1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


Темур тузуклари тарихий манба сифатида



Download 1,79 Mb.
bet36/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124
Bog'liq
тарих янги

54. Темур тузуклари тарихий манба сифатида.
XIV ас1404 yil qishida Temur 200 minglik qo’shin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo Temur qattiq betobligi sababli chegara shahari O’trorda to’xtaydi va shu yerda 1405 yilning 18 fevralida vafot yetadi. Natijada Xitoyni tobe yetish rejasi amalga oshmay qoladi. Amir Temur hayotining so’nggi yillarida o’zining yesdaliklari va tuzuklarini yozib qoldirdi “Temur tuzuklari” da davlat tuzilishining asosiy bo’g’inlari, ularning vazifa, funksiyalari, vazirlarning faoliyatlari, turli hil ijtimoiy guruhlar, tabaqalarga munosabat, qo’shin tuzilishi davlatning moliya va soliq siyosati, mulkiy munosabatlar hamda shu singari dolzarb masalalar, ularni hal yetish yo’llari aniq ifodalangan. Amir Temur davlatni mustahkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o’rniga keng ye’tibor berdi. U bu haqda quyidagilarni yozdi: «Davlat ishlarini saltanat qonun - qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim». Amir Temur turk-mo’g’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida in’om qilish yo’li bilan boshqargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarni to’rt ulusga bo’lib, farzandlariga in’om yetdi. Bu masalaning ye’tiborli tomoni shundaki, bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka yega bo’lsalar-da, lekin amalda markaziy hokimiyatga bo’ysunganlar. Uluslar o’rtasida turli nizolar va kelishmovchiliklar bo’lmasligi uchun ularning faoliyatini shaxsan o’zi nazorat qilib turgan. Temur davlat mafkurasining kuchli hokimiyat va tayanch yekanligini tushunib yetganligi bois davlat, saltanat ishlarini yuzaga keltirishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga alohida ye’tibor bergan. Amir Temur vazir to’rtta sifatga yega bo’lishi lozim deb hisoblagan: asillik, toza nasllik; aql-farosatlilik; sipohi raiyat ahlidan xabardorlilik; sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
«Tuzuki Temuriy» (Temur tuzuklari), «Malfizoti Temuriy» (Temuriyning aytganlari) va «Voqeoti Temuriy» (Temurning boshidan kechirganlari) nomlari bilan atalmish bu asarlar e'tiborga molik tarixiy manbaalar jumlasidandir. Bu asarlarning nusxalari, qo'lyozmalari ham, toshbosmalari ham ko'p tarqalgan, «Temur tuzuklari»-podsholarning turish-turmush va ahlok-odob normalarini belgilovchi risoladir. Asar ikki qismdan iborat: birinchi qismda jahon tarixida mashhur Fotih sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotigacha (1405 yil 18 fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati aniqroq qilib aytganda, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo'lga kiritishi, feodal tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi, qo'shni yurt va mamlakatlarni, jumladan: Eron va Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, Oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya Sultoni Boyazid Yil­dirim (1389-1402)ga qarshi va nihoyat, Buyuk Jahongirning Ozarbay­jon, Gruziya, Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qismi Jahongirning nomidan aytilgan va uning toji taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. U davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalari­ning vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarini saylash, sipo­hiy­larni maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo'shin boshliqlarini burch vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdor­larning toju-taxt oldida ko'rsatgan xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. Asarning muallifi ma'lum emas. Butun voqea bir shaxs-Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Aslida shundaymi, yoki Amir Temur aytib turib kotib yozib olganmi, yo bo'lmasa uning aytganlarini kimdir jam qilib kitob tuzganmi, bu haqida qat'iy fikr aytish qiyin. Sharq mamlakatlarida mashhur bu asar chindan ham Amir Temur tarafidan yozilganligi va uning tarjimai holi ekanligi e'tirof qilandi. Chunonchi Somiyning «Qomus ul-A'lam» asari­da Amir Temurning «Tuzukot»-unvonli qonunlar majmuasini qalam­ga olib unda o'zining tarjimai holi ekanligi e'tirof qilinadi. «Tuzuklar»ni Amir Temur o'zi yozgan va u muhim avtobiografik asar deb aytganlar.
