1Кимёнинг асосий тушунча ва қонунлари


II. Mustaqil ishlash uchun masala va mashqlar



Download 0,58 Mb.
bet3/8
Sana08.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#644079
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Мустакил таълим

II. Mustaqil ishlash uchun masala va mashqlar .
I. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari.

  1. a) 4 g uglerod ; b) 71 g xlor; v) 4 g oltingugurt; g) 32 g kislorod d) 21,9 g oltin necha molni tashkil qiladi ?

  2. 115 g natriy, 114 g kalsiy, 113 g alyuminiy, 112 g kremniy necha mol bo’lishini hisoblang.

  3. a) 2 mol oltingugurt; b) 0,5 mol mis; v) 1,5 mol kalsiy; d) 1,8 mol fosfor necha gramm bo’ladi.

  4. 3 mol suv og`irmi yoki 1 mol nitrat kislotami?

  5. a) 22 g karbonat angidrit (CO2), b) 34 g ammiak ( NH3);

v) 32 g oltingugurt (IV) oksid (SO2); g) 190 g natriy xlorid necha mol bo`ladi?

  1. a) 40,3 kg magniy oksid; b) 5 t 850 kg natriy xlorid;

v) 340 kg vodorod sul`fid necha mol bo`ladi?

  1. 1 litr suvda necha mol kislorod va vodorod bo`lishini hisoblang.

  2. Quyidagi birikmaning qaysi birida azotning modda miqdori ko`p? a) ammoniy nitrat (NH4 NO3 ); b) kaliy nitrat ( KNO3); v) ammoniy sul`fat ((NH4)2SO4)

9. Kalsiy fosfat (Ca3(PO4)2) va AlPO4 tarkibidagi fosforning foiz miqdorini hisoblang.
10. Aralashma tarkibida 50% mis (II) oksid bor. Shu aralashmaning bir tonnasida necha gramm mis borligini hisoblang.
11. a) ammoniy gidroksid (NH4OH), xlorid kislota (HCI), bariy gidroksid (Ba(OH2)) va sulfat kislota (H2SO4) lardagi vodorodning; b) magniy sulfat (MgSO4), temir (III) oksid (Fe2O3) tarkibida 5 molekula suv bo’lgan mis sulfat (CuSO4 * 5H2O) lardagi kislorodning; v) nitrat kislota (HNO3), natriy nitrat (NaNO3), amoniy nitrat (NH4NO3), amoniy gidrofosfat ((NH4)2HPO4)larda azotning foiz ulushini hisoblang.
12. a) qanday massadagi karbanat angidrid (CO2) da; b) qanday massadagi natriy karbonat (Na2CO3)da 3 g uglerod bo’lishini toping.
13. Paxta maydonining bir gektariga 10 kg azot kerak. Shu azot a) necha kilogram kaliy nitrat (KNO3) da, b) necha kilogram amoniy nitrat (NH4NO3) da, v) qancha mol ammoniy gidroksid (NH4OH) da bo’ladi?
14. 30 gr CO2, 12g NH3, 16gr C2H2 normal sharoitda qanday hajmni egallashini va nechta molekula saqlashini hisoblang.
15. 20 gr kaliy permanganat va bertole tuzi parchalanganda normal sharoitda o’lchanganda qancha hajm kislorod ajralib chiqadi?
16. Normal sharoitda olingan 20 l karbonat angidrid (CO2), 7 l kislorod (O2) va 14 l azotdan iborat gazlar aralashmasining massasini hisoblang.
17. a) ammoniy gidroksid (NH4OH), bariy gidroksid (Ba(OH2)) va sulfat kislota (H2SO4), magniy sulfat (MgSO4), temir (III) oksid (Fe2O3), mis sulfat (CuSO4 * 5H2O) lardagi kislorodning; b) nitrat kislota (HNO3), natriy nitrat (NaNO3), amoniy nitrat (NH4NO3), amoniy gidrofosfat ((NH4)2HPO4)larda azotning foiz ulushini hisoblang.
18. Gazning 80.95* 1021 ta molekulasi normal sharoitda qanday hajmni egallaydi?
19. Tarkibida 85.7% uglerod va 14.3% vodorod bo’lgan modda bug’inining vodorodga nisbatan zichligi 14 g/sm3 ga teng. Shu moddaning molekulyar formulasini chiqaring.
20. Tarkibida 37.5% uglerod, 12.5% vodorod va 50% kislorod bo’lgan modda bug’ining havoga nisbattan zichligi 1.1034 g/sm3 ga teng. Shu moddaning molekulyar formulasini toping.
21. Tarkibida 42.857 % uglerod va 57.143 % kislorod bo’lgan moddaning bir litri normal sharoitda 1.25 g keladi. Shu moddaning molekulyar formulasini toping.
22. 1.5 g gazning yonishi natijasida 4.4 g karbonat angidrid va 2.7 g suv hosil bo’lgan va bu gazning bir litri normal sharoitda 1.34 g kelgan. Gazning molekulyar formulasini toping. 1l gaz yonishi uchun necha litr kislorod sarf bo’lishini hisoblab chiqing.
23. 4.6 g organik modda batamom yondirilganda 8.8 g karbonat angidrid va 5.4 g suv hosil bo’lgan. Bu modda bug’ining 1 litri normal sharoitda 2.053 g keladi.Uning molekullar formulasini toping.
24. 10 g azod oksid tarkibida 3.68 g azod bor. Shu oksidning oksidning formulasini toping.
25. Xlorid kislotaga 20 g rux ta’sir ettirilganda ko’proq vadorod ajralib chiqadimi yoki 25 g temir ta’sir ettirilgandami?
26. Laboratoriyada kislorod bertole tuzidan va kaliy permanganatdan olinadi. 28 g KMnO4 va 30g KCIO3 parchalanganda normal sharoitda o’lchangan necha hajm kislorod ajralib chiqaqdi.
27. Tarkibida 0.5 bariy xlorid (BaCl2) bo’lgan eritmaga tarkibida 2 mol mis sulfat (CuSO4) bo’lgan eritma ta’sir ettirilganda qancha cho’kma hosil bo’ladi va qaysi moddadan qancha ortib qoladi?
28. Tarkibida 48% qo’shimcha bo’lgan 120 g rux va rux oksidi aralashmasiga sulfat kislota tasir etirilganda normal sharoitda o’lchangan qancha hajm vodorod ajralib chiqadi?
29. Tarkibida 10% qo’shimcha mahsulotlar bo’lgan 80 g mis oksid CuO vodorod oqimida qizdirilgan. Reaksiya tamom bo’lgandan keyin qizdirish to’xtatilgan. a) necha gram vodorod reaksiyaga kirishgan? b) bu tajribada qancha mis va qancha suv hosil bo’lgan?
30. 1.5 g metall kislorodda yondirilganda 2.48 g oksid hosil bo’lgan bo’lsa, metallning ekvivalentini hisoblang.
Atom tuzilishi
31. Elektronlar qanday qoidaga binoan pog’onalarda joylashgan?
32. a) bosh kvant soni, b) yordamchi yoki orbital kvant soni
v) magniy kvant soni, g) spin kvant sonlar haqida ma’lumot bering.
33. Xrom atomining normal va qo’zg’algan holatlarida elektronlarning energetik yacheykalarda taqsimlanishiga asoslanib, xromning 3 va 6 valentli bo’lishini izohlang va elektron formulalarini yozing.
34. 15-guruh elementlari vodorod bilan qanday birikmalar hosil qiladi? Ulardan eng barqaror va eng beqaror birikmaning nomini ayting.
35. Davriy sistemada joylashgan o’rniga qarab, tartib raqami 33 bo’lgan elementning kimyoviy xossalarini aytib bering.
36. Atom yadrosi tarkibi haqida to’liq ma’lumot bering.
37. Tartib raqami 51 bo’lgan element qaysi qator, qaysi davr va qaysi guruhda joylashgan? Bu elementning eng yuqori va eng past valentli oksidlari qanday xossaga ega?
38. Fosfor izotoplari 1530P 3115P 3315P ning yadrolarida nechta praton va neytron borligini aniqlang.
39. Bor atomi 105B va 115B dan iborat. Uning atom massasi 10.81 ga teng. Bor izotoplarning foiz miqdorini aniqlang.
40. s, p, d va f-elementlarning eng tashqi energetik pag’onalarida qancha elektron bor? Misollar keltiring.
41. 4019K izotopning yemirilishidan β-zarrachalar hosil bo’ladi. Natijada u qaysi element izotopiga aylanadi?
42. Atom yadrosining musbat zaryadi qanday aniqlanadi?
43. Agar yadro zaryadi va massa soni ma`lum bo’lsa, atom yadrosidagi neytronlar sonini qanday aniqlash mumkin? Misollar bilan tushuntiring.
44. Quyidagi atomlar yadrosida (1939K 51123Sb,23892U ) nechtadan neytron bor?
45. Tartib nomerlari 5, 6, 7, 8 va 9 bo’lgan elementlarning vodorodli birikmalari bir-biridan qanday xossalari bilan farq qiladi?
46. Xlorning atom massasi 35,453 ga teng. Uning elektron konfiguratsiyasini tuzing.
47. Berilliy yadrosi bitta a-zarrachani biriktirib olib, bitta neyton ajratib chiqarsa qanday element hosil bo’ladi?
48. Yadro qurollarini sinash davrida atmosferaga chiqadigan radioaktiv moddalar ichida inson uchun xavfli bo’lgan radioaktiv izotoplardan stronsiy 90, seziy 137 va yod 131 ajraladi. Shu izotoplarning kimyoviy belgilarini yozib, ularning yadrosidagi nuklon miqdorini aniqlang.
49. Radiyning a-zarracha chiqarishi bilan sodir bo’ladigan radioaktiv emirilish reaksiya tenglamasini yozing.
50. Marganes atom yadrolari neytronlar bilan bombardimon qilinganda geliy va yana bir element hosil bo’ladi . Yadro reaksiyasi tenglamasini yozing.
51. Tabiiy xlor 75,4 %-Cl va 24,6 %-Cl izotoplar aralashmasidan iborat. Xlorning o’rtacha atom massasini hisoblab toping.
52. Alyuminiyni tez harakat qiluvchi pratonlar bilan bombardimon qilinganda magniy hosil bo`lgan. Bunda qanday zarracha ajralib chiqqan?
53. Uglerod elementi berilliy atomlariga a-zarrachalar yog`dirib olingan. Bunda yana qanday zarracha hosil bo`ladi? Yadro reaksiyasining tenglamasini to`liq yozing.
54. Yadro reaksiyalarini amalga oshirish uchun qanday zarrachalardan foydalanish mumkin?
55. Yadro reaksiyasining unumi deb nimaga aytiladi?
56. Qaysi elementlar kosmosda eng ko`p tarqalgan?
57. Davriy jadvalda tartib raqami juft son bo`lgan elementlar ko`p tarqalganmi yoki tartib raqami toq bo`lgan elementlarmi?
58. Atomning ionlanish energiyasi deganda nimani tushunasiz?
59. Tartib raqami 51 bo`lgan elementning elektron formulasini:
a) holati uchun; b) Sb3+ va Sb3- holati uchun yozing.
60. Quyidagi metallarni ionlanish potensiali ortib boorish tartibida joylashtirihg. Natriy, kaliy, kalsiy, alyuminiy.
61. 24 ta proton , 28 ta neytron va 24 elektronlari bo`lgan element qaysi?
D.I. Mendeleyev davriy sistemasi va davriy qonuni
62. Qaysi davr va guruh elementining metallmaslik xossasi kuchliroq?
63. Davriy sistemada joylashgan o`rniga qarab, tartib raqami 53 bo`lgan elementining kimyoviy xossalarini aytib bering.
64. Quyida ko`rsatilgan ionlar neytron atomlariga aylanishi uchun ular nechtadan elektron biriktirib olishi yoki yo`qotishi kerak:
J-, S2, Ca2+, Cr3+ , Pb4+
65. Quyidagi ionlarning har biridan ikkitadan elektron olinsa, ular nimaga aylanadi: Sn2+, Pb2-, Fe2+
66. Atomlardan quyidagi ion birikmalarning hosil bo`lish jarayonini elektronli tenglamalar bilan ifodalang: CaO, Sn O2, BaCI2, Cr2O3
67. Atomlardan quyidagi moddalar hosil bo`lish jarayonini elektronli tenglamalar bilan ifodalang: K2S, FeCI2, Fe2O3, ZnO.
68. Atomdagi elektronlarning n, l, m va ms kvant sonlari nimani xarakterlaydi va ularning har biri qanday son qiymatlariga ega bo`lishi mumkin?
69. Atomdagi qanday elektronlarga s,p,d, va f-elektronlar deyiladi? Bu elektronlarning elektron pog`onasidagi maksimal soni qanday formula yordamida topiladi?
70. Natriy, berilliy, bor, qo`rg`oshin, azot va marganes elementlari atomlarining elektron formulasini yozing.
71. Tartib nomeri 16 bo`lgan element qaysi qator, qaysi davr va qaysi guruhda joylashgan?
72. IV davr 5-qator va IV guruhda joylashgan elementning tartib nomerini aniqlang.
73. III davr VI guruhda joylashgan elementning elektron formulasini tasvirlang. Bu element qaysi oilaga kiradi.?
74. Tartib nomeri 7, 27, 37 bo`lgan elementlarning elektron formulalarini yozing. Ularning qaysi biri p-elementga mansub?
75. Tartib nomeri 9, 19, 29, 39, 49, 59 bo`lgan element atomlarining energetik pog`ona va pog`onachalarida elektronlar qanday taqsimlangan? Bu elementlar qaysi elektron oilaga kiradi?
76. Quyidagi elektron formulalar bilan ifodalangan elementlarning davriy jadvalda joylashgan o`rnini aniqlang.

  1. 1s22s22p4 v) 1s22s22p63s23p64s2

  2. 1s22s22p63p1 g) 122s22p63s23p63d14s2

77. Energetik yacheykalarda elektronlarning taqsimlanishi quyidagi sxemalar bilan ifodalangan elementlarning davriy sistemada turgan o`rnini aniqlang va ularning nomini yozing. Bu elementlar qaysi elementlar oilasiga mansub.
78. Oltingugurtning manfiy ikki, musbat to’rt va musbat olti valentli ionlarining tashqi elektron qavatlari qanday tuzilgan?
79. Kremniy, germaniy va qalayning kislorod bo’yicha maksimal valentligi 4 ga teng, shu atomlarning tashqi elektron qavatlarida nechtadan elektron bor?
80. Uchinchi davrda joylashgan, sirtqi qavatida ikkita elektroni bor metallning nomini ayting.
81. Kaliy, kalsiy, skandiy, titan atomlari elektron qavatlarining tuzilish sxemalarini yozing.Ular bir-biridan nima bilan farq qiladi?
82. Bariy № 56 va qo’rg’oshin № 82 atomlarining tashqi qavatida nechtadan elektron bor?
83. IV guruhiga joylashgan, atomning tashqaridan oldingi elektron qavatida a) 8 ta elektroni, 6) 18 ta elektroni bor elementning nomini ayting.
84. D.I.Mendeleyev davriy sistemasining beshinchi davrida joylashgan kumush va kadmiy atomlarining tashqi qavatida nechtadan elektron bor?
85. Tashqi elektron qavatida 2p2 3p24p25p26p2 bo’ladi. Shu elementning nomini ayting.
86. Kalsiy atomi elektronlarning soni argon atomidagidek bo’lib qoladigan darajada o’zgarishi mumkinmi? Javobingizni izohlab bering.
87. Vadaniy va xromning qaysi orbitallari boshqa elementlar bilan bog’lanish hosil qilishda ishtirok etadi?
88. Atomlarning elektron konfiguratsiyasi 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p64d105s25p3 bo’lgan elementning nomini ayting.
89. Fosfor, xlor, oltingugurt, temir atomlarining elektron qavatlarida nechta juftlashgan va nechta juftlashmagan elektronlar bo’ladi?
90. Davriy jadvaldagi o’ringa qarab, Mendeleyeviy elementining xossalari oldin kashf etilgan elementlarning qaysi biriga ko’proq o’xshash ekanligini ayting.
91. Davriy sistemadagi s-elementlar atomlarining tuzulishi p-elemenlardan nimasi bilan farq qiladi?

Kimyoviy bog’lanishlar


92. Ushbu J2, NaCl, H2O moddalari molekulalaridagi kimyoviy bog’lanish tiplari qandayligini ko’rsating. Ion bog’li moddalar uchun tegishli ionlarning neytral atomlariga aylanish tenglamalarini tuzing.
93. Ushbu: HCl, H2S, NH3 moddalar molekulalarining elektron sxemasini tuzing. Qaysi modda molekulalari ko’proq qutbli bog’lanishga ega?
94. Quyidagi atom birikmalari molekulasida elektronlar qaysi element tomoniga siljiganini ko’rsating va birikmalarning har biridagi element valentligini aniqlang: CaF2, AlF3 ,SiCl4, FeBr3
95. Quyida ko’rsatilgan birikmalardagi elementlarning valentliklari sonini va zaryadini aniqlang: CaF2, AlF3, SiCl4, BeBr3
96. Kremniyning quyidagi tabiiy birikmalarida kremniy valentligi bir xil ekanligini hisoblang: dala shpati–K2Al2Si6O16 , kaolin–H4Al2Si2O9; asbet- Mg3 Si2O7.
97. Kaliy xlorid , muz, olmos qanday kristall panjaraga ega? Ionli panjaraga ega bo`lgan birikmada tegishli neytral atomlarga aylanish tenglamalarini tuzing.
98. Ush bu CaF2, NH3, SiC moddalar qanday kristall panjaraga ega? Ionli panjaraga ega bo`lgan moddalardagi tegishli ionlarning neytral atomlarga aylanish tenglamalarini tuzing.
99. Kalsiy oksid, rux va ammiakning kristall panjaralari tiplarini ko`rsating. Ionli panjaraga ega bo`lgan birikmadagi tegishlb ionlarning neytral atomlarga aylanish tenglamalarini tuzing.
100. Atomdagi qanday elektronlarga s,p va d-elektronlar deyiladi? Bu elektronlarning atomdagi eng ko`p soni qanday formula topiladi?
101. Quyidagi molekulalarda elektronlar qaysi element atomi tomoniga siljigan? Kimyoviy bog`lanish tiplarini aniqlang.
CaCI2, FeCI2, NO2, NaF, F2O, NH3, CaO, FeCI3, HCI, H2O, MgBr2, HBr.
102. Quyida keltirilgan moddalarning qaysilari kovalent bog`langan NaCI, O2, CI2, CO2, N2, CO, PH3? Molekulada elektron juftlar qaysi atomga tomon siljigan?
103. Oksidlanish darajasi -3,+1, +2,+3,+4 va +5 ga teng bo`lgan azot ionlarining elektron formulalarini yozing
104. Oksidlanish darajasi +2, +4, +6, +7 ga teng bo`lgan marganes ionlarining elektron formulalarini yozing.
105. Ca2+, Cr6+, Fe3+, Ba2+, CI7+, S6+, Sb3+ ionlarining elektron formulalarini yozing.
106. Quyidagi birikmalar: HCI, HCIO, HCIO2, HCIO3, HCIO4, KMnO4, Mn(NO3)2, MnO2, H2S, H2SO3, Na2S2O3 birikmalarda xlor, oltingugurt va marganesning oksidlanish darajasini toping.
107. Quyidagi moddalar molekulasidagi bog`ning qutbliligini hisoblab toping: HCI, H2O, NH3, AsH3, NaCI, NaF, CaCI2
108. Quyidagi moddalarni bog`lanish xarakteriga qarab 3 guruhga ajrating. KCI, SiO2, CO2, H2O, H2, N2, PH3, NH3, O2, BaCI2, Na2O, CaO, SO3, SO2, N2O5.
109. Quyidagi molekulalarning qaysi birida donor-akseptor bog`lanish mavjud: H2,O, NH3, NH4OH, CO2, CO, CaO, MgO.
110. Kislorod molekulasi va brom molekulasida atomlar orasidagi bog`lanish qaysi qavat elektronlari hisobiga sodir bo`ladi?
111. Kimyoviy bog`lanishning sababi elektronlarning bir elementdan ikkinchi elementga o`tishi degan fikr to`g`rimi? Javobingizni izohlab bering.
112. Galogenlar vakili xlor turli xil kimyoviy bog`lanish ionli, qutbli kovalent va qutbsiz kovalent bog`lanish hosil qilishi mumkinligiga misollar keltiring.
113. Uglerod ionli bog`lanish ham, kovalent bog`lanish ham hosil qila oladimi?
114. Vodorod bog`lanishli birikma molekulalari orasidagi bog`lanishni barqaror kimyoviy bog`lanish desa bo’ladimi? Javobingizni misollar bilan izohlang.
115. Xlor, azot va kislorod molekulasi hosil bo`lishida bir xil sondagi elektron juftlari hosil bo`ladimi? Javobingizni formula asosida izohlang.
116. Quyidagi bog`lanishlardan qaysi birida bog`lanish mustahkamligi eng kuchli ifodalangan.

  1. Na-CI; v) H-CI b) O-O; g) H-N-H

ǀ
H
117. Berilgan moddalar ichida qaysi birida qutbsiz kovalent bog`lanish orqali bog`langan: a) HNO3; b) H2O, v) CI2
118. Donor-akseptor bog’ qanday bog’ ekanligini misollar bilan tushuntiring.
Kimyoviy reaksiyalarda energetik hodisalar
119. H2O (bug’) ning hosil bo’lish issiqligi 241.88 kJ/mol , NH3 ning hosil bo’lish issiqligi 46.2 kJ/mol ga tengligini bilgan holda, ammiakning yonish reaksiyasining issiqlik effektini hisoblang.
120. Normal sharoitda o’lchangan 134.4 l uglerod (IV)- oksid olish uchun 1205.4 kJ issiqlik yutiladi. CaCO3 ning parchalanish reaksiyasining issiqlik effektini hisoblang. Reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
CaCO3 →CaO + CO2
121. 19.5g benzol C6H6 yonganda qancha miqdor issiqlik ajralib chiqadi? C6H6, H2O (bug’) va CO2 ning hosil bo’lish issiqligi mos holda – 49.0;- 241.88;-393.62 kJ/mol ga teng
122. Fe2O3 alyuminiy bilan qaytarilganda 213.37 kJ issiqlik ajralib, 25.49 g Al2O3 hosil bo’ladi, alyuminiy oksidining hosil bo’lish issiqligini hisoblang.
123. CuO + C → Cu + CO
Reaksiyaning issiqlik effekti + 44.45 kJ/, CO ning hosil bo’lish issiqligi esa + 110.55 kJ/mol ga tengligini bilgan holda, CuO ning hosil bo’lish issiqligini hisoblang.
124. Quyidagi termokimyoviy tenglamalar bilan ifodalangan reaksiyalarning issiqlik effektini va entropiya o’zgarishini hisoblang:
a) MgO + CO2 = MgCO3
b) CaCO3 ↔ CaO + CO2
v) Fe2O3 + 3CO↔ 2Fe + 3CO2
125. Quyidagi reaksiyalarning issiqlik effekti ∆Hk . p. ni hisoblang:
a) CaO(K) + H2O(bug’) = Ca(OH)2
b) H2O(bug’) + C(k) = CO(r) + H2 (r)
126. Quyidagi termokimyoviy tenglamaga asoslanib, metil spirtini hosil bo’lish issiqligi ∆H0CH3OH ni va ∆S0298 ni hisoblang.
CH3OH(c)+ 3/2O2(r) =CO2(r) _2H2O(c) +720,07 kJ.
127. Quyidagi termokimyoviy tenglamaga asoslanib, uglerod sulfidning hosil bo`lish issiqligi ∆H0cs ni va –∆G0298ni hisoblang.
CS2+3O2= CO2+ 2SO2+ 1102,3 k J.
128. Quyidagi termokimyoviy tenglamaga asoslanib, vodorod sul`fidning hosil bo`lishi issiqligi –∆H0H2S ni va –G0298 ni hisoblang:
H2S(r) + O2(r) = SO2(r) +H2O (bug`)+518,4 k J.
129. Quyida keltirilgan H2S ning yonish reaksiyalaridan qaysi birida issiqlik ko`proq ajraladi? Har bir reaksiya uchun ∆G0298ni hisoblang.
a) 2H2S(r) +O2(r) =2H2O(bug`)+2S(q)
b) 2H2S(r) +3O2 (r) =2H2O(bug`) + 2SO2(r)
130. Teng hajmlarda olingan vodorod bilan uglerod (II) oksiddan iborat 224 l suv gazi yondirilganda qancha issiqlik chiqadi? (Suv gazi yonganda suv bug`i bilan uglerod (IV) oksid hosil bo`ladi.
131. Fe2O3 ni vodorod bilan qaytarish tenglamasi quyidagicha:
Fe2O3(k) + 3H2(r) = Fe(k) + 3H2O(bug’) + 96.61 kJ
Entropiya o’zgarishi ∆S298 = 0.1387 kJ/mol gramm bo’lsa, shu reaksiya standart ravishda boradimi?
132. Quyidagi jarayon uchun qanday temperaturada kimyoviy muvozanat qaror topadi:
4HCl(r) + O2 = 2H2O(bug’) + 2Cl2 – 114.42 kJ.
133. Quyidagi reaksiyalar uchun ∆S298 va ∆G0298 hisoblansin:
Fe2O3(k) + 3CO(r) = Fe(k) + 3CO2(r)
2SO2(k) + O2(r) = 2SO3(k)
134. Atsetilenning yonish issiqlik effekti va sistemada entropiya o’zgarishini hisoblang:
C2H2(r) + ½O2(r) = 2CO2(r) + H2O(bug’)
135. Etil spirtining hosil bo’lishi quyidagi reaksiya bo’yicha boradi:
C2H4(r) + H2O(bug’) ↔ C2H5OH(r)
Reaksiya uchun ∆S298 va ∆G0298 larni hisoblang.
136. Atsetilen quyidagi reaksiya bo’yicha yonadi.
C2H2(r) + ½O2(r) = 2CO2(r) + H2O(bug’)
0.25 mol va 5.6 l (n.sh) atsetilen yonganda issiqlik effektini hisoblang.
137. Quyidagi reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang:
a) CO + H2O(bug’) = CO2 + H2
b) CaO + SO2 = CaSO3
138. Quyidagi reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang:
Cr2O3(k) + 2Al(k) = 2Cr(k) + AI2O3(k)
Agar reaksiyaga 0.1 mol Al kirishsa, qancha issiqlik chiqishi mumkin?

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish