16.G’aznachilikda yuridik majburiyatlar Byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish natijasiga g’aznachilik idoralari va byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari hamkorligida Davlat byudjeti pul mablag’larini uning daromadlari va xarajatlari mutanosibligini ta’minlagan holda rejalashtirish va boshqarish usulisiz erishib bo’lmaydi118 . Davlat byudjeti g’azna ijrosining joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi tizimidagi hududiy va mahalliy moliya organlari bilan bir qatorda, g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi. (Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.) Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar majburiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Joriy nazorat shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan mablag’larning ajratilishida, bevosita to’lovlarning amalga oshirilishida olib boriladi. Byudjet mablag’larini oluvchilari o’z zimmaciga muayyan yuridik majburiyatlarni olishi, byudjetdan olingan mablag’larning maqcadga muvofiq va tug’ri ishlatilishini nazorat qilish tartiblarini belgilovchi muayyan yuridik normalar o’rnatilgan. Majburiyat - bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, so’zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va’da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo’lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni molmulkni berish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish, pul to’lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarni amalga oshirilishini anglatadi. Yuridik majburiyat byudjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda G’aznachilikda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlarni tegishli G’aznachilik organlarida majburiy ravishda ro’yxatga olishdan ko’zlangan asosiy maqsad - byudjet nazoratining 409 samaradorligini yanada oshirish, shartnomalarda nazarda tutilgan xarajatlarning tasdiqlangan rejadan (xarajatlar smetasi ko’rsatkichlaridan) ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik. Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi ular xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, ajratilgan byudjet mablag’lari bilan, kapital qo’yilmalar xarajatlari bo’yicha esa – har bir ob’ekt bo’yicha o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan kapital qo’yilmalar bilan chegaralanadi. Yuridik majburiyatlar iqtisodiy tasnif kodlari bo’yicha byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan qabul qilinadi hamda g’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi