2-§. Gulli o'simliklar bilan umumiy tanishish 6-sinf botanika darsligi asosida



Download 3,3 Mb.
Sana19.05.2022
Hajmi3,3 Mb.
#604521
Bog'liq
6-sinf 2-mavzu

2-§. GULLI O'SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH

6-sinf botanika darsligi asosida.

Xamidov Abubakir

  • Yer yuzida gulli o'simliklarning 250 mingdan ortiq turi ma'lum. Bu o'simliklar o'ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.
  • Gulli o'simliklarning hammasi ham o'z hayoti davomida gullab meva tugadi. Ular ildiz, poya, barg, gul, mevadan tashkil topgan bo'ladi.
  • Har bir o'simlik tunning o'zi­ga xos ajoyib xossalari bor. O'simliklarning xilma-xilligini aks ettiruvchi misollar juda ko'p. Bularga Seyshel orolidagi o'n yil-lar mobaynida pishib yetiladigan, og'irligi 25 kg ga yetadigan sey­shel palmasi yong'oqlari, tana-sida 200 litrgacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko'radigan ajdar daraxtlari, Sumatra oro­lidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo'ladi.
  • Bunday ajoyibotlar o'lkamizdagi o'simliklar orasida ham ko'plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh be-rib, qum uyumlarida o'sadigan, barglari arang ko'rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo'lib, guli suv yuza-sida ochiladigan nilufar, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko'rki bo'lgan qizil lola, ko'zagul, sallagul, chinnigul va jumagul (xolmon)lar, noyob meva-li o'simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko'p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na'matak, suvqalampir va boshqalar o'simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir.
  • Gulli o'simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoit-ning o'zgarishi bilan bog'liq. Ular million yillar mobaynida o'zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o'zgarishi bilan o'simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo'lgan va bu belgilar vaqt o'tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus sharoitlarga moslashgan yangi o'simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo'lgan. Yangi sharoitga moslasha olmagan o'simliklar yo'qolib ketgan.
  • O'simliklar tashqi muhit sharoitiga moslashib, asta-sekin murakkablashib borib, ularda ikki xil organlar paydo bo'lgan.
  • Vegetativ organlar - lotincha «vegetatio» so'zidan olingan bo'lib, o'sish, rivojlanish degan ma'noni bildiradi. O'simliklarning ildizi, poyasi vegetativ organlardir.
  • Generativ organlar - lotincha «generate» so'zidan olingan bo'lib, yaratmoq, tuzmoq degan ma'noni bildiradi. Generativ organlarga gul, meva va urug' kiradi.

Savol va topshiriqlar

  • Barcha gulli o'simliklar uchun xos bo'lgan belgilar nima-lardan iborat?
  • Gulli o'simliklarning qanday organlari bor?
  • Gulli o'simliklar nima uchun xilma-xil bo'ladi?
  • Bu o'simliklar qanday sharoitlarda o'sishga moslashgan?
  • Birorta gulli o'simlikning umumiy tuzilishi bilan tanishib chiqing. Uni boshqasi bilan solishtirib ko'ring. Farqini ayting.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish