7. Davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimini joriy etishning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslar Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh etish strategiyasi O’zbekiston Respublikasida DMB tizimini nazorat qilishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu strategiyadan kutilayotgan oraliq maqsad – DMB tizimida muhim jarayonlarni modernizatsiyalash bo’lib, bugungi kunda islohotlar strategiyasining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat (1-rasm): 1-zamonaviy markazlashgan g'aznachilik tizimini shakllantirish; 2- Yagona byudjet hisobi tizimini shakllantirish va yuritish; 3-O’rta muddatli byudjet strategiyasi va byudjetlashtirilishiga o’tib boorish; 4- Byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish; 5-Barqaror byudjet daromadliligini t’minlash maqsadida oqilona soliq siyosatini yuritish
Ushbu strategik vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida O’zbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi (26.08.2004) Qonunining qabul qilinishi byudjet ijrosining g’aznachilik tizimiga o’tilishiga asos soldi. 2005 yil may oyida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyot boshqarmasi”, keyinchalik (2007 yilda) uning negizida Moliya vazirligi G’aznachiligi tashkil etildi. 2007 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-721-son Qarori (01.11.2007) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi. Umuman olganda, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlarini amalga oshirish maqsadlariga hukumatimiz tomonidan ajratilgan mablag’lardan tashqari, Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit mablag’lari, Yaponiya hukumati tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilishi ko’zda tutilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri – byudjet tizimining to’liq shaffofligini ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larini ularning oluvchilariga etkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo’l qo’ymaslik, byudjet mablag’laridan maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, byudjetlararo munosabatlar samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi byudjetlarning hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlari hisobraqamlarini G’aznachilikka o’tkazishdan iborat.
G’aznachilik byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ro’yxatga oladi, mol etkazib beruvchilar tomonidan ularga mahsulotlar etkazib berilganidan va xizmatlar ko’rsatilgandan so’ng, byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomidan va ularning topshirig’iga asosan G’aznachilik vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim qilingan hujjatlar bo’yicha to’lovni amalga oshiradi. G’aznachilikning rivojlanishi byudjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlashtiradi, yangi sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag’larini yagona davlat xazinasida jamlashga qaratiladi.