Dars o’tish vositalari: sinf doskasi, plakatlar, fundamental fan darsliklari, o’quv va uslubiy qo’llanma, tarixiy ma’lumotlar, informatika va texnika atamalari lug’atlari va kopmьyuterdan samarali foydalaniladi.
Dars o’tish usullari: takrorlash, suxbat, va savol-javob hamda, munozara (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash) tarzida jonli muloqot o’tkaziladi (talabaning mustaqil, erkin fikrlash va so’zlashishga o’rgatgan holda fikr muloxazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savollar tashlanadi, ular o’z fikrini bayon qiladi, hamma o’quvchi javobni bayon qilib bo’lgandan so’ng o’qituvchi bilan birgalikda javoblar yakun qilinadi); tarqatma materiallar asosida amaliy misollar yechiladi, iboralarga izohlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |