1–jadvalda bank risklarini boshqarish jarayonining vazifalarini belgilovchi to‘rtta asosiy bosqichi ko‘rsatilgan



Download 33,65 Kb.
bet12/14
Sana03.07.2021
Hajmi33,65 Kb.
#108242
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
risk

 
Iqtisodiy  risk  Makrodarajada  iqtisodiy  risk  tashqi  va  ichki,  oldindan  aytib  bo‘ladigan  va 
aytib  bo‘lmaydigan,  mezodarajada  –  sanoat,  agrar  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  risklariga 
bo‘linadi.  Mikrodarajada  sanoat  riski,  firmaning  xo‘jalik  faoliyati  riski  –  tadbirkorlik  va 
investitsiya riski va boshqalarga bo‘linadi. 
Mamlakat  miqyosida  makrodarajada  iqtisodiy  risklarni  aniqlash  juda  muhim  bo‘lib,  boshqa 
mamlakatlar  bilan  iqtisodiy  aloqalar  o‘rnatish,  chetdan  investitsiyalar,  kreditlar  va  boshqa 
moliyaviy qo‘yilmalar jalb qilishda katta ahamiyatga egadir.  

 
34 


Har  bir  mamlakatning  rivojlanish  mavqei  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  iqtisodiy  risklar,  halqaro 
bank  amaliyotida  pul  oqimi,  kredit  va  xisob  operatsiyalari  soxasida  bo‘lgan  risklar  bilan 
bevosita  bog‘liq.  Bu  risklarning  bo‘lishi  va  ularning  darajasi  esa  importchi  yoki  eksport 
davlatga  yoki  kontragent  mamlakatlardagi  siyosiy-iqtisodiy  barqarorlikka  bog‘liq.  Har  bir 
mamlakatda iqtisodiy  yoki  siyosiy  barqarorlikka  asoslanib, shu  mamlakatdagi  iqtisodiy  risk 
darajasini  baholay  olish  chet  el  kapitali  ishtirokida  tashkil  topgan  qo‘shma  banklar  va  bosh 
litsenziyaga  ega  bo‘lgan  bank  tashkilotlari  uchun  dorlzarbdir.  Bank  amaliyotida  uning 
raxbariyati  chet  el  kontragentlarining  moliyaviy  barqarorligiga  noto‘g‘ri  baho  berish 
natijasida ancha xatolarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. SHuning uchun biror davlat bilan uzviy 
iqtisodiy aloqani o‘rnatishda,  ayniqsa kredit va xisob-kitoblar bilan bog‘liq munosabatlarni 
olib  borishda,  undagi  iqtisodiy-siyosiy  barqarorlikni  tahlil  qilib  risk  darajasini  aniqlash 
lozim.  Jaxon  amaliyotida  shu  maqsadda  tavsiya  etiladigan  yo‘llardan  biri  bu  mamlakat 
iqtisodiy risklari hajmini taxlil qiluvchi BERI indeksidan foydalaniladi. Uning yordami bilan 
oldindan mamlakat iqtisodiy risklarining hajmi belgilanadi.  
Mamlakat  iqtisodiy  riskini  bashorat  qilish  davlat  qurilmasining  tarkibi  va  sifat  darajalarini 
tahlil qilishga, shuningdek amaliy ma’lumotlar va nisbatlarni o‘rganishga asoslangan miqdor 
ko‘rsatkichlariga tayanishi kerak. 
Taxlilning  ikki  turi  (sifat  va  miqdor)ning  uyg‘unlashuvi  aniq  va  ravon  bo‘lishi  barcha 
jadvallar va taqqoslangan ma’lumotlar taxlilni engil qilish va uning samaradorligini oshirish 
uchun qisqartmalarni ochib berilishini o‘z ichiga olishi kerak.  
SHu  asosiy  tamoyillar  mamlakat  riskini  aniqlashda  taxlil  qilinayotgan  statistik  va  analitik 
yo‘nalishlarning  ikki  pog‘onali  tizimini  tashkil  qilishga  olib  keladi.  Birinchi  pog‘onada 
o‘lkadagi  holat  to‘g‘risidagi  xisobot  tashkil  kilinadi  (qiskacha  iqtisodiy  ahvol  ta’rifi).  Eng 
avvalo  tahlilning  muhim  bo‘limi  keltiriladi,  ya’ni  mamlakat  iqtisodiy  riskining  darajasi 
haqida xulosa,  ya’ni mamlakatning iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ma’lumotlar va 
asosiy xulosalar tahlil qilinadi.  
Tahlilning  ikkinchi  pog‘onasida  aniq  iqtisodiy-siyosiy  vaziyat  taxlil  qilinadi,  marketing 
tadqiqining natijalari ko‘rib chiqiladi va omillar riski chizmasi bo‘yicha davlatning iqtisodiy 
riski darajasi aniqlanadi.  
Makrodarajada  mamlakat  iqtisodiy  riskini  baholashda  asosiy  ko‘rsatkichlar  sifatida 
quyidagilar tahlil qilinishi mumkin: 
- iqtisodiyotning samaradorligi (bunda YAMMning o‘rtacha yillik o‘sishi hisoblanadi); 
- siyosiy risk darajasi; 
-  jahon  banki  ma’lumotlariga  asosan  olingan  kreditlar  miqdori,  ular  bo‘yicha  qarzdorlik 
darajasi,  kreditni  qaytib  tulash  jarayonining  amalga  oshirilish  sifati,  eksport  xajmi,  tashqi 
qarzlar, tashki savdo oboroti va boshqalar; 
- bank kreditlarini olish imkoniyati; 
- qisqa muddatli kreditlash imkoniyati; 
- uzoq muddatli kreditlash imkoniyati; 
- fors-mojor xolatlarining yuzaga kelishi; 
- mamlakatning kreditga layoqatlilik darajasi; 
- tashki karzlar bo‘yicha to‘lanmagan majburiyatlar. 

 
35 


Iqtisodiyotning mezo va mikrodarajalarida risklarning turlari va ta’sirchanlik darajasi turlicha 
bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida risklarga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xo‘jalik 
sub’ektlari  faoliyatida  mavjud  risklarga  ta’sir  etuvchi  barcha  omillarni  shartli  ravishda  ikki 
guruhga: ob’ektiv va sub’ektiv yoki boshqarilmaydigan va boshqariladigan omillarga bo‘lish 
mumkin.  Birinchi  guruhga  korxona  yoki  firmaga  bevosita  bog‘liq  bo‘lmagan  omillar 
(inflyasiya,  raqobat,  iqtisodiy  inqirozlar,  ob-havo  sharoitlari)  kiradi.  Ikkinchi  guruhga 
muayyan  korxona  yoki  firmaning  faoliyatiga  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  omillar  (ishlab 
chiqarish  –  texnikaviy  imkoniyati,  ishlab  chiqarish  va  mehnatni  tashkil  etish,  texnika 
havfsizligi  darajasi  va  h.k.),  shuningdek  firmaning  xo‘jalik-moliyaviy  faoliyatida  juda 
muhim  xisoblangan  kontragent  firmalar  (mol  etkazib  beruvchilar,  subpudratchilar, 
loyixalashtiruvchilar) va raqobatchi firmalarni tavsiflovchi omillar kiradi.  
Iqtisodiyotning  mezodarajadagi  risklarining  salmoqli  turi  -  sanoat  riski  ma’lum  tarmoqning 
ichida  ham,  boshqa  tarmoqlarga  nisbatan  ham  alohida  olingan  tarmoq  iqtisodiy  ahvolning 
o‘zgarishi, uning rivojlanishi va amal qilishining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq. 
Xo‘jalik  tarmog‘iga  nisbatan  soliq  me’yorlaridagi,  tarmoq  yo‘riqnomalari,  kredit  olish 
shartlari  va  boshqalardagi  o‘zgarishlar  risk  manbai  bo‘lib  xisoblanadi.  Sanoat  riskini 
baholashda quyidagilarni e’tiborga olish kerak: 
- alohida olingan tarmoqning bir-biriga bog‘liq tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada ma’lum vaqt 
mobaynidagi faoliyati  (tarmoqning hayotiy davri); 
-  bir-biriga  bog‘liq  tarmoqlar  faoliyati  mamlakat  iqtisodiyotiga  nisbatan  qanchali  barqaror 
bo‘lishi; 
-  korxona  yoki  firmalarning  o‘z  kapital  qo‘yilmalarini  boshqa  tarmoqlarga  o‘tkazish 
imkoniyati; 
- firmalarning bajarayotgan ish xajmi, ishlaydiganlar soni, tarmoq ichidagi ularning xo‘jalik 
faoliyati moliyaviy natijalari bo‘yicha qay darajada tasnif qilinganligi va h.k. 
 

Download 33,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish