Palpatsiya. Qorinni paypaslab ko’rish chamalovchi, yuza va Obraztsov-Strajesko metodi bo’yicha qo’lni sirg’antirib qilinadigan xillarga bo’linadi.
Yuza palpatsiya qorin devorining ma’lum bir joyi bezillab turgan-turmaganligi , muskullar nechog’li tarang tortganligi, churra chiqib turadigan joylar bor-yo’qligi aniqlashga imkon beradi. Qorinni palpatsiya qilish mahalida bemorning o’ng tomonida turish kerak, qorin pressi muskullari qisqarmasligi uchun qo’llar iliq bo’lishi kerak. Bemor chalqancha yotadi,palpatsiya chap yonbosh sohasidan boshlanadi, keyin simmetrik ravishda o’ng yonbosh sohasi palpatsiya qilib chiqiladi.
Sirg’anadigan chuqur palpatsiya qilinganda bukilgan barmoqlar palpatsiya qilinadigan a’zoga parallel qo’yiladi.O’ng qo’l barmoqlari nafas olish vaqtida qorin bo’shlig’iga asta-sekin botirib boriladi.Har bir ichak bo’limini palpatsiya qilishning o’z xususiyatlari bor. Sigmasimon ichak o’ng qo’ning bukilgan barmoqlari bilan palpatsiya qilinadi. Bemor nafas chiqarib, qorin pressi muskullari bo’shashib turgan mahalda barmoqlarni sigmasimon ichakka parallel qo’yib , asta-sekin qorin bo’shlig’iga botiriladi va orqa devorigacha etib boriladi. So’ngra qo’lni teri bilan birgalikda pupart bog;lama tomonga sirg;antirilib , ichak yuzi ustidan o’tkaziladi.Xavfli o’smalar yoki qattiq axlat massalari bor mahalda ichak yuzining notekis, g’adir-budir bo’lib turgani topiladi, qattiq axlat massalari bo’lsa, bular klizmadan keyin yo’qolib krtadi.Ko’richak sigmasimon ichakni tekshirib bo’lgandan keyin palpatsiya qilinadi. Yallig’lanish bo’lganda og’riq va quldirash seziladi. Ko’ndalang chambar ichak me’daning pastki chegarasini aniqlab olgandan keyin palpatsiya qilinadi.O’ng qo’l barmoqlari shu chegaradan 2-3 sm pastga va qorinni o’rta chizig’idan taxminan 4 sm o’ngga qo’yiladi. Shundan keyin qorin bo’shlig’iga barmoqlarni bosib borib, yuqoridan pastga tomon sirg’anuvchi harakatlar qilinadi. Ichakning ko’ndalang kesimi 5-6 smni tashkil etadi. Chambar ichakning yuqori ko’tariladigan va past tushib boradigan qismlari V.X. Vasilenko usuli bo’yicha palpatsiya qilinadi. Buning uchun chap qo’l belga qo’yiladi , o’ng qo’l bilan esa sirg’anadigan chuqur palpatsiya qilinadi. Ichakdan ko’ra me’dani palpatsiya qilish qiyinroq. Me’daning katta egriligini paypaslab ko’rish uchun chap qo’l panjasi ko’krak qafasiga qo’yiladi, o’ng qo’lning yarim bukilgan barmoqlari bilan esa to’sh osti sohasiga kalta-kalta zarblar berib, pastga tushib boriladi. Ayni vaqtda chayqalish shovqini paydo bo’lib, me’da chegarasidan o’tgandan keyin u yo’qolib ketadi.Palpatsiya o’t pyfaga va jigar holatini aniqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |