qatlamining harorati esa +55°S dan yuqori boʻlmasa, shuningdek, sovitadigan havo harorati
minus boʻlsa hamda yuklamadan qathiy nazar moy harorati +45°S dan yuqori boʻlmasa, puflash
toʻliq toʻxtatilgan holda ishlashi mumkin (PTE 35
10). Nominal yuklamada ishlayotganda moy
yuqorigi qatlaminiig yoʻl qoʻyiladigan haroratining maksimal chegarasi +95°S bo`ladi.
Moyni puflash va moyni havo sovitgichlar orqali majburiy sirkulyatsiyalash yoʻli bilan
sovitish
(DTS) quvvati 63000 kV
A va undan katta boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi.
Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar tizimidan tashkil
topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari moyning sovitgichlar
orqali uzluksiz
majburan sirkulyatsiyasini hosil qiladi (6.3–rasm).
Moy katta tezlikda sirkulyatsiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va jadal puflash
hisobiga sovitgichlar issiqlikni koʻp uzatadi va ixchamdir. Sovitishning bunday tizimiga oʻtish
transformatorlarning oʻlchamlarini ancha kamaytirish imkoniyatini beradi.
6.3–rasm. “DTS”- tizimi sovitkichning printsipial sxemasi:
1–transformator baki; 2–elektr nasosi; 3–adsorb filtr; 4–sovitkich; 5–puflash ventilyatorlari.
Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning baki yonidagi
alohida poydevorga ornatilishi mumkin.
“DTS” sovitish tizimli transformatorlarda moyning maksimal yoʻl qoʻyilgan harorati
+75°S.
Moy majburan sirkulyatsiyalanadigan moy–suvli sovutish (TS)
printsipial jihatdan DTS
tizimiga oʻxshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar trubalardan iborat boʻlib ular
ichida suv aylanadi, trubalar orasidan esa moy yuradi.
Moy sovitgichga kirayotgan moy harorati +70°S dan oshmasligi lozim.
Transformatorning moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun moy sovitgichlardagi
moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2 N/sm
2
) ga ortiq boʻlishi kerak.
Sovitishning bu tizimi samarali, biroq konstruktsiyasi jihatidan ancha murakkab boʻlib,
gidrostantsiya va yopiq xonalarga oʻrnatiladigan (100 MV
A va undan yuqori) quvvatli
transformatorlarda ishlatiladi.
DTS va TS sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan sirkulyatsiyalash qurilmasi
transformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik ulanishi va transformatorning
yuklamasidan qat`iy nazar uzluksiz ishlashi kerak.
SHu bilan birga, ishga tushiriladigan
sovitgichlar soni transformatorning yuklamasiga qarab aniqlanadi. Bunday transformatorlar
moyning va sovituvchi suvning sirkulyatsiyalanishini toʻxtatish, ventilyatorni toʻxtatish kerakligi
haqidagi signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak.
Har bir transformator quyida koʻsatilgan tartibdagi shartli harfiy belgilarga ega:
1) fazalar soni (bir fazali uchun–0, uch fazali uchun–T);
2) sovitish turi–yuqorida keltirilgan tushuntirish asosida;
3) turli kuchlanishli tarmoqlarda ishlaydigan choʻlgʻamlar soni (agarda
u ikkitadan ortiq
boʻlsa); uch choʻlgʻamli transformatorlar uchun T, ajratilgan choʻlgʻamli transformator uchun R
(fazalar sonidan keyin koʻrsatiladi).
4) choʻlgʻamlardan biri RPN qurilmasi bilan tayyorlangan boʻlsa, qoʻshimcha N harfi
bilan belgilanadi;
5) avtotransformatorlarni belgilash uchun birinchi oʻrinda A harfi qoʻshiladi.
Harfiy belgidan keyin nominal quvvat va kuchlanish sinfi koʻrsatiladi. Bir xil parametrli,
bir xil konstruktsiyali turli korxonalarda ishlab chiqariladigan transformatorlar uchun, shu
konstruktsiyadagi transformatorlar qaysi yildan boshlab ishlab chiqarilishi koʻrsatiladi.
Masalan: TMN–10000/110–95–uch fazali, ikki choʻlgʻamli,
moy bilan tabiiy sovitiluvchi, RPN
li nominal quvvati 10000 kV.A, 110 kV sinfli, 1995 yilda yaratilgan konstruktsiyali
transformator.
Do'stlaringiz bilan baham: