Nazorat savollari:
Shahar ko‘chalarida yer osti tarmoqlarini joylashuvi bo‘yicha qanday talablar mavjud.
Qanday yer osti muhandislik tarmoqlari mavjud.
Kabelq tarmoqlari ko‘chaning qaysi qismiga joylashtiriladi.
Kabellarni ta’mirlash va almashtirish ishlari qanday bajariladi.
3-Ma’ruza.
Mavzu: Shahar yo‘llari va ko‘chalarini qoplamalari va ularning o‘ziga xosligi
Reja:
1. Shahar yo‘llari yo‘l to‘shamalarni loyixalashda iqlim sharoitlarini ta’siri.
2. Grunt asoslaridagi suv-issiqlik tartibi xususiyatlari. Yo‘l poyiga qo‘yiladigan talablar.
3. Shahar yo‘llari yo‘l to‘shamalari konstruksiyalarining turlari.
4. Asfaltbeton qoplamalarini qurishning texnologik jarayonlari.
5. Sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalarini konstruksiyalari.
6. Sementbeton qoplamalarini qurish texnologik jarayonlari. Sifat nazorati.
7. Yig‘ma sementobeton qoplamalarini qurish.
8. Yo‘l to‘shama qoplamalarini qurishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar otryadini shakllantirish.
9. Trotuarlar va yo‘lovchi yo‘lkalari konstruksiyalari. Sifat nazorat.
Shahar ko‘chalari va yo‘llarining mustahkamligi va turg‘unligi, asosan undagi suv issiqlik rejimiga bog‘liq. Suv issiqlik holati deb, yo‘l poyini turli nuqtalarida temperatura va namlikni davriy o‘zgarishlariga aytiladi. Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘ratma yoki o‘ymadan o‘tishga atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi suniy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi.
Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, silliq va suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi. Quyosh ta’sirida gruntga shimilgan suvlar yuqoriga qarab harakatlanadi, bu esa o‘z navbatida yo‘l poyini ko‘tarilishiga, to‘shamani buzilishiga sabab bo‘ladi.
Iqlim va ob-havo tabiat faktorlarining asosiy qismi bo‘lib, yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga, avtomobillarning harakat rejimi va harakat xavfsizligiga hamda ularning ishlash qobiliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shahar ko‘chayo‘lari turli xil ta’sirlar va tabiiy omillar ostida ishlaydi. Bu ta’sir etuvchilar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi.
1. Yo‘l poyi va to‘shamasini mustahkamlik va xizmat muddatiga ta’siri;
2.Yo‘lning qoplama yuzasida bo‘ladigan o‘zgarishlari, g‘ildirak bilan qoplamani ilashish xususiyatlarini pasayishiga olib keladi.
To‘shama konstruksiyalariga ta’sir etuvchi asosiy namliklar:
-Atmosfera suvlari, qoplama yoriqlari, yo‘l yoqasiga singadigan, qatnov qismi va yo‘l yoqasi birlashadigan yerlarida;
-qoplama usti, kyuvetlarda turib qoladigan suvlar;
-yer osti suvlari, ayniqsa yer yuzasiga yaqin suvlar;
-bug‘ shaklidagi, issiq qatlamlardan sovuq qatlamlarga o‘tib yuruvchi suvlar.
Yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligi, asosan undagi suv issiqlik rejimiga bog‘liq. Suv issiqlik holati deb, yo‘l poyini turli nuqtalarida temperatura va namlikni davriy o‘zgarishlariga aytiladi.
Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘tarma yoki o‘ymadan o‘tishga atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi sun’iy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi.
Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi, yo‘l poyini va to‘shamasini namligini oshiradi.
Bo‘ylama qiyaligi bo‘lgan yo‘llarda oqimni ta’siri kuchayishi evaziga yo‘l to‘shamasining cheti va yo‘l yoqasining yuvilishi, ulardan suv oqib o‘tgan joylarda ko‘tarmani yuvilishi ro‘y beradi.
Yo‘l to‘shamasining kapilyar va kondensatsiyalangan suvlar bilan namlanishdan saqlash va yo‘l poyi turg‘unligini ta’minlash uchun unga bug‘ va suv o‘tkazmaydigan qatlam quriladi. Organik material bilan ishlangan yoki sintetik materiallar ko‘rinishidagi qatlamlar suvni kapilyarlar orqali ko‘tarilishiga va yo‘l poyini yuqori qatlamida hamda yo‘l to‘shamasida yig‘ilishiga qarshilik qiladi. Yo‘l to‘shamasini suv-isssiqlik tartibini yaxshilashga qaratilgan ishlar yo‘l to‘shamasini qurish davrida amalga oshiriladi. Masalan: drenaj, issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam va boshqalar.
Suv qochiruvchi inshootlar asosan quritish va yo‘l to‘shamasini suv-issiqlik tartibini yaxshilashga mo‘ljallangan, poyini qurib bo‘lgandan so‘ng yo‘l to‘shamasini qurilishida quriladi. Ularga drenaj va issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam, shuningdek qumli drenajli qatlamni quritish uchun drenajlar kiradi. Yo‘l poyini qurishda asosiy masala – yo‘lga oqib keluvchi suvni qabul qiluvchi inshootlar qatori ko‘rinishida yuza suv qochiruvchi sistemani yaratish va ularni yaqin suv havzalariga olib borish.
Yo‘l poyini mustahkamligi, ishlash sharoitiga qarab mos tuzilmasini tanlash, mustahkam bo‘lgan gruntlarni qo‘llash, uni namlanishdan yoki muzlashdan himoya qilish bilan ta’minlanadi. Uni mustahkamligi ko‘p hollarda texnologik ko‘rsatkichlarga, ulardan asosiysi gruntlarni kerakli zichlash darajasini ta’minlashga, bog‘liq bo‘ladi. Gruntlarning mustahkamligi, odatda, uni zichligi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha katta bo‘ladi (mos ravishda ma’lum namlikda).
Yo‘l poyining mustahkamligi boshqa omillarga hususan har xil gruntlarni joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Mustahkamligi ko‘proq gruntlarni uni yuqori qismiga joylashtirish kerak. Yo‘l poyida gruntlar fizik xolatiga qarab bir hil hajmiy og‘irlikda bo‘lishi kerak. Bu asosan gruntlarni zichligi va namligi bo‘yicha bir xilligi bilan belgilanadi. Yo‘l poyini birxilligini oshirish ularni ishonchliligini oshirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |