19.O‘tqazishlarni qaysi turlari bor,ular nima bilan xarakterlanadi? Dopusklar va o‘tkazishlar
tizimlari deb tajriba,nazariy va eksperimental izlanishlar asosida konuniyatli tuzilgan va standartlar shaklida rasmiylashtirilgan dopusklar va o‘tkazishlar qatorlarining majmuasiga aytiladi.Tizim mashina detallarining tipaviy birikmalari uchun dopusklar va o‘tkazishlarni minimal, lekin amal uchun yetarli variantlarini tanlash uchun mo‘ljallangan.Bunday tizim kesish asbobolari
va kalibrlarni standartlash, maxsulot
va uni kismlarini loyixalashni,ishlab chiqarishni osonlashtirishga
imkoniyat beradi, o‘zaroalmashinishga erishish uchun yo‘l ochib maxsulot sifatiniham oshiradi. O‘zbekistonda va ilgari Iqtisodiy hamkorlik kengashiga kirgan barcha davlatlarda dopusklar va o‘tkazishlar yagona tizimidan (yeSDP SEV) va asosiy o‘zaroalmashinish normalaridan foydalanilmoqda. yeSDP SEV detallarning birikuvchi va birikmaga
kirmaydigan silindrik, yassi va boshqa elementlariga tegishli.yeSDP SEV da teshik sistemasi va val sistemasi bo‘yicha o‘tkazishlar nazarda tutilgan. Teshik sistemasidagi o‘tkazishlarda tirqish va tarangliklarni turli qiymatlariga asosiy teshikni (N) turli dopuskli vallar bilan biriktirish hisobiga erishadilar. Val sistemasidagi o‘tkazishlarda tirqish va tarangliklarni turli qiymatlariga asosiy valni (h) turli dopuskli teshiklar bilan biriktirish hisobiga erishadilar. Asosiy teshik bilan asosiy val dopusk maydonlari detal tanasi tomonga joylashadi. O‘tkazish
sistemasi konstruktorlik,texnologik va iqtisodiy afzalliklarga ko‘ra tanlanadi. Aniq teshiklar kimmatbaxo o‘lchamli kesish asboblari yordamida ishlanadi.(zenker,razvertka,sidirgich va x.). Bu asboblarni xar biri muayyan dopuskli bir o‘lchamga ishlov berishi mumkin.Vallar esa,o‘lchamidan qat’iy nazar,bitta keskich yoki jilvirlash doirasi bilan ishlanishi mumkin.Teshik sistemasida turli chekli o‘lchamlarga ega teshiklar soni val sistemasiga nisbatan kam bo‘ladi,demak bu teshiklarni ishlash uchun zarur kesish asboblari soniham kam bo‘ladi.Shu sababli teshik sistemasi kengrok tarqalgan va afzal debhisoblanadi. Ammo ba'zi hollarda konstruksion sabablarga ko‘ra val sistemasini qo‘llash zaruriyati paydo bo‘ladi,masalan bir valga bir nominal diametrli turli o‘tkazishlar bilan biriktiriladigan ketma ket joylashgan teshiklar kiygizilganda.Tortki, o‘qlar, vallar kabi detallar yuqori aniqlikdagi sovuk kiryalangan chiviqlardan mexanikaviy ishlovsiz tayyorlangandaham val sistemasidan foydalangan afzal.
20.Teshik sistemasidagi o‘tqazishlarda tirqish va tarangliklarni turli qiymatlari qanday hosil qilinadi?