O„z xalqidan boshqa xalq tilini va og„zaki ijodi namunalarini o„rganish inson
tabiatiga xos bo„lgan xususiyat - bilishga qiziqish tufayli amalga oshirilgan. Bu
jihatdan buyuk vatandoshimiz Mahmud Koshg„ariyning xizmatlari haqida
to„xtalmasdan iloj yo„q. ”U (Mahmud Koshg„ariy) haqli ravishda turkologiya
fanining asoschisidir”, - deb yozadi tilshunos olim Abduhamid Nurmonov.
4
Mahmud Koshg„ariy uzoq vaqt davomida turkiy qabilalar yashaydigan ulkan
hududni kezib chiqdi va bu qabilalarning tilini, og„zaki ijod namunalarini
sinchiklab o„rgandi hamda o„zining ”Devonu lug„atit turk” asarini yaratdi. ”Devon”
aslida turkiycha-arabcha lug„at hisoblanadi, ya‟ni olim o„z asarida turkiycha
so„zlarni arab tiliga tarjima qiladi hamda ularni izohlash uchun qo„shiq, maqol,
matal va afsonalardan misollar keltiradi. Shu bilan birga, bu asarda turkiy tillar
fonetikasi, leksikasi, grammatikasi qiyosiy jihatdan tahlil qilingan.
Bu sohada buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning ”Muhokamat ul-
lug„atayn” asari ham qiyosiy tilshunoslik bo„yicha yaratilgan mukammal asar
namunasi sifatida qayd qilinishi mumkin.
Har ikkala mutafakkirning yaratgan asarlari juda katta nazariy va amaliy
ahamiyatga egadir.
Yevropada esa tillarni bir biriga qiyoslab o„rganish ko„proq amaliy tabiat kasb
qilgan. Buni quyidagicha izohlash mumkin.
Tarixdan ma‟lumki, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Fransiya,
Gollandiya kabi dengiz mamlakatlari XV-XVI asrlardan boshlab mustamlakachilik
siyosatini boshlab yuborganlar va ko„pgina mamlakatlarni bosib olib, ularning
moddiy va ma‟naviy boyliklarini o„zlashtirishga kirishgan. Bu siyosatni o„tkazish
uchun ularga mahalliy aholining tilini, madaniyatini, urf-odatlarini bilish zarur edi,
natijada ularning tillarini o„z tillari bilan qiyoslab o„rganishga kirishganlar.
Bu sohada Gvilelm Postellus degan olimning 1538-yilda yaratilgan
”Tillarning qarindoshligi haqida” (”De affinitae linguarum”) asarini, Iosif-Yustus
Skaligerning 1599-yilda yozilib, 1610-yilda Fransiyada nashr qilingan ”Yevropa
tillari haqida mulohazalar” (”Diatriba de europeorum linguis”) nomli asarini,
shuningdek, E.Gishar, Iov Ludolf, Gotfrid-Vilgelm Leybnis, Yuriy Krijanich,
Filipp-Iogann Stralenberg, Frans Bopp, Rasmus Rask, Vilgelm Gumboldt, Avgust
Shleyxer, F.F.Fortunatov, Ferdinand de-Sossyur, A.Meye kabi ko„plab
tilshunoslarning ishlarini misol qilib keltirish mumkin.
Dunyo tillarini tasniflashning diqqatga sazovar bo„lgan ikkita turi mavjud.
Quyida shularni ko„rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: