8. Byudjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari ijrosini g’aznachilik orqali amalga oshirish Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha g’azna ijrosini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1275- sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010 yildan boshlab vazirlik va idoralarning, byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larini davlat byudjetining g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish amalga oshirilmoqda. Bunda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha bank hisobvaraqlari yopilib, G’aznachilikda tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochildi. Byudjet tashkilotlarining davlat byudjetining g’azna ijrosi bilan qamrab olingan byudjetdan tashqari mablag’lari quyidagilardan iborat: Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari; Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi; o’tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi; maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun otaonalardan tushumlar; maktabdan tashqari muassasalarda (musiqa va san’at maktablari) bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar; xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisobkitoblardan tushadigan tushumlar; maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun otaonalardan tushumlar; ta’lim muassasalarida o’qishdan tushadigan mablag’lar; vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan byudjetdan tashqari jamg’armalari; umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to’lovidan tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar; kapital qo’yilma mablag’lari bo’yicha depozitlar; turg’un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to’lovlar; taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar; boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi; boshqa mablag’lar bo’yicha depozitlar; byudjet tashkilotlarining boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 22 dekadrda 2850-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi Qoidalari”i asosida byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larning kassa xarajatlari kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar doirasida amalga oshiriladi va byudjet mablag’lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi. Yuqorida tarkibi keltirilgan byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar g’azna ijrosini G’aznachilikda tashkil qilishning o’ziga xos jahatlarini batafsil ko’rib chiqamiz. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobi tegishli moliya organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining Mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifiga (Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnomaning 1-ilovasiga) muvofiq ochiladigan 4001 - mablag’ manbali shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida yuritiladi. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining shakllanish manbalari hamda ishlatish yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 414-sonli qaroriga muvofiq belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 15 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2634 -“Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq, byudjet tashkilotlari Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromad va xarajatlar smetalarini tuzadilar. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan yuridik majburiyatlarni qabul qilish cheklanmaydi, moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish esa ilgari qabul qilingan yuridik majburiyatlar summalari doirasida amalga oshiriladi. Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan xarajatlar qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlar hamda tegishli shaxsiy g’azna hisobvarag’idagi mablag’lar qoldiqlari doirasida amalga oshiriladi. Byudjet tashkiloti tomonidan faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish amaldagi tegishli normative-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, pulli asosda tovarlar(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish asosan byudjet tashkilotining shtatdagi xodimlari tomonidan ish jadvali va hajmlari, mehnatga haq to’lash shakllari va hajmlari va boshqa zarur shartlarni ko’rsatgan holda mehnat shartnomasiga qo’shimcha ko’rinishda tegishli rasmiylashtirish bilan amalga oshiriladi, shuningdek muddatli mehnat shartnomalari asosida qo’shimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirish “Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi Qoidalari”149ga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar bilan o’rnatilgan tartibda tuzilgan shartnomalari, g’aznachilik bo’linmasining mas’ul xodimi tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asl nusxalari va ko’chirma nusxasining barcha varaqlariga “Shartnoma bo’yicha to’lovlar shaxsiy g’azna hisobvarag’idagi qoldiq doirasida amalga oshiriladi” degan izoh bilan unga biriktirilgan “Hisobga olindi” shtampini qo’yish, imzolash va “G’aznachilik” dasturiy majmuasiga kiritish va hisobga olingan raqam va sanasi ko’rsatilib, ularni g’aznachilik bo’linmasining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlash orqali hisobga olinadi. Etkazib berilgan tovar(ish, xizmat)lar uchun to’lovlar mahsulot etkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisobvaraq-faktura) asosida, ro’yxatga olingan yuridik majburiyatlar va mazkur shaxsiy g’azna hisobvarag’idagi mavjud qoldiqlar doirasida amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni (unga qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan) to’g’ri rasmiylashtirish, shartnoma bilan birga G’aznachilik bo’linmasiga taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligi va ulardagi ma’lumotlarning to’g’riligi bo’yicha javobgarlik byudjetdan mablag’ oluvchilar (ya’ni byudjet tashkilotlari) zimmasiga yuklatiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari hisobi tegishli moliya organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining Mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifiga (Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnomaning 1-ilovasiga) muvofiq ochiladigan 4002–mablag’ manbali shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida yuritiladi. Bunda, byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga pensiya to’lovlarini to’lash uchun mablag’lar byudjet tashkilotlari uchun ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan uning hududiy bo’linmalari orqali moliyalashtiriladi