2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok


-§. Jamoat birlashmalariga birlashish va om m aviy



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana09.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#540053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC

4-§. Jamoat birlashmalariga birlashish va om m aviy
harakatlarda ishtirok etish huquqi
Fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida turli vositalar orqali ishti­
rok etadi. Shu lard an biri fuqarolarning turli jamoat birlashmalari, 
harakatlarini tashkil qilish, ularga a ’zo bo'lib kirish huquqlaridir.
K onstitutsiyaning 34-moddasi birinchi qismida fuqarolar kasa- 
ba uyushm alariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlash­
malariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga 
egaligi m u s ta h k am lan g an .
Tashkilot, korxona, m uassasalarda fuqarolar o'zlarining iqti- 
sodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash- 
ni yo'lga qo'yish maqsadida kasaba uyushmalariga birlashadi.
Fuqarolar o'z siyosiy qarashlari, manfaatlaridagi umumiylik 
asosida siyosiy partiyalarga birlashadi va uiarning faoliyati orqali 
mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etadi.
O'zbekiston demokratik huquqiy davlat qurishni shunchaki 
vazifa qilib qo'ym asdan, demokratik davlatga xos barcha xususi- 
yatlarning bo'lishi choralarini ko'rdi. Jumladan, yakka partiya 
hukmronligiga barham berildi va ko'p partiyali tizim shakllantiril- 
di. Hozirgi kunda mam lakatim izda O'zbekiston Xalq demokratik 
partiyasi, “A dolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” 
demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — 
O'zbekiston Liberal dem okragik partiyasi faoliyat ko'rsatmoqda.
Ko'ppartiyaviylik tizimi fuqarolarning siyosiy partiyalarga 
a’zo bo'lish huquqini ta ’minlabgina qolmasdan, har bir fuqaro- 
ga o'z q arashlarig a mos ravishda siyosiy partiyaga a z o bo lish 
imkoniyatini beradi. Bu fikrlar xilma-xilligi, fikrlash erkinligi 
goyalarini am alda t a ’minlaydi.
Siyosiy partiyalarning prezidentlikka, vakillik organlariga 
nomzod ko'rsatish huquqiga egaligi, vakillik organlarida partiya 
fraksiyalarini tuzish mumkinligi fuqarolarga siyosiy partiyalar 
orqali jamiyat va davlat ishlarida real ishtirok etish imkoniyatini 
beradi. Bundan tashqari, fuqarolar jinslari, yoshlari, о zlarining 
kasbi, qobiliyatiga qarab ham jamoat birlashmalariga uyushishi 
mumkin. Bular “Xotin-qizlar qo'mitasi”, “Yozuvchilar”, “Basta-
165
www.ziyouz.com kutubxonasi


korlar”, "Jurnalistlar” uyushmalaridir. Jam o at birlashmalaridan 
tashqari, fuqarolar m a’lum maqsad va vazifalarni am alg a oshirish 
uchun ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega.
Yoshlar, talabalar “Kamolot” harakati faoliyatida ishtirok etish 
bilan o'quv m uassasasi hayotida ishtirok etadi. 0 ‘zlarining qobili- 
yatlarini turli sohalarda namoyon qilish, m u am m olarni hal qilish 
imkoniyatiga ega bo'ladi.
Konstitutsiyaning 34-moddasi ikkinchi qismida bayon qilingan 
“Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy hara-katlar- 
da, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil 
etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr- 
qimmatini hech kim kamsitishi mumkin em as”, degan qoida esa, 
siyosiy huquqlarga barcha fuqarolar bir xilda egaligini bildiradi va 
huquqlar amalga oshishining kafolati bo'lib xizmat qiladi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish