2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok


-§. Mitinglar, y i g ‘ilishlar va namoyishlarda ishtirok



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana09.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#540053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC

3-§. Mitinglar, y i g ‘ilishlar va namoyishlarda ishtirok
etish huquqi
Har qanday m am lakatning (jamiyatning) taraqqiyoti ham, ta- 
nazzuli ham fuqarolar faoliyatiga bog'liq. Mamlakatda bo‘layotgan 
siyosiy voqealarda, iqtisodiy jarayonlarda, xalqaro masalalarda 
fuqarolar kuzatuvchi sifatida emas, shu jarayonlarning ishtirok- 
chisi sifatida o'z 
0
‘rnini topsa, jamiyat rivojlanadi va bu rivojlanish 
fuqarolar taqdiriga ijobiy ta ’sir qiladi. Demak, fuqarolarning siyosiy 
faollik asosida jamiyat hayotida ishtirok etishi zaruratdir.
Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga konstitutsiya va qonun­
lar asosida beriladigan va kafolatlangan siyosiy huquqlar orqali 
ta’minlanadi.
Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga berilgan ayrim huquqlar 
orqali amalga oshiriladi.
Jahon mamlakatlari tajribasida fuqarolarning jamiyat va davlat 
taraqqiyotiga ta ’siri turli shakllarda amalga oshiriladi. Fuqarolar 
voqea-hodisalarga ta’sir etuvchi vositalarga erishish uchun uzoq 
vaqt kurash olib borishgan, natijada ularga miting, namoyish
yig'ilish o'tkazish huquqi berilgan.
O'zbekiston Konstitutsiyasida ham demokratiyaning ajralmas 
xususiyatlaridan bo'lgan va fuqarolar faoliyatini taminlovchi mi- 
ting, namoyish, yig'ilish o'tkazish huquqi mustahkamlab qoyilgan. 
33-moddada: “Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini О zbekiston Res­
publikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig ilishlar va namo- 
yishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat 
organlari faqat xafvsizlik nuqtayi nazaridangina bunday tadbirlar
1
Qarang: 
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtmsh 
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: O'zbekiston. 2010. 
46-bet.
163
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga eg a”, - deb belgi­
langan.
Shu moddaning mazmuniga e’tibor bersak, birinchidan, mi­
ting, yig'ilish, namoyish fuqarolarning ijtimoiy faolligini namo­
yon qilish usullari hisoblanadi. Ikkinchidan, mitinglar, yig'ilishlar, 
namoyishlar faqat qonunga asosan o'tkaziladi.
Miting, yig'ilish, namoyishlar o'tkazish natijasida boshqa 
kishilarning, fuqarolarning manfaati, huquqi buzilmasligi kerak. 
Masalan, shunday tadbirlar o'tkazilishi natijasida transport haraka- 
ti to'xtab qolsa yoki fuqarolar o'zlari uchun zarur mashg'ulotlar 
bilan shug'ullanish imkoniyatidan m ahrum bo'lsa, buni boshqa 
fuqarolarning manfaatiga zarar keltiruvchi harakat deb qarash 
mumkin.
Miting, yig'ilish, namoyishlar vaqtida qonun doirasidan chiqib 
ketish natijasida turli-tuman zararli holatlar, ya’ni mol-mulklarning 
nobud bo'lishi, fuqarolarga jismoniy zarar yetkazish hollari uchrab 
turadi. Yoki ko'pchilik to'plangan vaqtda ularni tartibli ushlab tu ­
rish imkoniyati bo'lmay qolishi natijasida chegaradan chiqib ketish 
oqibatida xavfsizlikka ziyon yetkazilishi mumkin.
Bu holatni keyingi vaqtda arab mamlakatlarida bo'layotgan 
voqealar ham tasdiqlaydi.
Shuning uchun Konstitutsiyaning o'zida hokimiyat organlari 
xavfsizlik nuqtayi nazaridangina miting, yig'ilish, namoyishlar 
o'tkazishni to'xtatib qo'yishi, taqiqlashi mumkinligi belgilangan.
Miting, yig'ilish, namoyish o'tkazish tashkilotchilari bu tad­
birlar nima uchun, qaerda, qachon o'tkazilishi haqida hokimiyat 
organlariga xabar berishi va tadbir o'tkazishga ularning roziligini 
olishi qonun doirasida belgilangan.
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 217-moddasi- 
da “Yig'ilishlar, mitinglar, ko'cha yurishlari yoki namoyishlar 
o'tkazish tartibini buzish” uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Miting, yig'ilish va namoyishlarning xavfsizlikka va fuqarolar 
manfaatiga 
zarar 
yetkazmasligi 
nuqtayi 
nazaridan, 
ularni 
о tkazishga ruxsat berish yoki to'xtatish, taqiqlash tartibi boshqa 
mamlakatlarning qonunlarida ham uchraydi.
164
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish