Yig’indida ishtirok etayotgan har bir qo’shiluvchi 2 ga oshirilsa, yig’indi 20 ga ortdi. Yig’indida nechta son qatnashgan? Yig’indida ishtirok etayotgan har bir qo’shiluvchi 3 ga oshirilsa, yig’indi 45 ga ortdi. Yig’indida nechta son qatlashgan?
Yig’indida 12 ta son ishtirok etmoqda. Agar qo’shiluvchilarning har biri 3 ga kamaytirilsa yig’indi nechtaga kamayadi?
yig’indida 18 ta son ishtirok etmoqda. Agar qo’shiluvchilarning har biri 5 ga oshirilsa, yig’indi nechtaga ortadi?
Ko’p xonali sonning o’nlar xonasidagi raqami 3 taga kamaytirilib, yuzlar xonasidagi raqami bittaga oshirilsa, bu sonning qiymati qanday o’zgaradi? Ko’p xonali sonning o’nlar xonasidagi raqami 4 taga, minglar xonasidagi raqami 2 taga oshirilsa, bu sonning qiymati qanday o’zgaradi?
Ko’p xonali sonning o’nlar va yuzlar xonasidagi raqami 2 tadan oshirilib, minglar xonasidagi raqami 1 taga kamaytirilsa sonning qiymati qanday o’zgaradi?
Uch xonali sonning raqamlari bittadan ortib boradi. Bu sonni teskari yozishdan hosil bo’lgan son dastlabkisidan nechtaga ortiq?
To’rt xonali sonning raqamlari ikkitadan kamayib boradi. Bu sonni teskari yozishdan hosil bo’lgan son dastlabkisidan nechtaga kam?
Barcha raqamlarni bir martadan ishlatib yozish mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik o’n xonali son farqini hisoblang. QIyinlik darajasi: 1.
151‐160. Har bir mashqda uchta raqamni shunday o’chiringki natijada hosil bo’lgan son eng katta eng kichik bo’lsin. Javobda hosil bo’lgan sonlarni ko’rsating.
123456789 156. 2354876145
125436412 157. 2516987452
542631425 158. 6214785645
561248724 159. 3654258745
541923541 160. 2319855874
Mantiqiy masalalar‐
Uchta tanga bo’lib ulardan biri qalbaki, ikkitasi haqiqiy. Qalbaki tanga haqiqiysidan yengilroq. Pallali tarozida bir marta o’lchash orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
To’qqizta tanga bo’lib ulardan biri qalbaki, qolganlari haqiqiy. Qalbaki tanga haqiqiysidan yengilroq. Pallali tarozida ikki marta o’lchash orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
81 ta tanga bo’lib ulardan biri qalbaki, qolganlari haqiqiy. Qalbaki tanga haqiqiysidan yengilroq. Pallali tarozida to’rt marta o’lchash orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
Qopda 24 kg shakar bor edi. Pallali tarozida toshlarsiz qanday qilib 9 kg shakar o’lchab olish mumkin?
5 litrli va 13 litrli idishlar bilan qanday qilib daryodan 3 litr suvni olish mumkin?
24 ta tangadan bittasi qalbaki bo’lib haqiqiylaridan biroz yengilroq. Qanday eng kam sondagi o’lchash orqali qalbaki tangani aniqlash mumkin.
Bir qop un, 1 gramlik tosh va pallali tarozi mavjud. Bu qopdan 10 marta o’lchash orqali 1 kilogramm unni o’lchab olish mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa qanday qilib?
5 ta qopning har birida 5 tadan tanga mavjud. Qaysidir qopdagi hamma tangalar qalbaki bo’lib, og’irligi 9 gramdan. Qolgan qopdagi tangalarning og’irligi 10 gramdan. Og’irlikni ko’rsatuvchi elektron tarozida bir marta o’lchash orqali qaysi qopdagi tangalar qalbaki ekanini aniqlash mumkinmi?
Shunday 3 ta tosh og’irliklarini ko’rsatingki, bunda pallali tarozida 1 kilogramdan 13 kilogramgacha bo’lgan ixtiyoriy og’irlikdagi yukni pallali tarozida bir marta tortish orqali o’lchash mumkin bo’lsin.
Shunday 4 ta tosh og’irliklarini ko’rsatingki, bunda pallali tarozida 1 kilogramdan 40 kilogramgacha bo’lgan ixtiyoriy og’irlikdagi yukni pallali tarozida bir marta tortish orqali o’lchash mumkin bo’lsin.
68 ta tosh bo’lib ularning og’irliklari har xil. Qanday qilib pallali tarozida 100 marta o’lchash orqali eng og’ir va eng yengil toshni aniqlash mumkin?
4 ta qovun va 3 ta tarvuz 38 kilogramga, 4 ta tarvuz va 3 ta qovun 39 kilogramga teng. Bitta qovun va bitta tarvuzning massasini toping.