2- kurs III semestr



Download 15,84 Mb.
bet84/192
Sana23.04.2022
Hajmi15,84 Mb.
#575619
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   192
Bog'liq
2 kurs kattalarda HP amaliy mashg\'ulotlar

Rektoromanaskopiya. Bu usul yordamida diagnostika va davo maqsadida to’g’ri ichak shilliq pardasi ko’zdan kechiriladi(shilliq pardaga dori surtish, yot jismlarni, poliplarni olib tashlash, qon ketishini to’htatish maqsadida).
Me’da shirasini olish. Bunda ingichka zonddan foydalaniladi. Zond tashqi diametric 5 mm va ichki diametri 3 mm atrofidagi elastic rezina naydir. Zondning ko’r uchida yon teshiklari bor.Bemor zondni yutishda doimo yutish xarakatlarini qilib borishi kerak. Me’dadan avval nahorga bo’ladigan shira chiqarib olinadi.Keyin suyuq holda sinama nonushtalar beriladi(300 ml kofein eritmasi, 7%li karam qaynatmasi) yoki parenteral yo’l bilan sekretsiya stimulyatori(gistamin, insulin) yuboriladi. Keyin har 15 minutda me’da shirasi olinadi.Har bir portsiya alohida idishga yig’iladi vashira miqdori qayd qilib qo’yiladi. Portsiyalarning hammasi laboratoriyaga tekshiruvga jo’natiladi.
Davolash. Ovqat hazm qilish a’zplaro kasalliklarida parhez muhim rol o’ynaydi.Bemorlarni davolashda har bir bemor uchun individual davo tadbirlari belgilanadi. Davoni mehnat va turmush rejimini normaga keltirishdan boshlanadi.Jismoniy va ruhiy zo’riqishdan saqlanish zarur.Bemor ovqatni kichik portsiyalarda, kuniga 5-6 marta qabul qilishi kerak. Bemorlarni davolashda antatsidlar, sedative moddalar, spazmolitiklar, antibiotiklar, o’t haydovchi preparatlar, ferment prepatatlari va vitaminlardan,antigistaminlardan, bakteriostatik dori vositalaridan foydalaniladi.Bemorni ahvolini hisobga olgan holda bu dori vositalari birgalikda ham qo’llaniladi. Fizioterapevtik(diatermiya, elektro va gidrotermiya,balchiq bilan davolash) davolash. Asoratlarda jarrohlik yo’li bilan davolanadi.

  1. Bemorlarga o'z - o'zini parvarish qilish ko'nikmalarini o'rgatish

Hazm a’zolari kasalliklarida bemorlar shikoyatlariga asoslangan holda parvarish qilinishi lozim.Qorin og’rib turgan mahalda bu og’riqlarning kelib chiqish sabablarini bilmasdan turib, og’riqni qoldiruvchi preparatlar berish va qoringa issig narsa qo’yish mumkin emas, chunki bu diagnostikani qiyinlahshtiradi va bemorga zarar etkazishi mumkin. Hhh Meteorizmda bemorlarning ovqat ratsionidagi uglevodlar miqdori kamaytiriladi, chunki uglevodlar bijg’ish protsesslarini kuchaytirib , gaz hosil bo’lishini ko’paytiradi. Bir choy qoshiqdan kuniga 3-4 mahal aktivlangan ko’mir, karbolen, shuningdek, moychechak damlamasi ichlb turish buyuriladi.Ichni tozalaydigan klizmalar bunday kasalliklarga ancha engillik beradi.Gaz o’tkazuvchi naydan ham foydalaniladi. U uzunligi 50 sm va diametri 1smbo’lgan rezina naydir.Nayning bir uchi dumaloqlangan bo’lib, yon tomonlarida teshiklari bor.Vazelin surtilgandan keyin uchi to’g’ri ichakka 20-30 sm ichkari kiritiladi va 1/2-1 soatdan keyin nay chiqarib olinadi.
Ich ketar mahalda bemor tuvakdan foydalanishi kerak.Bemor badani, ichkiyimlari va o’rin-boshini ozoda saqlashi, defekatsiyadan keyin orqa chiqarish yo’li sohasini 2%li borat kislotasi eritmasi bilan artib turishi kerak.
Ich ketar kopincha infektsion kasallikning oqibati bo’lganligi uchun tashhisni aniqlab olguncha joriy dezenfektsiya qilib boorish zarur.
Ich qotishi(qabziyat) ichakda uzoq axlat turib qolishidir.Qabziyatga qarshi kurashish uchun tegishli ovqat buyuriladi, surgi dorilar va klizmalar qo’llaniladi.Bemorning necha marta va qanchadan ichi kelishini kuzatib borish zarur.
Me’da vao’n ikki barmoq ichakning yara kasalligida axlatni yashirin qonga tekshiriladi. Agar axlat qoramoyga o’xshab kelsa bemor o’rnidan turmay yotishi kerak,bu haqda darhol vrachga aytish kerak.Qoringa musli xaltacha qo’yish kerak,bemorga ovqat va suyuqlik berilmasligi kerak.
Bemor qusayotganda nafas susayib, yurak o’ynaydi,arterial bosim pasayadi va nerv tizimi qo’zg’aladi. Qusib bo’lgandan keyin bemorga og’zini chaydiriladi, ukku-uch qultum sovuq suv ichiriladi,o’rniga yotqizilib,o’rab qo’yiladi. Bemor zaif bo’lsa, qusayotgan vaqtida boshini nafas yo’llariga qusuq massalari tushmaydigan qilib burib qo’yiladi.Qusuq massalari laboratoriya tekshiruviga yuboriladi.
Hamshira me’dani yuvishni bilishi kerak. Me’dani yuvish vrach ko’rsatmasiga binoan bajariladi. Me’dani yuviah zond bilan va zondsiz amalga oshiriladi. Zond bilan yuvishda yo’g’on me’da zondlaridan foydalaniladi, temperaturasi 30-35 C bo’lgan suv bilan yuvindi suv toza bo’lib tushmaguncha me’dani yuvish davom ettiriladi. Zondsiz yuvishda bemorga 4-5 stakan suv ichiriladi, keyin reflector yo’l bilan qustiriladi(xalqum orqa yo’lini ta’sirlash bilan). Diagnostika maqsadida yuvindi suvlar toza idishga yig’iladi va laboratoriya tekshiruviga jo’natiladi.Me’dasi yuvilgan bemor 5-10 minutgacha yotishi kerak.
Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida xuqnalar ham o’tkaziladi.
Xuqna – orqa chiqarish yo’li orqali yo’g’on ichakka suyuqliklar yuborish. Xuqnalar ichakni bo’shatish , dorivositalari, rentgenologik tekshiruv paytida contrast moddalar (bariy emultsiyasi) yuborish uchun buyuriladi.Ichni tozalovchi, muloyimlashtiradigan , tomchilab yuboriladigan va oziqli xuqnalar tafovut qilinadi.Hamshira xuqna o’tkazish texnikasini bilishi va o’zi vrach ko’rsatmasi bo’yicha bu muolajani bajara olishi kerak. Huqna uchun toza suv ishlatiladi, ta’sirini kuchaytirish uchun moychechak damlamasi, 2-3 qoshiq glitserin yoki vazelin moyi qo’shiladi.Bemor kushetka chetiga chap yonboshi bilan yotib , oyoqlarini qorniga taqab oladi. To’g’ri ichakka kiritish uchun ebonite nakonechniklar ishlatiladi. Suvni yuborib bo’lgandan keyin nakonechnik chiqarib olinadi. Ishlatiladigan suv miqdori xuqnalarning turiga qarab aniqlanadi. Hamshira dori vositalarining ta’siri va nojo’ya ta’sirini, ularni qo’llanilish usullarini,ta’sir vaqti, bir martalik va maksimal dozalarini bilishi kerak.Bemorga dori vositalarini to’g’ri va vaqtida qabul qilishni o’rgatishi lozim. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga o’z-o’zini parvarish qilish ko’nikmalarini o’rgatish hamshiraning vazifasidir. Bemorga parhez bo’yicha qo’llanmani o’rgatish katta ahamiyatga ega. Bemor ratsioni oqsilga , vitaminga boy , engil hazm bo’ladigan, bug’da va qaynatib pishirilgan ovqatlardan iborat bo’lishi kerak. Parhez kasallikning bosqichiga qarab belgilanadi.Bemor bir kunda 4-5 marta ovgatlanishi kerak. Bemorlarga har-hil stresslardan saqlanishini, stresslar kasallikni qo’zg’alishiga olib kelishini tushuntirish lozim.

Download 15,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish