Ijtimoiy-siyosiy risklarga avvalo huquqiy omillar kiradi. Davlat savdo va valyuta orqali
iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshiradi, valyuta cheklovlari va valyuta
intervensiyalari, kvotalash, litsenziya berish, bojxona bojlari, subsidiyalar va boshqalardan
foydalanadi. Bunda barcha vositalar o‘zaro uzviy bog‘liq. Ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlar
ish bilan bandlik, daromadlar darajasi, milliy mahsulot ishlab chiqarish xajmi, import va
eksport miqdorlariga ta’sir qiladi. Risklar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning barcha
vositalariga ta’sir darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish muhim. CHunki har bir
harakat risk bilan bog‘liq bo‘ladi va demak, risklar bir-biridan alohida amal qilolmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |