Kassadagi naqd ‘ullar xarakatini quyidagi boshlangich xujjatlar orkali amalga oshiriladi:
- naqd pulolish uchun chek daftari
- kassa kirim orderi
- kassa chiqim orderi
- kassa daftari
Kassadagi pul mablaglarining mavjudligi va xarakati to’gisidagi ma'lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
5g’1g’ "Milliy valyutadagi pul mablag’lari";
5g’2g’ "Chet el valyutasidagi pul mablag’lari". Kassa operatsiyalarini amalga oshirish va xujjatlashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqiladi va nazorat qilinadi.Korxonalarning o’ziga xos xususiyatini inobatga olib (transport, aloqa) "Korxona kassasi" va "Joriy kassa" schyotlari ochilishi mumkin.Bu schyotlar balansga nisbatan aktiv schyot bo’lib, debet tomonida tashqilot kassasiga kirim qilingan pul mablag’lari hisobga olinadi. Kredit tomonida kassadan berilgan pul mablag’lari va bankka to’shirilgan limitdan ortiqcha ullar hisobga olib boriladi.
Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5g’g’g’)ning bog’lanishi.
T/r
|
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning boјlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha foizlar naqd pulda olinganda (savdo korxonalarida)
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
483g’
|
2
|
Mahsulot, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
9g’1g’-9g’3g’
|
3
|
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdan tushumning naqd pulda olinishi
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
921g’-922g’
|
4
|
Bankdagi tegishli schyotlardan pul mablag’lari kassaga kelib tushdi (ish xaqi, nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun)
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
511g’-553g’
|
5
|
Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan bo’naklarning qaytarilishi
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
422g’-429g’
|
6
|
Aktsiyani nominal qiymatidan yuqori narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadi
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
841g’
|
8
|
Pul mablag’lari kassadan topshirildi va bankdagi hisob-kitob schetiga o’tkazildi
|
511g’-553g’
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
9
|
Aktsiyadorlardan ularga tegishli aktsiyalar qaytarib sotib olindi
|
861g’, 862g’
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
1g’
|
Qimmatli qoјozlarni sotib olishdagi xarajatlar to’landi (brokerlar, maslaіatchilar xizmati uchun to’lovlar)
|
969g’
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
11
|
Hisoblangan mehnat xaqi va boshqa to’lovlar berildi (mukofot va shu kabilar)
|
671g’
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
12
|
Hisobdor summalar berildi
|
422g’-429g’
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
13
|
Xodimlarga berilgan qarz summasi
|
472g’
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
14
|
Turli xil summalar berildi (bajarish varaqalari bo’yicha va boshqalar)
|
699g’
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
15
|
Korxonaning ajaratilgan bo’linmalari hisobiga naqd to’lanishi
|
411g’
|
5g’1g’, 5g’2g’
|
• Kassa bo‘yicha moddiy javobgar shaxs, ya’ni kassir, u bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida tuzilgan shartnoma;
•Tegishli xavfsizlik vositalari bilan ta’minlangan va jihozlangan kassa xonasi.Ushbu xonaning eshik va derezalariga temir panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, ichida temir seyflar, signalizatsiya va o‘t o‘chirish anjomlari bo‘lishi zarur;
•Kassa bo‘yicha hujjatlar tizimi, ya’ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari, ularni qayd etish jurnali va boshqalar.
Kassaga pul mablag‘lari turli manbalardan kelib tushadi, masalan bankdan, savdo shahobchalaridan, korxona xodimlaridan va boshqa manbalardan. Barcha hollarda pul mablag‘lari kassaga «Kirim kassa orderi» hujjati asosida qabul qilinadi. Ushbu barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan hujjat buxgalteriyada tuziladi, unga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqami beriladi. Kirim kassa orderi chap va o‘ng tomonlarga bo‘linadi. Uning chap tomoni kirim kassa orderi deb atalib, unda pul mablag‘larining kimdan, qachon, nima maqsadda va qancha miqdorda olinganligi ko‘rsatiladi. Hujjatning o‘ng tomoni kirim kassa orderiga kvitansiya deb ataladi va unda ham chap tomondagi yozuvlar bir xil mazmunda aks ettiriladi. Kirim kassa orderi bosh hisobchi va pulni qabul qilib olgan kassir tomonidan
imzolanadi. Hujjatning chap tomoni kassirda qoladi, o‘ng tomoni esa pulni
topshirgan shaxsga beriladi.
Kassadan pul mablag‘lari turli maqsadlarda chiqim qilinadi, masalan ish haqi, nafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi va boshqa maqsadlarda olingan pullar bankdagi korxonaning hisob-kitob schyotiga topshiriladi. Barcha hollarda pul mablag‘larining kassir bo‘ynidan soqit etilishi «Chiqim kassa orderi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat ham hamma korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega. Unda qachon, kimga, nima uchun , qancha miqdorda pul berilganligi, olgan shaxsning haqiqatda pulni qanday hujjat asosida olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxona rahbari, bosh hisobchi, kassir va pulni
olgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kassa muomalalarini yuritish uchun korxonada kassir shtati ajratiladi. U o‘zi qabul qilib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruq chiqqanidan so‘ng korxona rahbari uni kassa muo- malalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini hech kimning zimmasiga yuklay olmaydi
Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim. Kassaga pul topshirilayotgan paytda KO–1 shakldagi kirim kassa orderi rasmiylashtiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng darhol kassir ularga imzo chekadi, ilova qilingan hujjatlarga esa «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To‘langan» (chiqim hujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so‘zlar qo‘lda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko‘rsatiladi. Kassa orderiga hech qanday o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi. Har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |