O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“Kimyo” kafedrasi
“Kimyo” fanidan mustaqil ishlarini bajarish
bo`yicha uslubiy ko`rsatma.
Buxoro-2021
“Kimyo” fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatma.
PhD N.Z.Adizova, M.I.Sadikova, M.S.Raxmatov.Buxoro. 2021.
Texnik yo’nalish bakalavrlari uchun “Kimyo” fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatma
Tuzuvchilar: PhD N.Z.Adizova. “Kimyo”kafedrasi assistenti
M.I.Sadikova. “Kimyo” kafedrasi assistenti
G.A.Gafurova “Kimyo” kafedrasi assistenti
M.S.Raxmatov. “Kimyo” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
B.G’Ramazonov BuxMTI “Kimyo” kafedrasi dotsenti
M.Ya.Ergashev BuxDU “Organik va fizkolloid kimyo” kafedrasi professori, k.f.n.
Ushbu o’quv ko`rsatma, “Kimyo” fani namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo’lib, “Kimyo” kafedrasining 2021 yil 28-avgustdagi 1–sonli majlisida muhokama qilinib, chop etish uchun tavsiya qilingan.
Buxoro muxandislik texnologiya instituti uslubiy kengashining 2021 yil ________dagi 1–sonli bayonnomasi asosida foydalanishga tavsiya etilib, ko’p nusxada chop etishga ruxsat etilgan.
Kirish
Kimyo kursi barcha sohadagi muttaxassislar uchun kimyoviy bilimlar asosiy bo`lib hisoblanadi. Kimyo kursini o`rganayotgan har bir talaba darslik va qo`llanmalar bilan mustaqil ishlay olishi, nazorat ishlarni bajarishi, laboratoriya va amaliy darslarni o`zlashtirishi, to`plagan bilimlarni o`quv jarayoni va ishlab chiqarishga tadbiq eta olishi kerak. Buning uchun talabalar kursning dasturi, ma`ruzalar mavzularining hajmi bilan yaqindan tanishib, ma`ruza, laboratoriya va amaliy mashg`ulot darslariga to`la qatnashishi va shu fanga doir mustaqil ishlarini bajarishi shartdir.
Mazkur uslubiy ko`rsatma “Kimyo” fanidan “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi”, “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (xktt), “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (trikotaj, charm buyumlari va charm mo’yna) , Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi va Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, Energetika ta’lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun tasdiqlangan dasturi asosida tayyorlandi. Unda zikr etilgan yo`nalish bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarga kimyo fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun zarur bo`lgan savollar, mashq va masalalar, asosiy va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati keltirilgan.
Mustaqil ishi tashkil etishning shakli va mazmuni.
Mustaqil ish talabaning auditoriyadan tashqari ijodiy izlanishiga yo`naltirilgan ta`lim shakli bo`lib, talaba mustaqil ish tarzida muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
-Darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;
-tarqatma va didaktik materiallar tayyorlash
-ma`ruzaning ma`lum qismidan elektron slaydlar tayyorlash.
-yangi texnikalarni apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o`rganish.
-talabaning o`quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish uchun kimyo fani mavzulari va bo`limlarini chuquр o`rganish.
-masofaviy ta`lim.
-maxsus adabiyotlardan foydalanib, fan bo`lim va mavzularidan test va masala -mashqlar tayyorlash.
-Kimyoviy tajribalarga doir asboblar kompleksini yig’ish va tajribalar o`tkazish.
Talaba mustaqil ish savollarini gurux jurnalidagi raqamiga mos variant olish kerak. Javoblar aniq, tegishli tushuncha,formula reaktsiya tenglamalari bilan asoslangan bo`lishi kerak. Mustaqil ishdan olgan baho joriy oraliq nazoratni baholashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |