NAZORAT SAVOLLAR: 1. Kassa muomalalarini rasmiylashtirishda ishlatiladigan dastlabki xujjatlarga qanday xujjatlar kiradi? 2. Maxsulotlar naqd ‘ulga sotilsa qanday yozuvlar amalga oshiriladi? 3. Asosiy vositalar naqd ‘ulga sotilsa qanday yozuvlar amalga oshiriladi? 4. Material qiymatliklar naqd ‘ulga sotilsa qanday yozuvlar amalga oshiriladi? 5. Bankdan ish haqi uchun olib kelingan naqd ‘ullar kassaga kirim qilinsa qanday yozuvlar amalga oshiriladi? 6. Kommunal xizmatlar, aloqa va xar xil xizmatlar uchun naqd pulkelib tushsa qanday yozuvlar amalga oshiriladi?
Reja 1. Bankkuchirmasi.Nakd vanakdpulsizxisob-kitoblarxisobi 2. Korporativplastikkartochkalar
Naqd pulsiz pul aylanmasi
Pul aylanmasining asosiy qismini naqd pulsiz aylanma, yahni korxona, tashkilotlar o’rtasidagi, ularning davlat byudjeti, kredit tashki-lotlari bilan naqd pulsiz bir xisob raqamidan ikkinchi xisob raqamiga mablag’ o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan aylanma tashkil qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muxim omillaridan biri pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar pul munosabat-larining xolati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli xisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi xisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, pensiya fondi, sug’urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo’ladigan pulli munosabatlar vujudga keladi.
Pullik munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususi-yatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz aylanishiga bo’linadi. CHakana savdo va axoliga pulli xizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pullar aylanishiga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, maishiy xizmatlar uchun to’lovlar, ishchi – xizmatchilarga ish xaqi va shunga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlarga badallar to’lash, uy-joy va boshqa maqsadlar uchun axoli tomonidan olingan kreditni naqd pul ko’rinishida qaytarish bilan bog’liq to’lovlarning to’lanishi kiradi.
Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 7g’-8g’ foizini naqd-siz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz xisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqdsiz pul xisob-kitoblarning keng ishlatilishiga ko’p tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o’rga-nish va uni tartibga solish nuqtai nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko’payishi va turli mulkchilik shakllari-ga tegishli bo’lgan xo’jalik yurituvchi subhektlar o’rtasidagi muno-sabatlarning kengayib borishi asos bo’ladi.
Naqd pulsiz xisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlar-ning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalari bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlat-masdan pul mablag’larini bir xisobvaraqdan ikkinchi xisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirish tushuniladi.
Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar mahlum tizim aso-sida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o’z ichiga xisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari xamda naqd pulsiz xisob-kitoblarni tashkil qilish oldiga qo’yilgan talablarni oladi.
193g’-32-yillarda o’tkazilgan kredit isloxoti davrida kiritil-gan va Sobiq Ittifoq davrida mavjud bo’lgan naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi iqtisodiyotni boshqarishning mahmuriy buyruq-bozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizi-mi birinchi navbatda ishlab chiqarish va sotish rejalarini bajarish nuqtai nazaridan maxsulot sotuvchi korxona qiziqishlariga xizmat qilar edi. Naqd pulsiz xisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyil-lari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun iqtisodiy qiziqishlari va javobgarligini chegaralangan qathiy qi-lib belgilangan edi.
Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan:
– bank naqd pulsiz-xisob kitoblarni tashkil qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
– to’lov vaqti qathiy belgilangan, yahni barcha to’lovlar tovarlar jo’natilgandan keyin yoki xizmat bajarilgandan so’ng o’tkaziladi. Avans to’lovlari tijorat kreditiga ruxsat etilmas edi;
– to’lovchining roziligi to’lov o’tkazilishining asosi sifatida tan olingan;
– qaysi soxada qaysi xollarda naqd pulsiz xisob-kitob shakllarini ishlatilishi, ularni tashkil qilish tamoyillari to’lovchining to’lovga va kreditga layoqatlilik qobiliyatini xisobga olmas edi.
Xozirgi kunda naqd pulsiz xisob-kitoblarning birinchi tamoyi-li mulkchilik shaklidan qathiy nazar, xo’jalik yurituvchi subhektlar o’z mablag’larini bankdagi xisobvaraqlarda saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o’tkazishlari lozimligini bildiradi. Bozor munosabatlari sharoitida xisob-kitoblarning bank orqali o’tkazilishi bozor ishtirokchilarining iqtisodiy mustaqilligi bi-lan qo’shib olib borilishi kerak.
Naqd pulsiz xisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamo-yili shundan iboratki, mijozlarning xisobvaraqlaridan pul mab-lag’larini ko’chirish, ularning topshirig’i yoki roziligiga asosan xisobvaraqdagi mablag’lar miqyosida bajariladi.