17.Standart toifasi deganda nimani tushunasiz? Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste'molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir. Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste'molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan hujjatdir. Davlatlararo standart "GOST" - bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir. Milliy standart - bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste'molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir. Korxona standarti - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir. Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin. Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar) ham mavjuddir. Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me'yoriy hujjat tushuniladi. Texnikaviy shartlar (O’ZTSH) - bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me'yoriy hujjatdir. Yo‘riqnoma (qoidalar) - instruksiya (pravila) - bu ishlarni yoki ularning ayrim bosqichlarini mazmuni va tarkibini belgilovchi me'yoriy hujjatdir 18.Respublikamizda amal qiluvchi standart toifalarini sanab bering. Ўзбекистон Давлат стандарлаштириш тизими (Ўз ДСТ) Стандарт поғоналари Давлатлараро стандартлар Узлуксиз таълимнинг Ўзбекистон Давлат стандартлари Ўзбекистон Давлат стандартлари Тармоқ стандартлари Раҳбарий ҳужжатлар, тавсияномалар Маъмурий-ҳудудий стандартлар Корхоналар стандартлари Тасдиқланиш даражаси Евроосиё Давлатлараро кенгаш (ЕОВК) “Ўзстандарт” Агентлиги, Ҳокимиятлар, Иқтисод тармоқлари, “Ўзстандарт” Агентлиги, Иқтисод тармоқлари “Ўзстандарт” Агентлиги, Ўздав-архитектқурқўм, Таб. муҳ. қил. дав. қўмитаси, Соғлиқни сақлаш вазирлиги Вазирлар маҳкамаси Ҳокимиятлар Корхона ва ташкилотлар Стандарт турлари Асосий стандартлар Ташкилий-услубий стандартлар Умумтехникавий Маҳсулот (хизмат) стандартлари Жараёнлар стандартлари Назорат усуллари (синов ва ўлчашлар, анализ қилиш) стандартлари. “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. — Davlatlararo standart – GOST — O‘zbekiston davlat standarti – O’z DSt — Umumdavlat klassifikatori – O’z DT — Normalar va qoidalar -*) — O‘zbekiston rahbariy hujjati – O’z RH — Tavsiyalar – O’z T Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan me'yoriy hujjatlar Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. — Tarmoq standarti – TSt — Tarmoq klassifikatori – TT — Norma va qoidalar –*) — Rahbariy hujjat – RH — Tavsiyanomalar – T Ma'muriy-hududiy me'yoriy hujjatlar Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. — Ma'muriy-hududiy standart – MHSt Korxona bo‘yicha me'yoriy hujjatlar Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. — Texnik shartlar – TSh — Korxona standarti – KSt
Do'stlaringiz bilan baham: |