1variant O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishi modellari


G’aznachilikda moliyaviy majburiyatlarni shakllanishi va xarajatlar to’lovi



Download 54,52 Kb.
bet20/27
Sana21.07.2022
Hajmi54,52 Kb.
#833887
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
2 5312148214642646073

17.G’aznachilikda moliyaviy majburiyatlarni shakllanishi va xarajatlar to’lovi
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar etkazib berilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar ko’rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Byudjet Kodeksida belgilab qo’yilishicha, “moliyaviy majburiyatlar – byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag’lari oluvchilarda ularga pul mablag’larini o’tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar”131 hisoblanadi. Moliyaviy majburiyatlarni G’aznachilikda ro’yxatga olishdan ko’zlangan asosiy maqsad - qabul qilingan yuridik majburiyatlar, tasdiqlangan byudjet va xarajatlar smetasi ko’rsatkichlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda byudjet tashkilotlarining kreditor qarzliklarini nazorat qilish. Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, tovarlar etkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjat bo’lgan schet-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari, ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo’lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. G’aznachilik bo’linmalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning buyurtmalari bo’yicha to’lovlarni ularda byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud bo’lgan taqdirda, shuningdek byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar xarajatlarni to’lash uchun to’lov hujjatlarini g’aznachilik bo’linmalariga to’lov amalga oshiriladigan sanadan kamida bir ish kuni oldin taqdim etadi. G’aznachilik bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatiladigan byudjet tashkilotlari (byudjet mablag’lari oluvchilar) o’rtasidagi, byudjet tizimi byudjetlarining turli darajalari o’rtasidagi, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari o’rtasidagi to’lovlar g’azna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning chet el valyutasidagi to’lovlari hamda pul o’tkazmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga oshiriladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi tomonidan shaxsiy g’azna hisobvarag’iga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari hisobidan o’tgan moliya yilida hosil bo’lgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qo’shimcha davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli byudjet daromadlariga o’tkaziladi

Download 54,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish