Kimyoviy reaksiya tezligi va muvozanat.
139. 2NO + O2 →2NO2
Reaksiyada gazlar aralashmasining hajmini ikki marta kamaytirsak, NO2 hosil bo’lish reaksiyasining tezligi qanday o’zgaradi?
140. Etilenning yonih reaksiyasi tezligi kislorod konsentratsiyasi 3 marta oshirilganda qanday o’zgaradi?
C2H2 + 3O2 → 2CO2 + 2H2O
141. Azod (II) - oksid bilan kislorodning o’zaro ta’siri reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
2NO + O2 ↔ 2NO2
Moddaning konsentratsiyasi quyidagicha bo’lganda muvozanat qaror topadi: [NO] = 0.02 mol/l, [NO2] = 0.3 mol/l, [NO2]= 0.06 mol/l.
Muvozanat konstantasi va kislorodning dastlabki konsentratsiyasini aniqlang.
142. H2 + J2 ↔ 2HJ. Reaksiyada moddalarning konsentratsiyasi quyidagicha bo’lganda muvozanat qaror topadi: [H2] = 0.04 mol/l, [J2] =0.025 mol/l, [HJ] = 0.08 mol/l muvozanat konstantasini hamda yod va vodorodning dastlabki konsentratsiyasini aniqlang.
143. Na2S2O3 + H2SO4 → Na2SO4 → Na2SO3 + S. Reaksiyaga kirishuvchi aralashma uch marta suyultirilsa, reaksiya tezligi qanday o’zgaradi?
144. Etilatsetat efirining sovunlanish reaksiyasi:
CH3COOC2H5 + NaOH → CH3COONa + C2H5OH
tenglamaga muvofiq boradi. Reaksiya boshlanishiga qadar dastlabki moddalar konsentratsiyasi quyidagicha:
[CH3COOC2H5] = 0.50 mol/l ; [NaOH] = 0.25 mol/l
Reaksiya boshlanganidan keyin efir konsentratsiyasi kamayib [CH3COOC2H2]= 0.30 mol/l ga teng bo’lib qolgan paytda reaksiyaning dastlabki tezligi necha marta kamayadi?
145. Temperatura koeffisenti 2 ga teng bo’lib, temperatura 400 dan 1700 gacha ko’tarilgan bo’lsa, reaksiya tezligi necha marta ortadi.
146. Temperatura 400 ga ko’tarilganda reaksiya tezligi 256 marta oshadi. Shundan foydalanib, temperatura koeffisentini hisoblab toping.
147. Bosim 100 marta kamaytirilganda: N2 + O2 →2NO reaksiyaning tezligi necha marta oshadi?
148. Yopiq idishda o’zgarmas temperaturada quyidagi reaksiya sodir bo’ladi: N2 + 3H2 → 2NH3
Agar azotning daslabki konsentratsiyasi 2 mol/l, vodorodniki esa 6 mol/l bo’lib, azotning daslabki miqdoridan 10 foizi reaksiyaga kirishgandan keyin muvozanat qaror topa boshlasa, bosim qanday o’zgaradi?
149. Kimyoviy muvozanatga bosimning, temperaturaning va konsentratsiyaning ta`sirini Le Shatel`e prinsipi asosida tushuntiring.
150. CaCo3ning parchalanish reaksiyasi CaC03 → CaO+CO2145,2 k J tenglama bilan ifodalanadi.
1) bosim oshirilganda, 2) temperatura oshirilganda muvozanat qaysi tomon siljiydi?
151. 2NO+O2 →2NO2 +145,2 kkal
CO2+ C → 2CO -38kkal
Temperatura pasaytirilsa, bu reaksiyalar qaysi tomonga siljiydi?
a) NO ning konsentratsiyasi ikki marta; b) O2ning konsentratsiyasi 3 marta oshirilsa reaksiya tezligi qanday o`zgaradi?
152. Quyidagi tenglamalar uchun to`g`ri va teskari reaksiyalar tezligining matematik ifodasini yozing.
2Al+ 3Cl2 → 2AlCl3
4NH+5O2→ 4NO+6H2O(bug`)
v) 2CO +O2→2CO2
g) 4Cr +3O2→ 2Cr2O3
153. Quyidagi tenglamalar uchun to`g`ri va teskari reaksiyalar tezligining matematik ifodasini yozing;
N2+O2→ 2NO
2NO+O2→2NO2
v) 2O2+O2→2O3
g) 2C+O2→2CO
154. Qaytar reaksiya CO2+H2→CO +H2O muvozanat holatiga kelganda moddalarning konsentratsiyalari quyidagicha bo`lgan (mol`/ l):
[CO2] =0,02; [H2] =0,005; [CO] =0,015; [H2O] =0,015
Muvozanat doimiysini toping.
155. H2+I2=2HI reaksiya uchun dastlab 1 mol`/l vodorod va 1 mol`/l yod olingan. Reaksiyaning muvozanat doimiysi 50 ga teng bo`sa, vodorod, yod va vodorod yodidning muvozanat qaror topgandan keyingi konsentratsiyalarini hisoblang .
156. 2NO +O2= 2NO2 reaksiya uchun olingan moddalarning dastlabki konsentratsiyalarini [NO] =0,08 mol`/l, [O2]=0,16 mol`/l, bo`gan. NO-ning konsentratsiyasi 0,03 mol`/l kamayganda NO, O2 va NO2 larning konsentratsiyalari qanday o`zgarishini va muvozanat doimiysi qiymatini hisoblang toping.
157. A+2B=C reaksiyaning tezligi [A]=0,5 mol`/l va [B]=0,6 mol`/l bo`lganda reaksiya tezligi 0,018 mol`/l sek ga teng. Reaksiyaning tezlik doimiysini hisoblang.
158. Temperatura koeffisenti 2,5 ga teng bo`lib, temperatura 500C dan 1200 gacha ko`tarilsa, reaksiya tezligi necha marta ortadi?
159. Temperatura har 100 ga oshirilganda reaksiya tezligi qanday o`zgaradi? Qoida asosida tushuntiring.
160. Ayrim reaksiyalar tezligining temperatura doimiysi 500 dan 1000 ga ko`tarilganda reaksiyaning tezligi necha marta ortadi?
161. Bosim ortganda quyidagi reaksiyalarda muvozanat qaysi tomonga siljishini aniqlang, har bir reaksiya uchun muvozanat doimiysi ifodasini yozing :
a) N2+CI2→2HCI; b) 2CO+O2→2CO2
162. Quyidagi reaksiyalarda: a) temperatura ko`tarilganda, b) temperatura pasaytirilganda muvozanat qaysi tomonga siljiydi? Har bir reaksiya uchun muvozanat doimiysi ifodasini yozing.
2CO+O2→2CO2 -∆H
N2+O2→2NO +∆H
v) H2→ H2+S +∆H
163. 10000 FeO+CO→Fe+CO2 sistemasining muvozanat doimiysi 0,5 ga teng. Dastlabki konsentratsiyalari [CO]= 0,05 mol`/l, [CO2]=0,01 mol`/l bo`lgan. CO va CO2 larning muvozanat qaror topgan paytidagi konsentratsiyalari aniqlang.
164. Reaksiya quyidagicha boradi: H2+I2→2HI. Tezlik doimiysi K 5090C da 0,16 ga teng. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning dastlabki konsentratsiyalari quyidagicha edi: [H2] = 0,04 mol`/l; [I2]= 0,05 mol`/l; Dastlabki reaksiya tezligini hisoblang.
165. 4000da gomogen sistemaning kimyoviy muvozanat doimiysi qiymati 0,1 ga teng. Muvozanatda turgan vodorod konsentratsiyasi 0,2 mol`/l va ammiakniki 0,08 mol`/ l. Ularning dastlabki konsentratsiyalarini toping.
166. Bosim ortishi bilan N2+ 3H2→2NH3 tenglamaga muvofiq keladigan qaytar reaksiyada kimyoviy muvozanat nima uchun ma`lum tomonga siljiydi-yu lekin N2+O2→2NO reaksiyada bosimning oshirilishi kimyoviy muvozanatga ta`sir qilmaydi? Sababini tushuntiring.
Eritmalar
167. 90 g suvda 6 g tuz eritilgan. Eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.
168. Ishqorning 0,25% li 1 l eritmasini neytrallash uchun 20 ml sul`fat kislota sarf bo`lgan. Bu eritmaning 1 litrida necha gramm H2SO4 kislota erigan?
169. 30 g modda 150 g erituvchida eritilgan. Eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblab toping.
170. 800 g 5 % li eritma tayyorlash uchun eruvchi moddadan necha gramm olish kerak?
171. 15% li eritmaning qancha miqdorida 50 kg erigan modda bo’ladi?
172. 200 g modda qancha miqdor suvda eritilganda, 15% li eritma hosil bo`ladi?
173. Zichligi 1,05 g/ sm3 (1,05.103 kg/ sm3) bo`lgan 400 ml 10,2%li eritmada necha gramm HCI bor?
174. 6% li (zichligi 1,03 g/sm3) H3PO4 kislota eritmasining molyarligi va normalligini hisoblab toping.
175. Sul`fat kislotaning 1 l 0,2 M eritmasini tayyorlash uchun zichligi 1,143 g/ml (1,143.103 kg/sm3) bo`lgan 20%li eritmasidan qancha miqdor kerak bo`ladi?
176. O`yuvchi natriyning zichligi 1,092 g/sm3 (1,092.103 kg/sm3) bo`lgan 8% li eritmasining molyarligi qanday?
177. Xlorid kislotaning 1 l 0,1 n eritmasini tayyorlash uchun uning zichligi 1,19 g/sm (1,19.103 kg/ sm3) bo`gan 37%li eritmasidan necha ml olish kerak?
178. HCl ning 0,1 n 28 ml eritmasi, 25 ml NaOH eritmasi bilan neytrallanadi. NaOH eritmasining normalligini aniqlang.
179. 15 ml 0,1 n kislota eritmasini neytrallash uchun o`yuvchi kaliy 12 ml KOH ning eritmasi sarflanadi. 5 l eritmada nesha gramm o`yuvchi kaliy bor?
180. Tarkibida 0,2 g o`yuvchi natriy bo`lgan eritmani neytrallash uchun 0,5 n kislota eritmasidan qancha hajm kerak bo`ladi?
181. 100 ml AgNO3 eritmasidagi kumushni cho`kmaga to`liq cho`ktirish uchun 0,2 n HCI eritmasidan 50 ml sarf bo`ladi. AgNO3 eritmasining normalligi va cho`kmaning massasini hisoblang.
182. 10,73% ( mas. 1,050 g/ml) 1 l eritma tayyorlash uchun 20,01 (sol.mas. 1,100 g/ml) HCI eritmasidan necha ml kerak bo`ladi?
183. 10% li (sol. Mas. 1,092) KOH ning 1 l eritmasiga 0,5 l 5% (sol. mas. 10045) KOH eritmasidan qo`shildi. Hosil qilingan eritmaning foiz va molyar konsentratsiyasini toping.
184. 45% li eritmadan 15% li eritma tayyorlash uchun unga qancha miqdor suv qo`shish kerak?
185. Solishtirma massasi 1,10 bo`lgan H2SO4 dan zichligi 1,60 do`lgan eritma tayyorlash uchun berilgan kislotaga zichligi 1,84 bo`lgan kislotadan qanday nisbatda aralashtirish kerak?
186. Moddaning 15% va 30% li eritmalaridan 20% li eritma tayyorlash uchun eritmalarni bir-biri bilan qanday massa nisbatida aralashtirish kerak?
187. 180 g 3% li eritmadagi erigan moddaning miqdorini hisoblang.
188. 00 C dagi 100 g suvda 10 g kaliy sul`fat eriydi. Uning eruvchanlik koeffisentini mol` hisobida ifodalang.
189. 500 g suvda 50 g mis kuporosi (CuSO4*5H2O) eritilgan.Eritmaning foiz konsentrasiyasini toping.
190. Moddaning 40 va 60% li eritmalaridan 90 grammdan aralashtiriladi. Necha foizli eritma hosil bo`lganligini toping.
191. Natriy nitratning 2 M eritmasidan 0,5 l tayyorlash uchun necha gramm natriy nitrat talab qilinadi?
192. 500 ml da 25g AlCl3 erigan eritmaning normalligini aniqlang.
193. 3 l 0,1n eritmada necha gramm HNO3 kislota bor?
194. 500 ml eritmada 20 g Na2SO4 erigan shu eritmaning molyarligini va normalligini toping.
195. Solishtirma og`irligi 1,44 g/sm3 bo`lgan 34% li sul`fat kislota eritmasining normalligini hisoblang.
196. Nima uchun suvsiz kal`siy xlorid va alyuminiy xlorid suvda eritilganda issiqlik ajralib chiqadi, kal`siy kristallogidrat eritilganda esa issiqlik yutiladi?
197. 20% li eritma hosil qilish uchun 400 g suvda qancha natriy nitratni eritish kerak?
198. 100 ml 35% li xlorid kislota (zichligi 1,175 g/ml) olish uchun qancha hajm (n.sh.) vodorod kerak?
199. 20% li sul`fat kislota hosil qilish uchun 300 litr suvda 50% li sul`fat kislotadan qancha qo`shish kerak?
200. 25 g mis sul`fat CuSO4*5H2O 375 g suvda eritildi. Hosil bo`lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.
201. Bir mol` sul`fat kislota bilan besh mol` suv aralashtirilgan. Hosil bo`lgan eritmaning foiz konsentrasiyasini toping.
202. 125 g 6% li o`yuvchi natriy eritmasini tayyorlash uchun necha gramm NaOH va necha gramm H2O kerak? Bu eritmaning normal kristallogidrati CuSO4*5H2O dan va suvdan necha gramm olish kerak?
Elektrolitik dissosilanish. Ion almashinishi reaksiyalari
203. Elektrolitik dissosilanish darajasi va elektrolitlar eritmalarida sodir bo`ladigan reaksiyalar haqida tushuncha bering.
204. Quyidagi moddalar suvdagi eritmalarida qanday ionlarga dissosilanadi? Hosil bo`lgan ionlar zaryadini aniqlang:
Na2CO3, CaNO3, Ca(HCO3)2, Mg(OH)CI, H3PO4, H2SO4,
AICI3, Fe(OH)2CI, Mg(OH) NO3, Na2SO4, AI2(SO4)3
H2S, H2CO3, KHCO3, (CuOH)2SO4, CuCO4
204. Xlorod kislota 0,01 M eritmasining pH qiymati nechaga teng?
205. Xlorid kislotaning dissosilanish darajasi 91% bo`lgan 4 l 0,1 n eritmasida necha gramm-ion H2 bo`ladi?
206. Alyuminiy nitrat eritmasiga natriy gidroksid eritmasi qo`shilganda alyuminiy gidroksid cho`kmaga tushish sababini reaksiya tenglamalarini yozib tushuntiring .
207. Na 2CO3, NaCI, CuSO4,KNO3, K2S, AICI3,K2CO3, AI2S3, Na2SO4, NH4CI, KNO3 tuzlar berilgan. Ularning qaysilari gidrolizlanadi? Eritmaning muhiti qanday bo`ladi? Javobingizni reaksiya tenglamalarini molekulyar va ion holda yozib isbotlang.
208. Kuchli va kuchsiz elektrolitlarga misollar keltiring. Javobingizni reaksiya tenglamalarini yozish bilan isbotlang.
209. a) bariy xlorid BaCI2; b) rux xlorod ZnCI2; v) o`yuvchi natriy NaOH; g) fosfat kislota H3PO4; d) metafosfat kislota HPO3 larning suvdagi eritmalarida qanday ionlar bor?
210. Suvdagi eritmalarida: a) J- ; b) SO4- - ; v) Cl- ; d) CO3- - ; j) MgOH+ va OH- ionlari bo`lgan elektrolitlarning formulalarini yozing.
211. Ammoniy xlorid, mis nitrat, kaliy gidroksid va nitrat kislotalarning dissosilanish tenglamalarini yozing.
212. Sul`fat kislota, ortofosfat kislota va kal`siy gidroksidning bosqichli dissosilanish tenglamalarini yozing:
213. Quyidagi reaksiyalarning ionli va molekulyar tenglamalarini yozing:
CuCI2 + NaOH→ H2SO4+ NaOH→
H2SO4+BaCI2→ H2PO4+ Ca)OH)2→
214. Quyidagi almashinish reaksiyalarning ionli tenglamalarini yozing:
a) AgNO2+NaCI→
b) AgNO2+ AICI2→
215. Quyidagi reaksiyalar qanday ionli tenglamalar bilan ifodalanadi?
a) FeCI2+ KOH→
b) Fe(NO3)2+Ca(OH)2→
216. Quyidagi reaksiyalarning ionli tenglamalarini yozing:
a) Al(NO3)3+ KOH→
b) AlCl3+ Ca(OH)2 →
v) Al2(SO4)3+ NaOH→
g) Al(NO3)3+ Ca(OH)2→
217. 500 g suvda 2,65 g soda Na2CO3 eritilishidan hosil bo`lgan eritma -0,2510C da muzlaydi. Shu eritmadagi sodaning dissosilanish darajasi nechaga teng? Kk suv = 1,86.
218. 200 g suvda 18 g glukoza C6H12O6 erigan bo`lsa, eritma necha gradusda qaynaydi?
219. Suvning muzlash temperaturasini 10C ga pasaytirish uchun 400 g suvda neca gramm glyukoza eritish kerak?
220. Elektrolitik dissosilanish darajasi 80% ga teng bo`lgan eritmaning har 10 molekulasidan nechtasi ionlarga ajralgan bo`ladi?
221. Quyidagi ko`rsatilgan suyuqliklarning qaysilari elektr tokini ancha yaxshi o`tkazadi: a) spirt, b) sul`fat kislota, v) kumush xlorid, g) o`yuvchi natriy eritmasi
222.Quyidagi ko`rsatilgan eritmalardan kuchli elekrolitlarni ko`rsating:
100% sul`fat kislota, b) nitrat kislotaning suvdagi eritmasi, g) yodning spirtdagi eritmasi.
223. Metall holidagi natriy elementi elektr tokini o`tkazadimi?
224. 100% li sul`fat kislotaning elektr o`tkazuvchanligini oshirish uchun nima qilish kerak? a) SO3 ga to`yintirish; b) suv qo`shishimiz sababini tushintiring.
225. Suvdagi eritmalarida mis sul`fatning va ishqorning qaysi ionlari bo`ladi?
226. Tarkibida 0,25 mol` NaOH bo`lgan eritmaga tarkibida 0,30 mol` HCI eritmasi qo`shilganda qanday ion va qancha miqdorda hosil bo`ladi ?
227. Tarkibida 16 g CuSO4 bo`lgan eritmaga temir qirindisi qo`shilganda 3,2 g Cu metall holida ajralib chiqdi. Eritmadagi mis va temir ionlari massasini hisoblab toping?
228. Berilgan juftliklardan qaysi biri reaksiyaga kirishsa ham elektr o`tkazuvchanlik bo`laveradi:
a) HCI+NaOH, b) BaO+ H2SO4, v) Cu +HCI
229. Quyidagi moddalarning suvdagi eritmalarida elektrolitik dissosilanish tenglamalarini yozing:
a) kaliy gidroksid; b) kumush xlorid; v) soda eritmasi.
230. Amfoter anion va kationlarga misollar keltiring.
231. Al(OH)3 va HCI ning bosqichma-bosqich reaksiya tenglamalarini tuzing.
232. a) mis sul`fat, b) kal`siy xlorid, v) natriy gidroksidning elektrolitik dissosilanish tenglamalarini tuzing
233. Kumush nitrat eritmasiga tasodifan teng miqdor osh tuzi eritmasi qo`shilib ketdi. Hosil bo`lgan aralashmaning elektr o`tkazuvchanligi to`g`risida nima deya olasiz?
234. 400 sm3 0,5 M mis (II)- xlorid tarkibidagi mis va xlor ionlari miqdorini aniqlang.
235. Quyidagi tenglamalar bilan tasvirlanadigan reaksiyani qanday amalga oshirish mumkin?
1. Ag++Cl-= AgCl
2. Ba2++SO23-= BaSO4
3. Cu2++ 2 OH-= Cu (OH)2
236. Insonlar kunlik ovqat bilan taxminan 15 g osh tuzi iste`mol qiladi deb hisoblasak, sakkiz kishidan iborat bir oila taxminan bir oyda qancha natriy ionni iste`mol qilgan bo`ladi va buni tuzga aylantirilsa, qancha bo`lishini hisoblab toping.
237. Mis sul`fatning quruq tuzi oq rangli, kristallgidrati va suvdagi eritmasi havo rangli bo`ladi. Buning sababi nimada?
Oksidlanish –qaytarilishi reaksiyalari
238. Oksidlanish nima? Qaytarilish nima? Element qachon oksidlanadi va qachon qaytariladi? Eng kuchli oksidlovchi va qaytaruvchilarga misollar keltiring.
239. Xlor va azot qanday birikmalarda faqat oksidlovchi xossalarni namoyon etadi? Tegishli oksidlanish-qaytarilish tenglamalarini tuzing.
240. Quyidagi reaksiyalarning qaysi biri oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga kiradi? Har bir reaksiyaning elektron tenglamasini tuzing.
CaCO3→ CaO+CO2; 2HgO→ 2Hg+O2;
FeCl2+SnCl4 = FeCl3+SnCl2
241. Quyidagi reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang. Keltirilgan har bir reaksiyaning elektron tenglamasini tuzing:
Cu+HNO3→Cu(NO3)2+NO+H2O
KMnO4+HCI→KCI+MnCl2+H2O+Cl2
AI +CuSO4→Cu+AI2(SO4)3
AI+HNO3→AI(NO3)3+N2O+H2O
FeS2+O2→Fe2O3+SO2
PbO2+HCI→PbCI2+CI2 +H2O
KCIO3→KCI+O2
KMnO4→MnO2+ K2MnO4 +O2
K2Cr2O7+H2S+H2SO4→ Cr2(SO4)3+K2SO4+H2O
KOH + CI2→KCIO3+H2O
H2O2+KMnO4+H2SO4→ MnSO4 +K2SO4+H2O+O2
H2C2O4+KMnO4+H2SO4→CO2 +MnSO4+ H2O+ K2SO4
Cu2S+HNO3→Cu(NO3)2+H2SO4+NO+H2O
KMnO4+KOH+Na2SO3→K2MnO4+Na2SO4+H2O
Cr(OH)3+Br2+KOH→K2CrO4+KBr+H2O
242. Quyida ko`rsatilgan jarayonlarning qaysi biri oksidlanish va qaysi biri qaytarilish jarayoniga kiradi:
Br-→Br; S2_→S; K→K+
Pb2+→Pb4+; Co→Co3+; Fe3+→Fe2+
243. Atom tuzilishiga asoslanib, quyidagi ionlar qaytaruvchi bo`la olishi yoki olmasligini misollar bilan isbotlang: Ca2+,J-, Ag+,Cr3+, Mg2+, Ti3+.
244. Quyidagi ionlarning qaysilari reaksiyada oksidlovchi bo`la oladi va qaysilari bo`la olmaydi, isbotlang. Hg+, Zn2+, S2-, Fe3+, Cl-.
245. Quyidagi ko`rsatilgan reaksiyalarda kislorod oksidlovchi rolini o`ynaydimi yoki qaytaruvchi rolinimi ?
2Au2O3→4Au+3O2
2F2+2H2O→4HF +O2
2H2S+3O2→2H2O+2SO2
2KCIO3→2KCI+3O2
246. Quyida keltirilgan tenglamalarda vodorod atomlari va ionlari oksidlovchi bo`ladimi yoki qaytaruvchi
WO3+ 3H2=W+3H2O
Zn+2HCI=ZnCI2+H2
247. Quyidagi tasvirlangan reaksiyalarning tenglamalarini yozing:
Alyuminiy bilan xlorning o`zaro ta`siri, b) magniyning xlorid kislota eritmasida erishini, har bir holda nima oksidlovchi va nima qaytaruvchi ekanligini ko`rsating.
248. Ushbu reaksiya tenglamalarini yozing: a) natriy bromidga xlor ta`siri, b) alyuminiy va sul`fat kislota ta`sirlashuvi. Barcha elementlarning oksidlanish darajalari va elektron balans metodi bo`yicha tenglamalarga koeffisiyentlar qo`yib chiqing.
249. Rux bromid bilan xlor orasidagi reaksiya tenglamani yozing, reaksiyada nima oksidlovchi va nima qaytaruvchi bo`lishini ko`rsating
250. Mis bilan kumush nitrat eritmasi o`zaro ta`sir ettirilganda boradigan reaksiyani qanday reaksiya deb atash mumkin?
251. Kumush suyultirilgan sul`fat kislotaga solib chayqatilganda o`zgarish kuzatiladimi? Buning sababini tushuntirib bering.
252. Tenglamalari quyida keltirilgan qaysi element oksidlanishi va qaysi biri qaytarilishini ko`rsating:
CaCO3+2HCI→CaCI2+CO2+H2O
CuO+H2→Cu+H2O
Gidroliz
253. Quyidagi tuzlarning qaysi biri gidrolizga uchraydi:
Na2SO4, K2S, ZnCl2 , CuSO4, NaNO3, KCl, CuCl2, Al(NO3)3, As2S3
Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko`rinishda yozing.
254. Quyidagi CH3COOK, Cr2(SO4)3, Al(NO3)3 tuzlar gidrolizining molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing va ularning pH ini aniqlang.
255. Quyidagi Na2S, Al2(SO4)3, FeCl3 tuzlar eritmalarining pH ini aniqlang. Gidrolizning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
256. Quyidagi Pb(NO3)2, Al2S3, ZnSO4 tuzlar gidrolizning molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing va ularning pH ini aniqlang.
257. Alyuminiy sul`fat bilan natriy karbonat eritmalari aralashtirilganda nima hosil bo`ladi gidrolizning molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing.
258. Quyidagi NaBr, K2CO3, CaCl2, K2SO4 tuzlardan qaysilari gidrolizlanadi? Tegishli tuzlar gidrolizining molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing.
259. CrCl3 bilan Na2S eritmalari aralashtirilganda boradigan reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing.
260. Qanday tuzlardan gidrolizlanganda, nordon tuz yoki asosli tuz hosil bo’ladi? Shunday gidrolizlarga misollar yozing, ularning ionli molekulyar tenglamalarni tuzing.
261. Quyidagi tuzlardan qaysilari gidrolizga uchraydi? KNO3, Na2SO4, CuCl2, SnCl4. Tegishli reaksiyalarning ionli va molekulyar tenglamani tuzing.
262. Rux sulfat, kaliy sulfat va natriy atsetat tuzlarining gidrolizlanish tenglamalarini tuzing. Eritmaning pHi to’g’risida xulosa qiling.
263. Nima uchun NaF, NaClO tuzlarining eritmalari ishqoriy muhitga ega? Tegishli gidroliz tenglamalarni tuzish bilan tushuntiring.
264. Quyidagi reaksiya tenglamalarini hosil bo’ladigan tuzlarning qaytmas gidrolizlanishini inobatga olgan holda yozing. Eritmaning pHi to’grisida xulosa qiling.
Fe2(SO4)3 + H2O= K2CO3 + H2O=
Al2(SO4)3 + H2O= (NH4)2S + H2O=
265. Ushbu Na2S, Al2S3, KCl tuzlardan qaysi biri ko’proq gidrolizga uchraydi va nima uchun? Har bir tuz uchun gidroliz tenglamalarini ionli va molekulyar tarzda tuzing.
266. Quyidagi ikki tuz aralashmasining gidroliz tenglamalarini tuzing. Eritmaning muhiti qanday bo’ladi?
FeCl3 + (NH4)2CO3 + H2O↔
CrCl3 + Na2S + H2O↔
267. Ushbu NH4NO3, CH3COONa, Co(CH3COO)2 tuzlarining qaysilari ko’proq gidrolizlanadi va nima uchun? Eritmaning pHi qanday bo’ladi?
268. Ushbu CrCl3, K2S, Na2SO4, NiCO3 tuzlarning gidrolizlanish reaksiyalari tenglamalarni ionli va molekulyar shakllarda tuzing. Bu tuzlar suvda eritilganda eritmaning pHi qanday o’zgaradi?
269. Pb(NO3)2, (NH4)3PO4 tuzlarining to’liq gidrolizlanish tenglamalarini tuzing va eritmaning muhiti to’grisida xulosa chiqaring.
270. Ushbu NaCN, NaCI, NaF tuzlaridan qaysilari gidrolizlanadi? Bu tuzlar eritmalarida pH qanday bo’ladi?
271. Na2PO4, K2CO3 va (CaOH)2SO3 tuzlarini gidrolizlanish reaksiyalari tenglamasini tuzing. Eritmaning muhiti to’grisida xulosa qiling.
272. CrCl3 va Na2CO3 tuzlarining birgalikdagi gidroliz tenglamasini ionli va molekulyar holda yozing. Eritmaning pHi qanday bo’ladi?
273. Ushbu KBr, Na2S, Hg(NO3)2 tuzlaridan qaysilari gidrolizga uchraydi? Tegishli reaksiyalarni ionli va molekulyar tenglamalarini tuzing.
274. K2SO4, NiCO3, NH4HCO3, tuzlarining gidrolizlanish tenglamalarini tuzing. Bu tuzlar eritmalarida pH qanday bo’ladi.
275. Ba(HCO3)2, Mg(HCO3)2, Ca(CH3COO)2 tuzlarining gidrolizlanish tenglamalarini ionli va molekulyar holda tuzing. Eritma pHi qanday bo’ladi?
276. CdSO4, ZnSO4, Na2SO4 tuzlari gidrolizlanganda eritma muhiti qanday bo’ladi? Javobingizni tegishli reaksiyalarning ionli va molekulyar tenglamalarini tuzish bilan asoslang.
277. Al2S3, Na2S, AlCl3 tuzlarining gidrolizlanish tenglamalarini tuzing. Eritmaning pHi to’grisida xulosa qiling.
278. Al2S3, K2CO3, Ca(OCl)2, AlCl3 larning gidrolizlanish tenglamasini yozing.
279. K2CO3, Ca(OCl)2, Cr(NO3)3 tuzlari gidrolizlanganda eritma muhiti qanday bo’ladi? Javobingizni tegishli tenglamalar asosida isbotlang.
280. 20g NaOH bo’lgan eritmaga 11,2 l CO2 kiritilganda hosil bo’lgan tuz qanday muhitga ega bo’ladi?
281. Aluminiy sulfid tuzi suvda eritilib, so’ngra eritma qaynatilsa uning muhiti o’zgaradimi?
282. Ammoniy xlorit eritmasiga kumush nitrat ta’sir ettirilganda muhit kislotali bo’ladimi yoki ishqoriymi?
Metallarning xossalari . Elektroliz
283. Natriy gidroksid NaOH ning suyuqlanmasi elektroliz qilinganda qanday jarayonlar sodir bo’ladi?
284. Nikel xlorid NiCl2 ning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda elektrodlarda qanday jarayonlar sodir bo’ladi?
285. Qo’rgoshin nitratning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda sodir bo’lgan jarayonlarni izohlang.
286. Natriy sulfat Na2SO4 ning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda sodir bo’ladigan jarayonlarni yozing.
287. Kumush nitratning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda anod kumush metallidan iborat bo’lsa, elektrolitlarda qanday jarayonlar sodir bo’ladi?
288. Kuchli 10 A bo’lgan tok CuSO4 eritmasidan 2 soat davomida o’tkazilgan. Bu vaqt ichida qancha kislorod ajralib chiqqan?
289. AgNO3 eritmasi orqali 1 soat davomida tok yuborilganda 20 g kumush hosil bo’lgan. Tok kuchini aniqlang.
290. Sulfat kislota eritmasida 50 l vodorod ajralib chiqishi uchun eritma orqali 5 A bo’lgan tokni qancha vaqt yuborish kerak.
291. Kuchi 1.5 A bo’lgan tok 2 soat davomida yuborilganda, katotda 3.556 g metall ajralib chiqqan. Metall ekvivalentini aniqlang.
292. CuSO4 eritmasidan bir soat davomida 4 A kuchga ega bo’lgan tok o’tkazilganda, katotda necha gramm mis ajralib chiqadi?
293. Katotda 280 ml vodorod ajralib chiqishi uchun KCl eritmasidan 20 min 5 sek davomida qanday kuchga ega tok o’tkazilishi kerak?
294. 5,3935 g kumushni ajralib chiqishi uchun 8 A kuchga ega bo’lgan tokni AgNO3 eritmasidan qancha vaqt davomida o’tkazish kerak?
295. Mis tuzi eritmasini kuchi 50 A bo’lgan tok bilan 5 soat davomida elektroliz qilinganda, necha g mis ajralib chiqqan. Elektroliz vaqtida sodir bo’lgan jarayonlarni yozing.
296. AgNO3 eritmasidan 33 min 20 sek davomida 2 A kuchga ega bo’lgan tok o’tkazilsa, kumush anodning massasi necha gramm kamayadi?
297. Katotda 1,4 l vodorod ajralib chiqishi uchun eritmadan 1 soat 40 minut davomida qanday kuchga ega bo’lgan tok o’tkazilishi kerak?
298. K2SO4 eritmasidan tok o’tkazilganda anodda 11,2 l kislorod ajralgan bo’lsa, katotda necha gramm o’yuvchi kaliy hosil bo’ladi?
299. Mis sulfat CuSO4 eritmasidan kuchi 5 A bo’lgan tok 20 minut davomida o’tkazilsa katotga necha gramm mis o’tadi?
300. 00 va 760 mm simob ustuni bosimida 5,7 l vodorod ajratib olish uchun kuchi 10 A bo’lgan tok kislota eritmasidan qancha vaqt o’tqazilishi kerak?
301. Tok kuchi 2,5 A bo’lganda SnCl2 eritmasidan 30 minut davomida 2,77 g qalay ajralib chiqadi. Qalay ekvivalentini toping.
302. BaCl2 va Pb(NO3)2 lar suvdagi eritmalarini elektroliz sxemalarini tuzing.
303. Natriy xlorid NaCl ning suyuqlanmasi elektroliz qilinganda qanday jarayonlar sodir bo`ladi?
304. Nikel bromid NiBr2 ning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda elektrodlarda qanday jarayonlar sodir bo`ladi?
305. Qo`rg`oshin nitratning suyuqlanmasi ekektroliz qilinganda sodir bo`ladigan jarayonlarni izohlang.
306. Natriy sul`fat Na2SO4 ning suyuqlanmasi elektroliz qilinganda sodir bo`ladigan jarayonlarni yozing.
307. Kumush nitratning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda anod kumush metallidan iborat bo`lsa elektrodlarda qanday jarayonlar sodir bo`ladi?
308. Kuchi 13 A bo`lgan tok CuSO4 eritmasidan 1,2 soat davomida o`tkazilgan. Bu vaqt ichida qancha metall ajralib chiqqan?
309. AgNO3 eritmasi orqali 2 soat davomida tok yuborilganda 22 g kumush hosil bo`lgan. Tok kuchini aniqlang
310. Sul`fat kislota eritmasidan (n. sh.da ) 500 ml vodorod ajratib olish uchun eritma orqali kuchi 3 a bo`lgan tokni qancha vaqt yuborib turish kerak?
311. Kuchi 1,5 A bo`lgan tok 2 soat davomida yuborilganda, katotda 3,556 g metal ajralib chiqqan. Metall ekvivalentini aniqlang.
312. CuSO4 eritmasidan 1 soat davomida 2 A kuchga ega bo`lgan tok o`tkazilganda, katotda necha gram mis ajralib chiqadi?
313. Katotda (n.sh. da) 280 ml vodorod ajralib chiqishi uchun NaCI eritmasidan 30 min davomida qanday kuchga ega bo`lgan tok o`kazilishi kerak?
314. 5,3935 g kumushni ajratib chiqarish uchun 4,5 A kuchga ega bo`lgan tokni AgNO3 eritmasidan qancha vaqt davomida o`tkazish kerak?
315. Mis tuzi eritmasini kuchi 50 A bo`lgan tok bilan 5 soat davomida elektroliz qilinganda, necha g mis ajralib chiqqan.
316. AgNO3 eritmasidan 23 min 27 sek davomida 2 A kuchga ega bo`lgan tok o`tkazilsa, kumush katodning massasi necha g kamayadi?
317. Katotda (n.sh.da) 2,4 l vodorod ajralib chiqishi uchun eritmadan 1 soat 50 min davomida qanday kuchga ega bo’lgan tok o’tkazilishi kerak?
318. K2SO4 eritmasidan tok o’tkazilganda anodda (n.sh.da) 1.5 l kislorod ajralgan bo’lsa, katodda necha gramm o’yuvchi kaliy hosil bo’ladi?
319. Mis sulfat CuSO4 eritmasidan kuchi 2,5A bo’lgan tok 21 min davomida o’tkazilsa, katotga necha gramm mis o’tadi?
320. 00 va 760 mm simob ustuni bosimida 2,24 l vodorod ajralib olish uchun kuchi 15A bo’lgan tok kislota eritmasidan qancha vaqt o’tqazilishi kerak?
321. Tok kuchi 2,5 A bo’lganda SnCl2 eritmasidan 30 min davomida 2.77 g qalay ajralib chiqadi . Qalay ekvivalentini toping .
322. BaCl2 va Pb(NO2)2 lar suvdagi eritmalarning elektroliz sxemalarini tuzing .
323. Biror metall sulfati elektroliz qilinganda katot 3,49 g metall, anodda esa 0,7 l kislorod ajralib chiqdi. Metalning solishtirma issiqlik sig’imi 0,11 ga tengligi ma’lum, uning atom massasini hisoblang.
324. Misni rafinadsiyalash (tozalash) jarayonida 35A tok kuchi ta’sirida 9 soatda 350 g mis ajralib chiqadi. Misning tokka nisbatan unumini hisoblab chiqing.
325. Magniy xloridning suyuqlanmasi orqali tok o’tkazilganda katotda 3 soatda 4 g magniy ajralib chiqadi. Suyuqlanmadan qancha tok o’tganini hisoblang.
326. Temir(II) sulfatning suyuqlanmasini ko’mir elektrodlari ishtirokida elektroliz qilish sxemasini tuzing.
327. Nima uchun natriy sulfatning suvdagi eritmasini elektroliz qilish yo’li bilan natriy metallini olib bo’lmaydi? Javobingizni elektroliz sxemasini tuzish bilan asoslang.
328. Elektrolizgacha massasi 30 g bo’lgan nikel anodning nikel xlorid eritmasi orqali 30 min davomida 1,5 A tok kuchi o’tgandan keyin massasini hisoblang.
329. Platina elektrodli ketma ket ulangan elektrolitik vannalar orqali tok o’tkaziladi. Birinchi vannada- kislota eritmasi, ikkinchi vannada – kumush nitrat eritmasi bo’sa, birinchi vannada katotda 1 mg vodorod ajralib chiqqanda ikkinchi vannadagi elektrolidlarda qanchadan qanday moddalar ajralib chiqqanligini aniqlang.
330. Mis sulfat eritmasidan 1,2 soat davomida 6 A tok o’tgan. Tok kuchiga nisbatan unum 90% bo’lsa, ajralib chiqqan misning massasini va necha mol kislota hosil bo’lganini hisoblang.
331. 22.4 l (n.sh.) vodorod olish uchun sulfat kislotasining suyultirilgan eritmasini 15 A tok kuchi bilan qancha vaqt elektroliz qilish kerak.
332. Agar tok kuch 2 A bo’lsa, o’yuvchi natriyning suyultirilgan eritmasini ko’mir elektrolidlar ishtirokida 150 ml (n.sh.) qaldiroq gaz olish uchun qancha vaqt elektroliz qilish kerak?
Davriy sistemaning asosiy va qo’simcha guruh elementlari xossalari
Davriy sistemaga doir masalalar
333. 12 g va 20 g atom magniy yondirilganda qancha magniy oksid hosil bo’ladi?
334. Tarkibida 92% magniy karbonat bo’lgan magnezitdan: 100 kg va 200 t quydirilgan bo’lsa, qancha kuydirilgan magnezit hosil bo’ladi? Har qaysi holda necha litr (n.sh. da) uglerod (IV)-oksid ajralib chiqishini aniqlang.
335. Tabiiy magniy silikatlarga talk 3MgO*4SiO2*H2O va asbest CaO *3MgO*4SiO2 kiradi. Bu silikatlarning qaysi birida magniy miqdori ko’pligini aniqlang.
336. MgCl2, CaCl2, Ba(NO3)2 va NH4Cl eritmalariga soda Na2CO3 qo’shilganda qanday moddalar cho’kmaga tushishini aniqlang. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko’rinishda yozing.
337. 1,25 g BaCl2 dan Ba2+ ionini cho’ktirish uchun 1 n (NH4)2CO3 eritmasidan qancha hajm kerak bo’lishini hisoblang.
338. Zn(OH)2 ni 1 l suvdagi eruvchanlik ko’paytmasi 5*10-17 ga teng eruvchanlikni grammlar bilan hisoblang.
339. 0,1405 g metall (n.sh.da) kislotadan 28 ml vodorodni siqib chiqardi. Metallning nazarda tutgan holda, uning ekvivalenti va atom massasini toping.
340. Ca(HCO3)2 va Na2CO3 eritmalari qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
341. HgS ning zar suvi (HNO3+3HCl) bilan oksidlanishi reaksiyasi tenglamasini molekulyar va ionli ko’rinishda yozing.
342. 5 g ohaktosh CaCO3 kislotada eritilishi natijasida hosil bo’ladigan gazning hajmi (n.sh .) 140 ml ni tashkil qiladi.Ohaktosh tarkibida necha protsent kalsiy karbonat bo’lganligini hisoblang.
343. Kaltsiy gidritning havoda yonishi va suv bilan reaksiyaga kirishini reaksiya tenglamalarini yozing. Qaysi modda oksidlanib, qaysi modda qaytarilganini tushuntiring.
344. Binokorlikda ishlatiladigan ohak qorishmasining havoda qotishi natijasida qanday kimyoviy jarayon sodir bo’ladi?
345. Kalsiy oksid quyidagi moddalarning qaysi biri bilan reaksiyaga kirishai: a)HCl; b)NaOH; v)HNO3 ; g)KOH; d)H2SO4; e)CO2; j)SiO2
346. 5% li kalsiy xlorid eritmasi meditsinada ichiladigan dori va inyeksiya (teri ostiga yuboriladigan dori) sifatida ishlatiladi: a)shunday konsentratsiyadagi eritmadan 5kg tayyorlash uchun necha gramm CaCl2.6H2O kerak? Shunday eritmaning 10 kg tarkibida qancha gramm-molekula CaCl2 bo’ladi?
347. Berilliyning kislorodga, suvga, kislotalarga va ishqorlarga munosabatini xarakterlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.
348. 68 g dolomit (MgCO3.CaCO3) ni eritish uchun 10% li xlorid kislotadan necha gramm sarflanadi?
349. Odatda simob metalliga rux, qalay,qo’rg’oshin metallari aralashgan bo’ladi.Ularni yo’qotish uchun simob o’z sulfati HgSO4 ning to’yingan eritmasiga qo’shib chayqatiladi. Simobni tozalashning bu usuli nimaga asoslangan? Sodir bo’ladigan reaksiya tenglamalarini yozing.
350. Simob quyidagi moddalarning qaysi biri bilan o’zaro ta’sir etadi: HCl, HNO3, NaOH, AgNO3, CuCl2, ZnCl2? Sodir bo’ladigan reaksiya tenglamalarini yozing.
351. ZnCl2, CdCl2, HgCl2 larning eritmalariga o’yuvchi natriydan mo’lroq ta’sir ettirilganda hosil bo’ladigan moddalar kimyoviy birikmalarning bir sinfga kiradimi? Sodir bo’ladigan reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarni yozing.
352. Quyidagi o`zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya tenglamalarini tuzing:
a) Sr(NO3)2→SrO→Sr→Sr3P2→Sr(OH)2
b)Ba→Ba(OH)2→O2
353. Eritma tarkibidagi Mg2+, Ca2+, ionlarini qanday ajratib olish mumkin?
354. Magniy, kal`siy, stronsiy atomlari yadrosidagi neytron va protonlarning sonini aniqlang.
355. 2,94 g kal`siy gidroksid bilan to`la reaksiyaga kiritish uchun HCI ning 10% li eritmasidan (d=1,05 r/sm3) qancha hajm kerak?
356. 54 g alyminiy oksid olish uchun: a) 100 g, b) 6 mol, v) 60 l kislorod yetadimi?
357. Gil`tuproqdan 98% gacha alyuminiy ajratib olinadi.Tarkibida 95% alyuminiy oksid bo`lgan giltuproqning 1tonnasidan qancha alyuminiy ajratib olish mumkin?
358. Alyuminiyning xlorid va sul`fat kislotada erish reaksiyalari tenglamalarini tuzing. 9 g alyuminiy bilan reaksiyaga kiritish uchun bu kislotalarning har biridan qancha olish kerak?
359. Quyidagi o`zgarishlar uchun reaksiya tenglamalarini tuzing
AI→AICI2→AI(OH)2→AI2(SO4)2→NaAIO2
360. 5% li eritmasidan (d=1,04 r/sm3) 10 ml alyuminiy xlorid bilan ((natriy alyuminat NaAIO2 hosil bo`lguncha) reaksiyaga kiritish uchun natriy gidroksidning 6 % li eritmasidan qancha kerak?
361. 1 mol` alyuminiy nitratga 3 mol` gidroksid ta`sir ettirilsa, necha gramm alyuminiy gidroksid cho`kmaga tushishini hisoblang.
362. Nima uchun ishqorlarning konsentrlangan eritmalarini alyuminiy idishda saqlab bo`lmaydi? Javobingizni tegishli reaksiya tenglamalarini yozib asoslang.
363. 15,7 kg xrom (III)-oksidni qaytarish uchun alyuminotermiya usulida 5 kg alyuminiy sarflandi. Qancha xrom hosil bo`lganligini va qaysi moddadan qancha miqdorda ortib qolganini hisoblang
363. Alyuminiy bilan misning 20 g aralashmasiga xlorid kislota ta`sir ettirilganda (n.sh) 11,2 l vodorod ajralib chiqadi. Aralashmaning prosent tarkibini hisoblang
364. Sul`fat kislota eritmasi bilan alyuminiy bor. Shu moddalarning alyuminiy sul`fat kristalldagi AI2(SO)3 18H2O hosil qilish usulini ayting.
365. 0,1 n eritmada gidrolizlanish darajasi: ScCIs niki 9%;
JCI3 niki o,01% va ZnCI2 niki o,003% ga teng, Skandiy, itriy yoki lantan gidrooksidlarining qaysi biri ko’proq asosli xossalarga ega ekanligini aniqlang.
366. Bura Na2B4O7 ning gidrolizlanish reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko’rinishda yozing.
367. 3% (d= 1.11) 1 litr borat kislotasi tarkibida qancha miqdorda bor (B) borligini aniqlang.
368. 100 ml kaliy aluminiyli achchiqtosh tarkibida alyuminiy amoniy oksidi ko’rinishida 0.8426 g miqdor ajralib chiqqan.Eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
369. Ortoborat kislota H3BO3 ning o’lchovi natriy bilan, natriy tetraborat Na2B4O7 ning xlorid kislota bilan o’zaro ta’siridan borning qanday birikmalari hosil boladi? Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing
370. AICI3 va (NH4)2 eritmalarining o`zaro ta`siri natijasida sodir bo`ladigan reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
371. Eritmada AI3+ va Zn2+ ionlari mavjud ularni qanday ajratish mumkin? Reaksiya tenglamasini yozig.
372. Galliy gidroksid bilan xlorid kislota va kaliy gidroksid orasidagi reaksiya orasidagi reaksiya tenglamalarini yozing.
373. Quyidagi reaksiya tenglamalarini oxirigasha yetkazing va tenglashtirin:
a) H3BO3+ NaOH→ b) Na2B4O2+ HCI + H2O→
v) Na2B4O7+H2O→ g) B2H6 +CI→
374. NaCI, MnO2, H2SO4, K2Cr2O7 lardan foydalanib, necha xil usulda xlor olish mumkin? Qaysi usulning unumi ko`p?
Tegishli reksiya tenglamalarini yozing.
↓−FeS2─↓
H2SO3←SO2 Fe2O3→FeCl3→Fe(OH)3
FeS←Fe(NO3)2→Fe
375. 1 l oltingugurt kolchedanida 80 g selen bo’ladi, oltingugurt kolchedani kuydirilgandan keyin qolgan kuyundining 1 tonnasidan esa 20g selen qoladi.Kuyundining massasi kolchedan massasining 55% ini tashkil etadi/1 t kolchedan kuydirilganda hosil bo’ladigan gazlarda qancha selen (IV)-oksid bo’lganligini hisoblab toping.
376. Xrom nimada eriydi?Xrom oksid qanday usullr bilan hosil qilinadi?Xrom oksididan xrom qanday olinadi?Reakцiya tenglamalarini yozing.
377. 2,497 g apsenni yoqish uchun (n .sh) 560 ml kislorod sarf bo’ladi.Hosil bo’lgan oksid tarkibini va uning oddiy formulasini aniqlang.
378. Kaliy bixromat sulfit kislotadagi eritmasiga SO2 yuborilganda sodir bo’ladigan reaksiya tenglamasini yizing.Reaksiya yuz bergani qanday aniqlanadi?Izoxlang.
379. Cr2S3 va MoS2 ni konцentrlangan nitrat kislotada oksidlanishi reaksiyasi tenglamasini yozig.
380. 1 t molibden olish uchun tarkibida 2% MoS2 bo’lgan molibden sulfitdan qancha olish kerak?
381. Na2S va CaS larni gidrolizi reakцiyasinining molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
382. K2CrO4 ni K2Cr2O7 ga; K2Cr2O7 ni K2CrO4 ga aylantirish reaksiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing.
383. Suyultirilgan va konsentrilgan nitrat kislota rux,temir,mis hamda qalayga ta`sir ettirilganda hosil bo’ladigan reaksiya mahsulotlarini yozing.
384. Sanoatda 1 t nitrat kislota olish uchun qancha ammiak sarf bo’ladi ?(Azotni 6% isrof bo’ladi deb hisoblang)
385. 1 kg ammiak sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishsa, qancha ammoniy sulfat hosil bo’ladi?Bunda H2SO4ning 50% li eritmasidan (solishtirma massasi 1,5 g\ sm3) qancha hajm sarf bo’ladi?
386. 50 g ammoniy xlorid va 70 g kalsiy gidroksid aralashmasdan olingan ammiak (n.sh. da) qancha hajimni egallaydi?
387. 6,4 g mis nitrat kislotada eritilganda necha litr azot (II)-oksid olish mumkin?
388. Toshko’mir tarkibida 1% azot bor.Toshko’mir havosiz joyda qizdirilganda azotning 20% I ammiak holda chiqadi. 1 tonna toshko’mirdan tarkibida 20% NH3 bo’lgan necha kg ammoniy gidroksid olish mumkin?
389. NO va NO2 ning 120 ml aralashmasiga 100 ml kislorod aralashtirilgan .Reakцiyadan keyin aralashma tarkibida 60 ml kislorod qolganligi aniqlandi:a)120g aralashmadagi NO va NO2 ning hajmini toping ; b) aralashmada necha gram NO va NO2 bo’lgan?
390. a) fosforit talqoni, b)oddiy superfosfat, v) qush superfosfat, g)ammofoslarning tarkibi qanday?Ularning qaysi biri fosforga boyligini tushuntiring.
391. Tarkibida 75% Ca3 (PO4)2 bor bo’lgan 500 kg fosforitdan necha kg superfosfart hosil qilish mumkin?
392. 295 g ortofosfat kislota hosil qilish uchun qancha fosfor va kalъцiy fosfat kerak bo’ladi?Bu ikki jarayoni oksidlanish-qaytarish jarayoni deb qarash mumkinmi?Izohlang.
393. Metofosfat, ortofosfat,pirofosfat kislotalar kalsiyli tuzlarining hosil bo’lish reaksiya tenglamalarini yozing.
394. a) 3,1 t, b) 155 kg, v) 62 kg- atom fosfor olish uchun tarkibida 10% qo’shimcha bo’lgan kalъцiy fosfatdan qancha kerak bo’ladi?
395. Mishъyak va vismutning konsentrlangan nitrat kislota bilan va sur`maning zar suvi bilan o’zaro tasir etish reaksiyalari tenglamalarini tuzing.
396. Qanday birikmalar fosfidlar deyiladi ?Magniy fosfidning olinish reaksiyasi,magniy fosfidning suv bilan o’zaro tasir reakцiyasi teglamalarini tuzing.
397. Quyidagi sxema bo’yicha boradigan reaksiyalarining tenglamalarini yozing:
Sb2O3→SbCl3→Sb (OH)3→NaSbO2→Sb(OH)3
398. SbCl3 va BiCl3 eritmalariga mo’l ishqor qo’shilganda surma bilan vismutning qanday birikmalari hosil bo’ladi?Reakцiya tenglamalarini tuzig:
399. Bi2S3 ni nitrat kislotada oksidlanish reaksiyasi quyidagicha boradi: Bi2S3+HNO3→Bi(NO3)2+S+NO
Tenglamalarni oksidlnish-qaytarish reaksiyasi asosida tenglashtiring.
400. AlCl3, SbCl3,SiCl4 larni gidrolizlanishi reaksiyasi tenglamasini molekulyar va ionli ko’rinishda yozing.
401. Oksidlanish–qaytarishlish jarayoni asosida quyidagi reaksiya tenglamasini to’liq ko’rinishda yozib qaysisini oksidlanib,qaysinisi qaytarilishini ko’rsating: As+NaClO+H2O→H3AsO4+NaCl
402. 2,47 mangan nitrat Mn(NO3)2 ning kristallidratini suvsizlantirib, 1,55 g suvsiz tuz olinadi.Bir molekula kristallgidrat tarkibida necha molekula suv borligini aniqlang.
403. Tarkibida 96% CaCO3 bo’lgan 1 kg marmardan (n.sh. da) necha litr uglerod (IV)-oksid olish mumkin?
404. Quyida berilgan moddalardan foydalanib ,qanday qilib potash hosil qilish mumkin? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
K2SO4, Ba (OH)2,CaCO3, HCl.
405. Uglerod (IV)-oksidining hosil bo’lish issiqligi 97,7 kkal,suv bug’ining hosil bo’lish issiqligi 57,8 kkal ga teng. Generator gazining hosil bo`lish jarayonida esa issiqlik yutilishini aniqlang.
406. Eritma tuyunguncha ohakli suvdan uglerod (IV)- oksid o`kazilsa, uglerodning qanday birikmasi hosil bo`ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
407. Kremniy ishqorda eritilganda uning qanday birikmasi hosil bo`ladi? Reaksiyaning elektron tenglamasini tuzing
408. Kremniyning bir kristaliga indiy va ikkinchi kristiliga mish`yak aralashgan. Bu kristallardan qaysi biri n-tipdagi yarim o`tkagich hisoblanadi?
409. Nima uchun oq tunukadan yasalgan idishda ishqorning konsehtrlangan eritmasini saqlab bo`lmaydi? Javobingizni tegishli reaksiya tenglamalarini yozi, asoslang.
410. HCI, HNO3 KOH eritmalarning har biriga bir bo`lakdan qo`rg`oshin solindi. Sodir bo`ladigan reksiyalarning tenglamalarini yozing.
411. Kaliy plyumbit, kalsiy plyumbat natriy stanit va kaliy stanatlarning formulalarini yozing.
412. Quyidagi reaksiya tenglamasini oksidlanish –qaytarilish prosesi asosida koeffisenti to`liq ko`rinishda yozilsin.
Pb2O3+MnSO4+HN)3→HmnO4+PbSO4+PbSO4+Pb(NO3)2+H2O
413. 30% kalay va 70% misdan iborat bo`lgan 20 g latun qotishmasini konsentrlangan HNO3 bilan ishlaganda qancsa hajm NO2 ajralib chigadi?
414. H.sh. da 1 l SiH4 hosil qilish ucsun qaysi moddadan qanday miqdorda kerak bo`ladi?
415. Silikat tarkibida: SiO2- 63,5%, MgO-31,7%, H2O-4,8% Silikat formulasini aniqlang. Uni oksod holida ko`rsating
416. Hajm 200 l bo`lgan sharni to`ldirishga kerak bo`lgan vodorotni olish uchun (n.sh) qancha Li va H2O kerak ?
417. Sirkoniy oksid t6arkibida 26,0% kislorod bor. Sirkoniyning solishtirma massasi 0,067 ga teng. Shu oksid formulasini toping.
418. Qalay konsentrlangan sul`fat kislotada tezda erib Sn (SO4)2 tuzini hosil qiladi va sul`fat angidrid ajralib chiqaradi.
Sn +4H2SO4→Sn(SO4)+ 2SO24H2O
Shu tuzdan: a) 3,11 g; b) 2 mol` olish uchun qancha toza qalay kerak? Har qaysi holda qancha litr (n.sh) sul`fat angidrid ajralib chiqadi?
419. Suyultirilgan nitrat kislota qalay bilan quyidagi tenglama bo`yicha reaksiyaga kirishadi:
4Sn +1OHNO3→4Sn(NO3)2+4NH4NO3+3H2O
a) 4,76 g qalayning erishi; b) 48,6 g Sn (NO3)2 tuzining hosil bo`lishi; v) 2,5 mol` NH4NO3 tuzining hosil bo`lishi uchun qancha nitrat kislota kerakligini hisoblang
420. To`rt xlorli titanni gidroliz reaksiyasi tenglamasini molekylyar va ionli ko`rinishda yozig.
421. Germaniy bilan konsentrlangan nitrat va sul`fat kislotalar orasida bo`ladigan reaksiya tenglamalarini yozing.
422. Tarkibida Ge2+, Sn2+ va Pb2+ ioni bo`lgan eritmaga oz-ozdan ishqor qo`shilsa, nima hosil bo`ladi? Tegishli reaksiya tenglamasini yozing.
423. Tarkibida 20% bekorchi jins bo`lgan 1000 tonna qizil temirtoshdan tarkibida 94% temir bo`lgan qancha cho`yan qo`yish kerak?
424. Tarkibida 93% temir bo`lgan 2 tonna cho`yan quyish uchun 90% temir (III)- oksid bo`lgan magnitli temirtoshdan qancha kerak bo`ladi?
425. 7,6 g FeSO4 ni neytral va kislotali eritmalarda oksidlash uchun necha gramm kaliy permaganat kerak bo`ladi?
426. Suvda erimaydigan FeCO3 ni quyidagi reaksiya asosida suvda eriydigan FeSO4 ga aylantiriladi:
FeCO3+2KHSO4→K2SO4+FeSO4+H2O+CO2
Necha gramm temir karbonatdan 6,08 g temir sul`fat hosil qilish mumkinligini hisoblang.
427. Temir bilan magniyning 8 gramm aralashmasiga xlorid kislota ta`sir ettirilsa, (n.sh.da) 4,48 l vodorod ajralib chiqadi. Aralashmada necha gramm temir va magniy borlig`ini hisoblang.
428. Temir kuyundisining sul`fat kislotada erib, temir (III)- sul`fat tuzini hosil qilish reaksiya tenglamasini yozing:
a) 0,5 kg-mol`, b) 200 kg temir sul`fat6 hosil bo`lishi uchun qancha temir kuyundisini sul`fat kislotada eritish kerakligini hisoblang.
429. Ba2 [Fe (CN)4] kompleks tuz eritmasida qanday ionlar bo`ladi? Quyida ko`rsatilgan moddalarning qaysilari eritmada Ba2[Fe(CN)6] bilan o`zaro ta`sir etadi: Na2SO4, NaOH, FeCI3, Br2?
430. CuSO4, HNO3 va KOH dan foydalanib, berlin zangorisini anday hosil qilish mumkin? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
431. Kobal`t sul`fat CoSO4 eritmasi ishqor qo`shib qizdirilgandanda loyga o`xshash cho`kma, nikel` sul`fat NiSO4 eritmasi esa och yashil cho`kma hosil qiladi. Brom ta`sir ettirilganda ikkala
432. Metall atomlarining tuzilishi metallmaslar atomlarining tuzilishidan qanday farq qiladi? Metall boglanish mohiyati nimadan iborat?
433. Metallar davriy jadvalda qanday joylashgan? Nooraliq va oraliq metallar xaqida nimalar bilasiz?
434. Metallarning kristall tuzilishi va fizikaviy xossalarini aytib bering.
435. “Metallarning kuchlanishlari qatori” va “metallarning elektr kimyoviy qatori” deganda nimalarni tushunmoq kerak?
436. Vodorod, MgO, CuO, Bi2O3, HgO lardan qaysilarini qaytara oladi?
437. Qaysi metallar suyultirilgan nitrat kislotani NH3, ga qadar, qaysilari NO ga qadar qaytariladi?
438. Nikel formulalari Pb(NO3)2, Cu(NO3)2, AgNO3, ZnSO4 tuzlarning qaysilaridan metallarni siqib chiqara oladi?
439. Bosh va yonaki gruppacha metallarining kimyoviy xosallari davr ichida va gruppa gruppa ichida qanday o’zgaradi?
440. Konsentrlangan nitrat kislota misga qanday ta’sir etadi?
441. CuSO4 eritmasi platina elektrodlar bilan elektroliz qilinganida nimalar ajralib chiqadi?
442. Magniy sulfat eritmasiga magniy va qo’rgoshin nitrat eritmasiga tushirilgan qo’rgoshindan tuzilgan galvanik elementning standart sharoitdagi EYUK ni toping.
443. Magniy tuzi eritmasiga tushirilgan magniy va temir tuzi eritmasiga tushirilgan temirdan tuzilgan galvanik elementda qanday oksidlanish-qaytarilish reaksiyalar sodir bo’ladi.
444. 2% li kumush nitrat (AgNO3) eritmasining 170g massasiga 10g ruh plastinka botirilgan. Reaksiya tugaganidan keyin ruh plastinka qanday massaga ega bo’lib qoladi?
445. Tarkibida 16g mis (II)-sulfat bo’lgan eritmaga 4,8g temir qipiq solingan. Bunda qanday moddalar hosil bo’lgan va ularning massalari qanday bo’lgan?
446. Tarkibida 10% qo’shimchalar bo’lgan temirtoshning (Fe3O4) qanday massasiga 2 tonna temir bo’ladi?
447. 960 tonna Fe2O3 tarkibida bo’lgan temirni qaytarish uchun qanday hajm (n.sh.da) CO kerak bo’ladi?
448. Xrom (II)-sulfat, xrom (III)-sulfat, xromat kislota, dixromat kislota formulalarini yozib bering.
449. Temir atomining elektron konfigurasiyasini yozib bering. Temir rudalarining formulalarini yozib bering.
450. Temir bilan magniyning 8 gramm aralashmasiga xlorid kislota ta`sir ettirilsa, (n.sh.da) 4,48 l vodorod ajralib chiqadi. Aralashmada necha gramm temir va magniy borlig`ini hisoblang.
451. 960 tonna Fe2O3 tarkibida bo’lgan temirni qaytarish uchun qanday hajm (n.sh.da) CO kerak bo’ladi?
452. =1,16 g ml bo’lgan 232 g 2M li KBr eritmasidan hamma bromni siqib chiqarish uchun yetarli xlor olishga sarflanadigan =1,19 g\ml bo’lgan 36,5% li HCl eritmasining hajmini va MnO2 massasini hisoblang.
453. 2 g texnik Mg HCl kislota bilan ishlanganda n.sh.da 224 ml gaz ajralib chiqdi. Namuna tarkibidagi Mg ning va reaksiya kirishgan 20% li =1,1 g\ml bo’lgan HCl ning hajmini aniqlang.
454. 1 l oltingugurt kolchedonida 80 g selen bo’ladi, oltingugurt kolchedani kuydirilgandan keyin qolgan kuyindining 1 tonnasidan esa 20g selen qoladi. Kuyindining massasi kolchedon massasining 55% ini tashkil etadi 1 t kolchedon kuydirilganda hosil bo’ladigan gazlarda qancha selen (IV)-oksid bo’lganligini hisoblab toping.
455. 20% li 40g sulfat kislotada 60 g sulfat angidrid eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi sulfat angidridning massa ulushini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |