Mavzuning dolzarbligi: Qashqadaryo vohasi o‘zining ko‘hna va boy tarixiga ega. Bu ko‘hna voha o‘zining uzoq tarixi davomida O‘rta Osiyo sivilizatsiyasida muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy etnik va madaniy ahamiyat kasb etgan mintaqa bo‘lgan. Shu sababli Qashqadaryo vohasi antik davri arxeologiyasini o‘rganish O‘rta Osiyo tarixinig bosqichlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning qadimiy shaharlari tarixini o‘rganishda turli manbalar bilan birga arxeologik ma’lumotlarga ham tayaniladi. Qashqadaryo vohasi antik davri tarixini yoritishda vohaning qadimgi shaxarlari Yerqo‘rg‘on, Uzunqir, Qalandartepa yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalarini o‘rganish dolzarb vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |