumotlarining batafsil tahlili quyidagilarni ko‘rsatmoqda:


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish