8. Солиқ бўйича операцияларни ҳисоб олиш
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subektlarda qo’llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo’lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i»; 4410 «Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari»; 6240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i bo’yicha majburiyatlar»; 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz»; 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810 «Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarni o’z ichiga oladi.
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo’yicha)» schyotlar kiradi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo’yilgan vazifalar turlicha. Bu vazifalarni buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to’g’ri foydalanishlari zarur.
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan Foyda solig’i» schyotida hisobot davrida to’lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. Shu bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib qo’yiladi.
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo’shib Foyda solig’iga tortiladi.
4410 «Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotida bo’nak soliq summalari, xususan, xarid qilingan xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha hisoblashish hujjatlarida alohida ko’rsatilgan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) hisobga olinadi.
4410 schyotida yig’ilgan soliq summalarini hisobdan chiqarish tartibi qonuniy va me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobida 4410 «Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotidan chiqarish operatsiyasi quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: material resurslari, tovarlar, ishlar va hizmatlarga tegishli QQS summasi qarz surishishga (zachetga) qabul qilinganda: D-t 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz», K-t 4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyoti.
Amaldagi Nizom qonunchiligi asosida soliqlar bo’yicha imtiyozlar berilgan quyidagi xo’jalik subektlariga tegishli:
- soliq, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltiradigan xo’jaliklar;
- soliq to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’larni maqsadli foydalanishga yo’naltirmaydigan xo’jaliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |