1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


IX-XII асрларда ўзбек давлатчилиги: сиёсий- ижтимоий ва иқтисодий ҳаёт



Download 1,79 Mb.
bet19/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
Bog'liq
тарих янги

28. IX-XII асрларда ўзбек давлатчилиги: сиёсий- ижтимоий ва иқтисодий ҳаёт.
Movarunnahr va Xurosonda arab bosqinchilariga qarshi tinmay davom ztayotgan xalq harakatlari xalifalikning qudratiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uning siyosiy, ma'naviy va iqtisodiy poydevorini ma'lum darajada zaiflashtiradi. Bu jarayonlar mahalliy feodallarga xalifalikni idora etishi uchun sharoit yaratadi. Ma'lumki xalifalar bu qo'zg'olonlarni bostirishda bir necha bor mahalliy zodagonlardan yordam so'raganlar. Ko'rsatilgan yordam zvaziga ularni viloyat va o'lkalarga noib qilib tayinlaganlar. Tez orada mahalliy zodagonlar faqatgina Movarounnahr va Xurosonda emas, balki xalifalik markazida ham yuqori lavozimlarni egallashga muvaffaq bo'ldilar.
Tohiriylar.
Davlatni idora etishda yuqori pog'onaga erishgan mahalliy zodagonlar sulolasining biri barmakiylar bo'lgan. Xalifa Xorun ar-Rashid o'limidan keyin taxt uchun bo'lgan kurashlarda yana bir mahalliy zodagonlar sulolasi tarix sahifasiga kirib keldi. Bu Tohiriylar sulolasidir. Sulola asoschisi Tohir ibn Husayn Xurosonning eng yirik er egalaridan bo'lib, u Xorun ar-Rashidning o'g'li Ma'munni taxtga o'tirishiga yordam bergan. Ma'mun (813-833 y.) xalifa bo'lib olgach, Tohir ibn Husayn tez orada xalifalikning eng nufo’zli kishilaridan biriga aylandi. U bir necha vaqt xalifa qo'shinining bosh sarkardasi lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni Xuroson noibi etib tayinladi. U Xuroson noibligining poytaxtini Nishopur shahrini tanladi. Xurosonga qaytgach, u o'ziga qarashli noiblikni mustaqil davlatga aylantirish rejalarini to’za boshladi. Bir yil o'tmasdanoq, Tohir ibn Husayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni man qildi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari amalga oshmadi. U to'satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, uning o'limida xalifalik odamlarining qo'li bo'lgan.
Uning o'limidan keyin xalifa Ma'mun Xuroson noibi qilib uning o'g'li Talxni(822-828 y.) tayinlaydi. Tohirning ikkinchi o'g'li Abdullo noiblik qilgan yillarda (830-844 y.) Xuroson xalifaga vassal hisoblansada, aslida mustaqil davlatga aylandi. Xalifa Mutasim (833-842 y.), bir necha bor Abdulloni bo'ysundirishga harakat qilgan. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Tohiriylar kuchli hokimiyat to’zishga, qishloq xo'jaligini tashkil etishga harakat qildilar. Mahalliy amaldorlarni o'z lavozimlarini suiste'mol qilmasliklarini nazorat qildilar. Albatta bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan olinadigan soliqni xazinaga tushishini nazarda tutgan edilar. Soliqlar miqdori juda katta bo'lgan.
Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, islom ruhoniylarini o'z ishlarini amalga oshirishda tayanch deb bildilar.
Abdulla vafotidan keyin Tohiriylar davlati asta-sekin inqirozga yo’z to’tdi va ko'p o'tmay ularning hokimyati tugatildi. Tohiriylar sulolasining so'nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862 - 873 y.) Yoqub ibn Lays bilan bo'lgan jangda mag'lub bo'ldi.
Safforiylar.
IX asrning 2-yarmida O'rta Osiyo va Eron chegarasida xalq harakatlari kuchayib ketdi. Bu xalq harakatlarining hunarmand misgar aka - uka Yoqub va Amr ibn Layslar (safforiylar) o'z niyatlarini amalga oshirishda foydalanadilar. Avval ular qaroqchilik qiladilar, 861 yilda ular Seyistonning poytaxti Zaranj shahrini Tohiriylardan tortib oladi. Yoqub 10 yil davomida Tohiriylarga qarashli erlarni hammasini bosib oldi. 873 yilda Yoqub Muhammad ibn Tohir qo'shinini tor-mor qildi va Tohiriylar poytaxti Nishopurni egalladi.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish