Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) O'quvchilarni darsga hozirlash.
b) davomatni aniqlash.
c) Har bir guruhni baholab borish uchun hakamlar hay'ati a'zolarini saylash.
Hakamlarga har bitta guruh emblemasidagi tasvir tushirilgan ball qo'yish uchun 5 ta shart yozilgan oq qog'oz beriladi. Hakamlardan diqqat bilan ishtirokchilarni kuzatib borishlah so'raladi. Har bir ishtirokchi uchun 1dan 5gacha raqamlardan misol, masala, tenglama, krossvord yechish uchun maxsus kodlangan varaqlar taxlab qo'yilgan bo'ladi. Ishtirokchilar 5ta shart bo'yicha baholanib boriladi. Har bitta shartni to'g'ri bajargan o'quvchi 1 ball bilan rag'batlantiriladi. Har bir guruhga qo'ng'iroqchalar qo'yilgan. Birinchi bo'lib shartni bajarib bo'lgan guruh qo'ng'iroqni chaladi va uni hakamlarga beradi. Hakamlar ularning ishini o'z vaqtida baholab boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |