3.Afferent innervasiyani qo’zg’atuvchi vositalar.
Javob: 2.1. TA'SIRLOVCffl MODDALAR
Xantal qog'ozlari (gorchichniklar), mentol, novshadil spirti, kamfora
spirti, garmdorili plastir teri va shilliq pardalardagi sezuvchan nervlami
ta’sirlab, mahalliy hamda reflektor ta’sir ko'rsatadi. Ma’lumki, teri va
shilliq pardalarda retseptorlar ko'p, ularga og'riq, harorat, kimyoviy
omillar tanlab ta’sir ko'rsatadi. Retseptorlar o'tkazuvchi tizimlar orqali
nerv markazlari bilan bog'langan. Ushbu retseptorlar ta’sirlansa,
impulslar oqimi markaziy nerv sistemasiga ko'tariladi, unga javoban
reflektor jarayonlar quyida joylashgan a’zolarga, to'qimalarga, qon
tomirlariga yetib keladi. Reflektor ta’sir bo'lishi uchun modda
jarohatlangan a’zo bilan orqa miyaning bir xil segmentidan terming
trofik (sezuvchan) innervatsiya oladigan joyiga qo'yiladi. Masalan,
biron a’zoda yallig'lanish jarayoni bo'lsa, shu yerdan og'riq impulslari
orqa miya segmentiga, u yerdan markaziy nerv sistemasiga yetib boradi,
nerv markazlari da qo'zg'alish o'choqlari paydo bo'ladi. Agar terinng
kerakli joyiga xantal qo'yilsa, shu yerda yangi impulslar nerv
sistemasining boshqa markazlariga reflektor yo'llar orqali o'tib,
qo'shimcha qo'zg'aluvchan o'choq hosil qiladi, shu tufayli og'riq berib
turgan o'choqlar esa so'na boshlaydi, og'nqlar kamayib boradi.
Reflektor jarayonda somatik va vegetativ nervlar qatnashadi.
Vegetativ nervlar qo'zg'alishi tufayli jarohatlangan a’zolaming qon
bilan ta’minlanishi o'zgaradi, yallig'lanish jarayoni ham kamayib boradi.
Ta’sirlovchi moddalar mahalliy ta’sirga ega, ha’zilari terida gistamin,
bradikininlami ajratib, qon tomirlami kengaytiradi, teri qizaradi,
to'qimalaming oziqlanishi yaxshilanadi. Ba’zi moddalar (mentol)
qo'yilgan joyni sovitib, shu yerdagi qon tomirlami qisqartiradi.
Xantal qog'ozlari xantal urug'ining kukuni surtilgan qog'ozlardir.
Xantal glikozid sinegrin va ferment mirozindan iborat. Xantal qog'ozlari
iliq (40°) suvda ho'llanganda mirozin fermenti ta’sirida sinegrin
parchalanadi va ta’sirlaydigan xantal — efir moyi hosil bo'ladi. Xantal
qog'ozlari ta’sirlashi uchun ulami albatta iliq suvda ho'llab, keyin
kerakli joyga qo'yish kerak. Xantal qog'ozlari nafas a’zolari
kasalliklarida, stenokardiya (yurakda qattiq og'riq paydo bo'lganda),
mialgiya, nevralgiyada qo'llaniladi. Xantal qog'ozlari «chalg'itish»
xususiyatiga ega. Masalan, stenokardiyada xantal yurak atrofigaqo’yilgandan keyin reflektor yo‘l bilan yurak toj tomirlarini
kengaytiradi, miokardni qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi va og’riq
kamayadi, xantal yuqori nafas yo’llari yalligianishida qo‘yilganda ham
reflektor yo‘1 orqali shu joylarda qon bilan ta’minlanish oshib boradi.
Gipertoniya krizlarida xantal qog’ozlari oyoq tagiga qo’yilsa, bosh miya
Tomirlarida qon kamayib, qon bosimi ozroq bo’lsa ham pasayadi.
Ta’sirlovchi moddalar a’zolar to’qimalarida moddalar almashinuvini
Oshiradi.
Efir moylari, masalan, mentol teri shiliqlarida joylashgan «sovuq»
Retseptorlami qo’zg’atadi, modda qo’yilgan joy keskin soviydi, shu
Yerda joylashgan yuza qon tomirlari torayadi, reflektor yo’l orqali yurak
Va miya tomirlari kengayadi. Shuning uchun taikibida mentol bo’ladigan
Moddalar, masalan, validol stenokardiya kasalligida til ostiga qo’yiladi.
Mentolning suvli, spirtli eritmalari va malhamlari quloq, burun,
Og’iz, teri kasalliklarida qo’llanadi, bunda shish, yallig’lanish va og’riq
Kamayadi. Nevralgiya, mialgiya va artralgiyalarda mentolning spirtli
Eritmasi va moydagi suspenziyasi teriga surtiladi.
Novshadil spirti ham ko’p qo’llanadigan ta’sirlovchi modda
Hisoblanadi. Modda hidlanganda nafas yo’llaridagi retseptorlar
Qo’zg’aladi va impulslar reflektor yo’l bilan markaziy nerv sistemasiga
O’tib, uzunchoq miyadagi nafas markazini qo’zg’atadi, nafas olish
Tezlashadi, chuqurlashadi. Novshadil spirti bemor hushdan ketganda,
Alkogol va boshqa markaziy nerv sistemasini tormozlovchi moddalar
Bilan zaharlanganda hidlatiladi hamda og’izga tomchilab yuboriladi.
Yuqori konsentratsiyada uzoq vaqtgacha qo’llanganda nafasni to’xtatib
Qo’yishi mumkin. Novshadil spirti mikroorganizmlarga qarshi xususiyati
Bo’lgani tufayli xirurgiyada antiseptik modda sifatida ham qo’llaniladi.
Achchiq, surgi, safro haydovchi, balg’am ko’chiruvchi moddalar
Ham ta’sirlovchi xususiyatga ega.
4.Rux(Zincum) pastasiga resept yozing.
5.Tetrasiklin(Tetracyclinum) ko’z malhamiga resept yozing.
6.”Papazol” 10 tabletkaga resept yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |