Bemorning ismi. V.A
|
Hamshira: Ibodova G.
|
JARAYONNING BORISHI
Sana va soat
|
Sub'ektov, ob'ektiv kuzatish.
|
Ma'lumot tahlili
|
Parvarish
|
imzo
|
5.01
|
C) oshqozon og’riyatpi
|
|
|
|
11:00
|
C) qon bosimi 140/ 90 nafas 28 tili quruq oq karash bilan qoplangan, qorni yumshoq,
epigastral soxasida og’riq 3
|
Oshqozon sohasida og’riq bor lekin paypaslaganda qorni
yumshoqligi uchun yurak og’rigan bo’lsa kerak. Tinchlik kerak
|
Nafas olish oson bo’lishi uchun bemorga "fara" holati berildi. Ko’p kuzatish kerak.
|
Ibodova G.
|
14:00
|
C) Ozgina yaxshi bo’ldi
|
|
|
|
|
O) EKG normal oz-ozdan o’zi tanasini tuta oladi og’riq 2-chi daraja epigastral
sohada
|
Qabulxonada qilingan dori yaxshi foyda berdi o’zi yurish paytda ehtiyot bo’lish kerak.
|
Bemor
yurmoqchi bo’lsa, hamshirani chaqirish shart. Buni
oiladagilarga ham aitdim.
|
|
|
Nafas 20 marta min, ishtaha yo’q.
|
|
|
Ibodova G.
|
Gipertonik xuruj
Bemor shikoyatlari
Bosh og`rishi (ensa soxasi) ertalablari.
Bosh aylanishi.
Yurak urishi.
Yurak soxasida og`riq.
Barmoqlar shishishi.
Ko`z oldi qorong`lashi.
Quloq shang`illashishi.
Ko`ngil aynishi, qayt qilish.
|
Ko`zdan kechirganda
Tebranib yurish.
Yuz qizarishi.
Ba`zida hushdan ketish.
Titrash, qo`l qaltirashi.
Qo`zg`alish (adinamiya).
Diastolik va sistolik qon bosimining oshishi.
Pul’s bosimining qisqarishi.
Bradikardiya.
Talvasa tutishining mumkinligi.
|
Hamshira taktikasi
Bemorga ruhiy va jismoniy tinchlik yaratish.
Shifokor chaqirish.
Xonani shamollatish.
Bemorni gorizontal xolatda yotqizish.
Oyoq va qo`llarga isitgich qo`yish (qo`l barmoqlarini issiq vannaga solish mumkin).
Boldir soxasiga xantal qo`yish.
Peshona soxasiga sovuq kompress qo`yish.
Chaynash uchun 0, 325 g aspirin, til ostiga – 10 mg nifedipin (korinfar) berish.
Shifokor korsatmasiga ko`ra bemorga yuborish uchun 0,01%li-1ml klofelin eritmasi, 2,4 %li – 10 ml eufillin eritmasi, 40-80 ml furosemid (laziks), 5%li – 2 ml pentamin eritmasi, 50 mg labetolol, 25% li – 5 ml magniy sulfat eritmasi tayyorlanadi.
Shifokor ko`rsatmasi bo`yicha belgilangan dorilarni bemorga yuborish.
Qon bosimini va pul’sni nazorat qilib borish.
|
Muammoli masala
Bemor S.A. 45 yoshda erkak kishi. 2007 yil 15 yanvar kuni ertalab soat 8°° da tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaning qabul bo’limiga olib kelindi. Shikoyatlari: qattiq bosh og’rishi, yurak o’ynashi, yurak soxasida va to’sh orqasidagi og’riq, xansirash, o’lim vaximasini sezayotgani.
Ob'ektiv tekshirganda: bemor betoqat, rangi oqargan, arterial bosimi 260/140 mm sm ust ga teng.
Puls minutiga 120 marotaba, guruhli ekstrasistoliya aniqlanmoqda. EKG natijasida - T - tishcha chuqur manfiy xolatda, qorinchalar guruxli ekstrasistoliyasi. Nafas olish minutiga 20 marotaba. Bemor 5 yildan beri gipertoniya kasalligi bilan dispanser xisobida turadi. Gipotenziv preparatlardan enam ichib yuradi.
Shifoxonada faqat bir marta yotib davolangan. Buy uzunligi 170 sm, Vazni 95 kg.
Sanatoriya - kurortlarda davolanmagan. Yoshligida qizamiq, parotit kasalligini boshdan kechirgan.
Katta bir korxonada rahbar bo’lib ishlaydi. Oilali xotini 43 yoshda, 3 ta bolasi bor, 2 ta qiz 1 ta o’g’il, 1 ta qizi turmushga chiqqan. Alohida yashaydi. Oilada 4 talagasi birga yashaydi. Iqtisodiy jixatdan juda yaxshi ta'minlangan.
Ziyofatni juda yaxshi ko’radi. Bir kun avval mexmondorchilikda do’stlari bilan spirtli ichimlik ichgan, qo’y go’shgli ovqat yegan.
Bemor o’z kasalidan ya'ni tuzalib ketamanmi? deb va korxona ishidan juda havotirda, reja bo’yicha taftish o’tkazilishi yaqin kunlarga belgilangan edi.
Shifokor diagnozi: Gipertoniya kasalligi IIA stadiyasi. qorinchalararo ekstrasistoliyasi
Bemorga quyidagicha davo terapiyasi buyurilgan: Magniy sulfat,Furosemid,Klofelin, Dibazol, Eufillin , Obzidin
Bemorni tinchlantirish
Chalg’ituvchi vositalar (yoqa sohasiga gorchichniklar oyoqqa issiq vannalar) ni qo’yish.
1.Hamshira tashxisini qo’ying
Do'stlaringiz bilan baham: |