Eksperiment metodi
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot faktlari ularning tabiiy sur’atda ro’y berishida, borishida va o’zgarishida olib o’rganiladi, ya’ni haqiqatda, kishilarning kundalik turmushida qanday ro’y bersa, o’shanday holida tekshiriladi.
Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir o’ng’aysizlik va qiyin-chiliklarni uchratishga to’g’ri keladi, masalan, bu erda tadqiqotchi psi-xologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo’lsa, o’sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga yoki biron kishida, ba’zan psixologning o’zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga to’g’ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu o’ng’aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi.
Eksperiment metodi ikki turiga bo’linadi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment.
Do'stlaringiz bilan baham: |