55. Шайбонийлар сулоласи даврида Мавороуннаҳр.
Ko'chmanchi o'zbeklar davlatining asoschisi Abulxayrixonning nevarasi Muhammad Shohbaxt Shayboniy edi. U 1451 yilda tug'ilgan bo'lib, g'oyat katta jismoniy kuchga, harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi.
Ammo mahalliy oqsuyaklarning ko'pchiligi Boburni qo'llab quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo'lgan jangda engiladi va Samarqandni ko'chmanchi o'zbeklarga topshiradi. Ko'chmanchi o'zbeklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Hisor(1504), Urganch (1505), Hirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg'oniston hududlarigacha cho'zilgan erlarda markazlashgan Shayboniyxon davlatiga asos soldilar.
XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan Temuriylar saltanatiga Dashti qipchoq tomondagi o'zbeklar hukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Hisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuning­dek, Marv, Mashhad va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg'ona va Sirdaryo yerlari ham Muhammad Shayboniyxonga qaram bo'lib qoldi. Shunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi hukmronligi qaror topdi. Shayboniy­xon janubda Eron shohi Ismoilshoh bilan to'qnashdi. 1510 yilda Marv yaqinida bo'lgan jangda Shayboniyxon qo'shinlari yengildi, xonning o'zi ham xalok bo'ldi. Taxtga Ko'chkunchixon (1510-1530) chiqdi. Biroq shayboniy zodagonlar, harbiy qo'mondonlar jipslashib, Ismoilshohga qarshi kurashish o'rniga Shayboniyxon birlashtirgan viloyatlar va yerlarni taqsimlashga kirishdilar, ular o'rtasida o'zaro kelishmovchilik, ziddiyatlar avj oldi. Bundan foydalangan Ismoilshoh tez orada Xuroson va Xorazm o'lkalarini, Shimoliy Afg'onistonni bosib oldi. Poytaxti Samarqand bo'lgan Movarounnahrda esa Shayboniylar hukmronligi saqlanib qoldi.
Movarounnahrda 100 yilgacha davom etgan Shayboniy­lar davrida ham tinchlik bo'lmadi, qirg'inbarot urushlar, o'zaro ichki kurashlar davom etdi. 1512 yildan boshlab Bu­xoro viloyati noibi bo'lib kelgan Ubaydulla sulton 1533 yilda Shayboniylar sulolasining oliy hukmdori etib ko'tarildi. Ubaydulla sulton Samarqanddagi Ko'chkinchixon avlodlari qarshiligi sababli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqarardi. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) davrida Buxoroning mavqei ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchaydi va Movarounnahrning siyosiy-ma'muriy markaziga aylantirildi. Abdullaxon II davrida (1557-1561 yillarda amakisi Pirmuhammad, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy hukmdor deb e'lon qilingan bo'lsada amalda hukmdor Abdullaxon II edi) 1557 yildan bosh­lab poytaxt rasman Buxoro bo'lib qoladi va bu sana tarixga Buxoro xonligi tashkil topgan yil bo'lib kirdi.
Shayboniylar sulolasi (1500-1601y.y.)
Muhammad Shayboniyxon 1500-1510y.y.
Ko'chkinchixon 1510-1531y.y.
Abu Saidxon 1531-1533y.y.
Ubaydullaxon 1533-1539y.y.
Abdullaxon I 1539-1540y.y.
Abdulazizxon (Buxoroda) 1540-1550y.y.
Abdulatif (Samarqandda) 1540-1550y.y.
Navro'z Ahmadxon (Baroqxon)-1551-1556y.y.
Pirmuhammadxon I-1557-1561y.y.
Iskandarxon-1561-1583y.y.
Abdullaxon II-1583-1598y.y.
Abdulmo'minxon-1598-1599y.y.
Pirmuhammadxon II-1599-1601y.y.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish