2- Mavzu:Etnopsixologiya fanining shakllanish tarixi
Reja:
1. Sh.Montesk’e tadqiqotlarida geografik determinizm goyasi. Gerder
falsafasida “xalq ruhi” g’oyasi.
2.M.Lasarus va G.Shteyntalning xalqlar psixologiyasi haqidagi ta`limoti.
3.G.Lebonning xalq va omma psixologiyasi to’g’risidagi konseptual qarashlari.
4.V.Vundtning xalq va omma psixologiyasi nazariyasini rivojlantirishga qo’shgan hissasi.
Xalqlarning psixologik xususiyatlarni iqlim va boshqa tabiiy omillar bilan bog’lab tushuntirish keyingi davrlarda yashab ijod qilgan XVII-XIX asr mutafakkirlari – Montesk’e, J.J.Russo, Didro, Gumboldt, shuningdek, hozirgi davrdagi ayrim tadqiqotchilar faoliyatida ham uchraydi.
Sotsiologiyadagi “geografik determinizm” oqimining asoschilaridan biri - fransuz ma`rifatparvari Sh.Montesk’e (1689-1755 y.) ham xalqlar o’rtasidagi ruhiy tafovutlarni asosan, kishilar tanasiga doimiy ta`sir etadigan turli-tuman tabiiy-iqlim natijasi, deb tushuntiradi.
Gippokrat
Pifagor
Aristotel
Gegel
V.Vundt
Antik davri olimlari:
Qadimgi dunyo mutafakkirlari Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va boshqalar barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berish uchun yagona bo’lgan umumiy tamoyillarni, nazariyalarni qidirib topishga, hususan, xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bo’lishining sabablarini tushuntirib berishga harakat qiladilar.
.
Mashhur matematik va faylasuf Pifagorning (eramizdan avvalgi 570-500) tushuntirishiga qaraganda, hayvon go’shti va yog’ini ko’p iste`mol qilinishi, xalqlarda qattiqqo’llik va dag’allikni vujudga keltiradi. Aksincha, o’simlik mevalari va sabzavotlarni muttassil iste`mol qilinishi esa tana faoliyatini sustlashtirib, odamlar tabiatini muloyimlashtiradi.
Italiyalik huqushunos S. Sigeli va fransuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma’qo’llab uning nazariyasini faktik materiallar bilan boyitdilar.
1895 yilda bosilib chiqqan Sigelining "Omma psixologiyasi" kitoblarida asosiy goya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o`z xulq-atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo’qoladi.
Sotsiolog Lebon esa asosan o`z diqqatini ommani elitaga - jamiyatdan yo’qori turuvchi tanlangan guruhlarga karshi kuyishga qaratadi. Lebon shaxsning omma holatidagi belgilariga tuxtalib quyidagilarni ajratadi:
1. Shaxsiy sifatlarning yo’qolishi. Boshqa odamlar ta’sirida individ o’ziga xos sifatlarni yo’qotish, buning o’rniga inpulsiv instinktiv harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
2. Hissiyotlarga o’ta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiet, instinktlarga o`z o’rnini bo’shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi uta oshib ketadi.
3. Aqliy sifatlarning yo’qolishi. Ommaning "aqli" uni tashqil etuvchilar aqlidan ancha past bo`ladi. Shuning uchun ham ommaning tazyikiga uchramaslik uchun har bir kishi aqlan muloxaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan kochishi lozim.
4. Shaxsiy mas’uliyatning yo’qolishi. Ommaga qo’shilib qolgan shaxs shunchalik hissietlarga berilib ketishi mumkinki, u o`z harakatlarini na’zorat qilish, o`z ishiga mas’uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini, u ommaga qo’shilib qilib kuyishi mumkin.
.
Etnopsixologiya masalalarini tadqiq etishda nemis psixologi V.Vundtning katta xizmatlari bor. 1900 yilda uning “Xalqlar psixologiyasi”, degan 10 tomlik asari bosilib chiqdi. V.Vundt qarashlarining muhim tomoni shundaki, u etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishi va rivojlanishini tarihiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalar asosida tushuntirib berishga harakat qildi.
"Psixologiyaning otasi"hisoblangan Velgelm Vundt esa xuddi ana shu tad kikotga asoslangan ma’lumotlar tuplashga o`z diqqatini qaratdi. U o’zining "Inson va xayvon ruxi haqida leksiyalar"i (1863-y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan un tomli "Xalqlar psixologiyasi" asarlarida asosan o’zi tuplagan empirik ma’lumotlar asosida xalqlar psixologiyasiga bagishlagan fikrlari tizimini bayon etdi.
O m m a p s i x o l o g i ya s i paydo bo`lishiga tarixiy asos ishchilar sinfining paydo bo`lishi va yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo’ldi. Ya’ni, XIX asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus oldiki, tartibsiz harakatlar darajasiga ko’tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning qonunlarini bilish, ularni boshqarish usullarni uylab topish zarur edi.
Ommaviy xodisalarni o’rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning "Taqlid qilish qonunlari" deb atalgan birinchi kitobi chiqdi. Tard Fransiyada ro’y berayotgan ommaviy hodisalarni shu hodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-atvorlarini taqlid qilish orqali tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |