1Mavzu: Reanimatsiya va intensiv terapiya haqida tushuncha. Terminal holatlar. Elementar ópka – yurak reanimatsiyası



Download 119,99 Kb.
bet30/53
Sana15.06.2022
Hajmi119,99 Kb.
#673969
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
Bog'liq
Xirurgiya lekciya

Og‘riqni qoldirish.

Narkotiklar: morfin (l% – 1–2 ml), promedol 2% – 1–2 ml, omnopon 1–2%–1 ml, og‘riqni qoldiruvchi «kokteil» – promedol + 50% – 2 ml analgin, 1% – 1 ml dimedrol, 1% – 0,5 atropin.


Neyroleptoanalgeziya: fentanil (narkotik analgetik) + droperi-dol (neyroleptik) – 2 ml, 3 ml. Fentanil 0,005% – 1–2 ml, droperi-dol 0,25% – 2–4 ml. Talamanal.
–– antikoagulyantlar: geparin, fibrinolizin, dikumarin;

–– nitratlar va nitritlar: nitrong, erinit, nitrosorbit, natriy nitrit;


–– fibrinolitik preparatlar: fibrinolizin, streptokinaza, strepto­ dekaza;


–– oksigenoterapiya, yurak glikozidlari, elektr stimulatsiya. Miokard infarktining har xil asoratlari ularning turiga ko‘ra


davolanadi.




Profilaktikasi.

Miokard infarkti paydo bo‘lishining etiologik sabablarining oldini olish (ateroskleroz, gipertoniya). Miokard infarkti rivojlani­ shiga sabab bo‘ladigan omillarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash. Dispanser kuzatuvi, infarkt oldi holatlariga o‘z vaqtida davo qilish.




Bemorlarda hamshiralik parvarishi

Miokard infarktiga shubha qilinganda bemorni zudlik bilan kasalxonaga olib borish zarur. Bemor zambilda, kiyimida, qabulxonada yechintirmasdan olib ketiladi. Zambildan bemor palatadagi karavotga olib yotqiziladi. Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarga davo qilishda rejim katta ahamiyatga egadir.


Bunday bemorlar uzoq vaqtgacha o‘rinda qimirlamay yotishi jismoniy hamda ruhiy jihatdan tamomila xotirjam bo‘lishi kerak.


Bemorni yuvintirish, badanini artish, tuvak tutish ishlari juda ehtiyotkorlik bilan bajariladi.


Tibbiyot hamshirasi miokard infarkti bilan og‘rigan bemor­ larga parvarish qilish qoidalarini yaxshi bilishi kerak. Avvalo bemorga jismoniy tinchlik yaratish zarur.


Bir yon boshdan ikkinchi yon boshga o‘girilishga ruxsat berilmaydi.


Yurakda og‘riq paydo bo‘lganida til tagiga validol yoki nitroglitserin beriladi. Nitroglitserin bir chaqmoq qandga tomizilib tez so‘rish uchun bemorga beriladi.


Birinchi kunlari bemorni yarim suyuq ovqat bilan qoshiqda kam-kamdan ovqatlantirib turiladi. Keyingi kunlarda ovqatning umumiy kalloriyali hajmi cheklanadi. Suyuqlik sutkasiga 600 milli miqdorda ichishga ruxsat etiladi. Bug‘da pishirilgan kotletlar, ezilgan tvorog, olma, lavlagi, sabzi, qora olxo‘ridan tayyorlangan pyure berib turiladi. Bu ichak peristaltikasini kuchaytiradi va uning bo‘shalib turishiga yordam beradi.

Metiorizmga sabab bo‘ladigan taomlarni bermaslik kerak. Chunki qorinning dam bo‘lib turishi yurak ishini qiyinlash-tirib qo‘yadi va og‘riqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorga har safar kam-kamdan ovqat berib turish lozim.


Bemorga bir yon boshdan ikkinchi yon boshga o‘girilib yotishga ruxsat etilgandan keyingina ovqat miqdori ko‘paytiriladi. Bunda: qaynatilgan go‘sht, baliq, ho‘l meva va sabzavotlar beriladi. Bemorning ichi qotib qabziyat bo‘lganida tozalash huqnasi o‘tkaziladi. Yotoq yaralarining oldini olish uchun rezina chambarlar qo‘yiladi. Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorning choyshablarini ehtiyot bo‘lib almashtirish kerak. Bunda choyshab bemorning oyoqlaridan beliga tomon hamda boshidan beli tomon bint ko‘rinishida o‘rab kelinadi, so‘ngra bemorning beli sekin ko‘tarilib, kir choyshab chiqarib olinadi va tozasi yana xuddi shu taxlitda solib beriladi. Bemor terisi har kuni dezinfeksiyalanuvchi eritma bilan artib turiladi. Bemorni har qanday hayajon va bezovtalikdan ehtiyot qilish lozim. Yurak sohasida og‘riqlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga xabar berish lozim. Ichak faoliyatini kuzatish muhim ahamiyatga ega. Najas turib qolganda huqna qilish yoki bemorga surgi dori berish lozim. Bundan tashqari, bemor davolash mashqlarini qanchalik yaxshi va to‘g‘ri bajarayotganini (asta-sekin, oyoq-qo‘llarining passiv harakatlaridan faol harakatlar va nafas mashqlarigacha) kuzatish lozim. Bemorning faollik darajasini asta- sekin oshirishda, yurak qisqarishi chastotasi va arterial qon


bosimni nazorat qilishda, dorilarini o‘z vaqtida qabul qilishga yordam berishi lozim. Shuningdek, ovqatlanishni cheklash zarur, buning uchun gaz hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlarni ovqat ratsionidan olib tashlash lozim. Parvarish qilishda bemor uchun tinch holat, yaxshi kayfiyat va kelajakka bo‘lgan ishonch majburiy shartlardandir.



Download 119,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish