1. Kapital etarliligiga minimal talab (kredit, operatsion va bozor risklarining baholash
jihatlarini aks ettiruvchi tijorat banklari kapitali etarliliga minimal talab). Bundan asosiy maqsad,
bank regulyativ kapitalining mavjud iqtisodiy risklarga nisbatan ta’sirchanlik darajasini yanada
aniqlashtirishdan iborat.
2. Nazorat jarayonlari (joriy nazorat). U banklar va nazorat organlari o‘rtasidagi aloqalarni
yanada yaxshilashga urg‘u beradi. Bazel qo‘mitasi risklarni hisoblashda nafaqat kapitalga
nisbatan minimal talablarga rioya qilinishini tekshirish, balki tijorat banklari va nazorat
organlarining tahlil imkoniyatlarini rivojlantirish, xususan kapital etarliligini ichki baxolash
metodlari bilan baxolashda stress-testni yo‘lga qo‘yishni taklif etadi. Stress-test aktivlarni
baxolashda yuzaga keladigan salbiy o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |