1Rasmiy uslubda qanday matnlar tuziladi?
A E'lonlar, she'rlar, romanlar.
B Qarorlar, idora hujjatlari,.dostonlar
S Hujjatlar, ish yuritish qog'ozlari
D E'lonlar, qarorlar, qonunlar,
2.Publitsistik uslubga xos xususiyat?
A Ilmiylik, soddalik
B Tantanavorlik, jo`shqinlik
S Mantiqiylik, izchillik
D A va B javob to'g'ri
3.So'zlashuv uslubining asosiy belgilari qaysi javobda berilgan?
A Oddiylik, tantanavorlik
B Betakalluflik, ilmiylik
S Oddiylik, betakalluflik, hayajonlilik
D Badiiylik, jozibadorlik
4 Ilmiy uslubga xos xususiyat?
A So'z va atamalarni ko'proq qo'llash
B Ko'chma ma'noli so'zlarni qo'llash
S Eskirgan so'zlarni qo'llash
D Neologizmlarni qo'llash
5 Badiiy uslubga xos xususiyat qaysi javobda berilgan?
A Tasviriy vositalarni qo'llamaslik
B Badiiylik, atamalarni qo'llash
S Soddalik, tantanavorlik
D Obrazlilik, estetik ta'sir etish vazifasi
6 Quyidagi matnning uslubini aniqlang. Oqsil juda murakkab yuqori molekulali birikmadir. Suv molekulasi uch atom vodoroddan iborat.
A Ilmiy uslub
B Badiiy uslub
S Publitsistik uslub
D So'zlashuv uslubi
7Quyidagi matndan eskirgan so'zlarni aniqlang.
Shoirning boshida uchli ko'k taqyaga silliq o'ralgan ko'rkamgina salla. Egnida odmi shohi to'n, ustida yalang qo'ng'ir movut chakman.
A Ko'k taqya, salla, chakman
B Odmi, yalang
S Qo'ng'ir, movut
D Ko'k taqya
8 Quyidagi matn qaysi uslubga mansub?
Men dunyoga kelgan kundanoq
Vatanim deb seni uyg'ondim
Odam baxti birgina senda
Bo'luriga mukammal qondim.
A So'zlashuv uslubi
B Rasmiy uslub
S Badiiy uslub
D Publitsistik uslub
9Matnning uslubini aniqlang.Suv molekulasi uch atomdan: bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan iborat. Oqsil molekulasi bo'lsa, yuz minglab atomlardan tashkil topgandir.
A Ilmiy
B Badiiy
S So'zlashuv
D Publitsistik
10Qaysi qatorda orfografik jihatdan xato yozilgan so'zlar mavjud?
A Dastarra, dastmol, inshoat, ishyoqmas, landovur
B Dollor, ish bay, kinojurnal, oinaijahon, dastgoh
S Jigar rang, kongress, ahil, avtomat, izhor
D Yangiyo'l, taassurot, serharakat, grammatika, manba
11Qaysi qatorda talaffuzi va yozilishi farq qiladigan so'zlar berilgan?
A Do'stona, pashsha, taraqqiyot, ballada, shaxta
B Doira, zabardast, akkordeon, taassurot, apparat
S Aksiya, bayonnoma, ballon, signal, zaif
D Uchta, shanba, tugun, telefon, g'alaba
12Nutq uslublari qaysi javobda to'g'ri berilgan?
A So'zlashuv, metonimiya, ilmiy uslub, troplar
B So'zlashuv, aloqa, xabar va rasmiy uslub
S So'zlashuv, ilmiy, rasmiy, publitsistik, adabiy-badiiy uslub
13Kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarini o'ziga xos amal qiluvchi qanday uslub sanaladi?
A Rasmiy
B ilmiy
S publitsistik
D so'zlashuv
14Qonun matnlari, farmonlar, buyruqlar, ariza... kabi hujjatlar qaysi uslubda yoziladi?
A Badiiy uslubda
B so'zlashuv uslubda
S ilmiy uslubda
D rasmiy uslub
15Mustaqil so'z turkumlari nechta
A 9ta
B 6ta
S 5ta
D 3ta
16Fe'l so'z turkumiga oid so'zlarni belgilang.
A gazeta, choy
B to'lmoq, kulmoq
S yuvdi, suzdi, chopdi
D daryo, soy, hayot
17“ Davlat tili haqida “gi qonunning nechanchi moddasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat tili -o`zbek tilidir “deb yozilgan ?
A 1-moddasida
B 2-moddasida
S 3-moddasida
D 4-moddasida
18Kirill yozuvidagi “O`bek tilining asosiy imlo qoidalari “ qachon tasdiqlangan?
A 1940- yil 8 -may
B 1956- yil 4- aprel
S 1993- yil 2- sentabr
D 1994- yil 24- avgust.
19Lotin yozuvidagi “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari” qachon tasdiqlangan?
A 1940- yil 8 -may
B 1956- yil 4- aprel
S 1993 -yil 2- sentabr
D 1995- yil 24- avgust
20“Lоtin yozuvigа аsоslаngаn o‘zbеk аlifbоsini jоriy etish to‘g‘risidа”gi qоnun qаchоn qаbul qilingаn?
Do'stlaringiz bilan baham: |