1,Ta’lim tizimi va turlari



Download 0,99 Mb.
bet58/204
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#247915
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   204
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA

Tarbiya nazariyasi –pedagogikaning bir qismi bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, mohiyati, qoidalari, usuli va tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya ta‘lim berish bilan mustahkam aloqada bo’lgani holda o’ziga xos qonuniyatlarga ega. Ta‘lim-tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir. Lekin ular bir-biriga aynan o’xshash emas. Bir butun pedagogik jarayonda ta‘lim doimo tarbiyaviy vazifalarni, tarbiya esa hayotni bilish, unga tayyorlanishdek mas‘uliyatli vazifani bajaradi. Ta‘limning asosiy vazifasi o’quvchilarni bilimlar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiyada o’quvchining jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos keladigan e‘tiqodini, axloqiy malaka va ko’nikmalarini tarkib toptirish muhimdir.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.

Pedagogik adabiyotlarda "T." atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda T. inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda T. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi T. tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.

Tor maʼnoda T. shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi T. ichiga kirmaydi. Lekin har qanday T. taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

T. har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining T.si bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.

T. jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura T.ga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda T. faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning T.si bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi T.ning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli T.da ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.

Shoʻrolar ped.sida T. orkali xar kanday odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish mumkin degan karash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining T.ga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida T. maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol T.ning samarasizligiga olib keldi. Chunki T.ning asosiy obʼyekta boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib takaladi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, T. va unga bogʻliqjarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. T.ning milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston ped. fani va amaliyotida oila T.sining ham, ijtimoiy T.ning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, T.da irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida T.ning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol T.ga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
61. Tarbiya jarayoning o‘ziga xos xususiyatlari

Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Tarbiya jarayoni murakkab jarayon bo’lib, u uzoq davom etadi hamda uning natijasini ko’rish qiyinroq kechadi. Bolalarni tarbiyalash ular tug’ilgan vaqtidan boshlanadi va muntazam ravishda ta‘lim berish bilan birga olib boriladi. Bolaning o’sishi va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya tarbiyalanuvchining ruhiyatiga tarbiyachiga ma‘qul bo’lgan sifatlarni singdirish uchun, maqsadga muvofiq tarzda va muntazam ravishda ta‘sir etishdir. Shuning uchun tarbiya avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topib boradi.

Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta‘sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikdagi munosabtlari va o’zaro ta‘sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste‘dodi bilan ajralib turuvchi, ishbilarmon, har tomonlama rivojlangan komil insonni tarbiyalash zamon taqozosidir.

Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o’zlashtiradi: bu o’zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilimni o’zlashtira olmaydilar. Bolalaning yoshi ulg’aygan sari bu faollik tobora ko’proq mustaqil xususiyatlarga ega bo’lib boradi; tarbiyalanuvchilar o’zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o’z-o’zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga ko’nika boradilar.

Tarbiyaga barcha davrlarning ilg’or kishilari yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniy kabilar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bilganlar.
62. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari

Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barqaror aloqalar.

Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:


  • ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi;

  • tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi;

  • faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli azilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;

  • Axloqqa doir bilimlar jamoada odamlar xulqini tartibga soluvchi axloqiy tushunchalar, tamoyillar, talablar qoidalardan iborat. Har bir kishining o’ziga xos, ma‘lum qonun-qoidalari bo’lganidek, bola tarbiyasining ham o’ziga xos muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta‘minlaydi.

  • Tarbiya qoidasi-pedagog ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi va tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga amal qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi.

  • Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo’yiladigan talablar shu qoidalarda o’z ifodasini topadi.

  • Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog’liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o’quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta‘sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar.

63. Tarbiya metodlari haqida tushuncha


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish