O‘ranashuv deb detallar ulanishining xarakteriga aytiladi. Agar teshik o‘lchami val o‘lchamidan katta bo‘lsa unda tirqish hosil bo‘ladi. Tirqish yig‘ilgan detallarning nisbatan xarakatini ta’minlaydi. Agar val o‘lchami teshik o‘lchamidae katta bo‘lsa unda tortilish paydo bo‘ladi.
O‘rnashuvlar uchta guruhga bo‘linadi: tirqishli, tortilishli, va o‘tma o‘rnashuvlar, ularda ham tirqish, ham tortilish paydo bo‘ladi.
Ulanish xarakterini sxema sifatida, dopuskni grafik tasvir, ya’ni to‘g‘ri-to‘rtburchak sifatida ko‘rsatiladi. Nol chizig‘i nominal o‘lchovga to‘g‘ri keladi, undan pastki va ustki o‘lcham og‘ishi qo‘yiladi.
Do‘pusklarning gradatsiyasi aniqlikning darajalari va sinflari o‘sishi bilan ifodalanadi. Aniqlik darajasi sonlar bilan baxolanadi.
Har xil tirqish va tortilishli o‘rnashishlarni 500 millimetr o‘lchamli Umumiy tizimda xosil qilish uchun val va tirqishlarning og‘ishining 27 ta turi mavjud. Asosiy og‘ish – bu ikkita og‘ishdan biri (pastki yoki ustki), do‘pusk maydoning nul chizig‘iniga nisbatan joylashishini aniqlash uchun ishlatilinadi. Teshiklarning asosiy og‘ishlari katta harflar bilan, valniki kichkina bilan ifodalanadi. Asosiy teshik N harfi bilan val esa h bilan. Og‘ishlar tirqishli o‘tqazmalarning do‘pusk maydonini ko‘rsatish uchun kiritilgan, og‘ishlar – o‘tishli o‘tqazmalarda; og‘ishlar – cho‘zilishli o‘tqazmalarda. Har bir xarf qator asosiy og‘ishlarni ko‘rsatadi.
O‘tqazmalar teshik va valning do‘pusk maydonlarining mos tushishi bilan o‘rnatiladi. Detall va jixozning unifikatsiyasi uchun quyidagi o‘tqazmalar paydo bo‘lish usuli maqul bo‘ladi: bir detal (teshik yoki val) har xil o‘tqazmalarda muayyan do‘pusk maydoninng joylashishiga ega bo‘lsa, kerakli xarakter boshqa o‘lanishning detalining (teshik yoki val) do‘pusk maydoning joylashishi podborkasi bilan ta’minlanib tursa.
O‘tqazmalardagi muayyan do‘pusk maydoniga ega bo‘lgan detallar o‘tqazmalar tizimining asosi bo‘lib hizmat qiladi va “asosiy teshik” yoki “asosiy val” deyiladi. Do‘pusklar tizimida “asosiy teshik” deb shunday teshikka aytiladikiuning pastki og‘ishi nolga teng, “asosiy val” deb esa ustki og‘ishi nolga teng bo‘lgan valga aytiladi.
Teshik va val tizimida o‘tqazmalar asosiy detal turi bo‘yicha farqlanadi. Teshiktizimidagi o‘tqazmalar - har xil val va asosiy teshiklarni ulashdan xosil bo‘ladigan har xil tirqish va tortishmalari bo‘lgan o‘tqazmalardir. Val tizimidagi o‘tqazmalar - har xil teshik va asosiy valni ulashdan xosil bo‘ladigan har xil tirqish va tortishmalari bo‘lgan o‘tqazmalardir.
Do‘pusk maydoni deb oxirgi o‘lchamlar bilan chegaralangan o‘lchamlar qiymatlarining intervaliga aytiladi. Do‘pusk maydoni asosiy og‘ishlardan biri va kvalitetlardan bittasini do‘puskining qo‘shilishidan paydo bo‘ladi.
Amaliy qism
Student valikni olib uni o‘lchashi va uning berilgan o‘tqazmaga to‘g‘ri kelish yoki to‘g‘ri kelmasligini belgilamog‘i kerak. Valikni berayotganda o‘qituvchi tizim va o‘tqazmaning nominal o‘lchami (diametr) d ni ko‘rsatadi.
Valikning diametri uchun berilgan kvalitet va do‘pusk va o‘tqazmalar jadvallari (STSEV 145-75) yordamida ustki es va pastki ei larning oxirgi og‘ishini aniqlash kerak.
Valikning boshlang‘ich o‘lchamini mikrometr bilan o‘lchang. Diametrning aniqroq o‘lchamlari optimetr va o‘lchov jixozlari yordamida o‘lchanadi. Buning natijasida nominal o‘lchamning xaqiqiy og‘ishi aniqlanadi. Og‘ishdan valikning xaqiqiy o‘lchami topiladi. Xaqiqiy diametrni oxirgisi bilan solishtirilib valikning yaroqligi xaqida xulosa chiqariladi.
Valik bilan ish tutayotgan paytida STSEV jadvalida ko‘rsatilgan og‘ishlarni to‘liq chiziq bilan, xaqiqiy og‘ishlarni esa shtrixlangan chiziqda ko‘rsatib do‘pusk maydonlari ko‘rsatilgan sxemanichizish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |