Ҳисобдор шахслар билан бўладиган ҳисоб-китоблар ҳисоби
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo’jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to’lashda sodir bo’ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo’jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag’larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xo’jalik ehtig’jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog’liq. Safar xarajatiga pul berishda yo’lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug’i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.
Belgilangan me’yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o’tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o’tkaziladi.
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’g’ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko’paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so’ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar to’g’risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova qiladi.
Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo’lim boshliqlari qilingan xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi aniqlangandan so’ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi.
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo’lib, birovga berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo’yicha qarzi bo’lmagan holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan me’yordan ortiqcha qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo’shib daromad solig’iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’g’ri eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |