1Adabiyot 11-sinf I qism
1. Qaysi ijodkorning yozgan asarlarida sahli mumtane san’atining yorqin namunalarini ko’rish mumkin?
A) Bobur B)
Navoiy
C) Mashrab D) Rabg’uziy
2. O’zbek prozasida ilk marotaba Rabg’uziy tomonidan qo’llangan birlik bu…?
A) latifa B) dialog B) she’r C) hikoya
3. “Qutadg’u bilig”da qaysi xususiyat
kishi uchun yaramasdir deyilgan?
A) yolg’onchilik B) sabrsizlik
C) shoshqaloqlik D) aqlsizlik
4. Quyidagi qaysi asarning yetakchi mavzusi Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan
bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go’zalligi, mehnat shavqi va turli insoniy kechinmalardir?
A) “Devoni lug’otit-turk” B) “Qutadg’u bilig”
C) ““Go’ro’g’lining tug’ilishi” D) “Qarolar falsafasi”
5.O’z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istasen-o’zungdin istagil. Ushbu misralar qaysi asardan olingan?
A)“Qutadg’u bilig” B) “Hibat ul-haqoyiq”
C)“Lison ut-tayr” D) “Saddi Iskandariy”
6. Qizil gul ochilar g’unchadan g’uncha, Toqatim yo’q, shu kun gul ochilguncha . “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan?
A) Hilol C) Ravshan
B) Go’ro’g’li D) Gajdumbek
7. Quyidagi qaysi shaharning nomi uning ranggi bilan bog’liq?
A) Qaz B) Qazvin C) Dizro’yin D) Marv
8. “Qutadg’u bilig”dagi qaysi qahramon ismi
sergaklantiruvchi ma’nosini beradi?
A) Kuntug’di B) Oyto’ldi
C) O’zg’urmish D) O’gdulmish
9. “Saddi Iskandariy”da
uchi egilgan tayoqqa nima o’xshatilgan?
A) yoy B) qad C) bosh D) qarilik
10.
“Hech ilme siynaga jo bo’lmadi takrorsiz” ushbu hayotiy hikmatga aylangan misralar muallifi kim?
A) Bobur B) Navoiy
C) Mashrab D) Rabg’uziy
11. “Qarolar falsafasi” da
o’zlari qaro bo’lganlari holda til durdonalari bilan olamga oq shu’la sochadur degan fikriga nimani misol qilib keltirgan?
A) qozon B) qora yog’
C) chiroq D) olim
12.
zangi yuzi, tul to’ni, qunduz terisi istioralari qaysi so’zni ifodalash uchun xizmat qiladi?
A) quyosh B) tun C) oy D) bo’ri
13. Qaysi asardagi ruhiy holat ifodasida sariq rang bilan bog’liq tasvirlar yetakchilik qiladi?
A) “Qutadg’u bilig” B) “Qissasi Rabg’uziy”
C) “Devonu lug’otit-turk” D) “Xazon yaprog’i”
14. “O’ttiz yosh yiqqanlarini ellik yosh qaytarib oldi, agar oltmish yosh qo’l tegizsa, nimalar qilar ekan” quyidagi fikrlar qaysi ijodkor tomonidan aytilgan?
A) Y.X.Hojib B) M.Koshg’ariy
C) Navoiy D) Rabg’uziy
15. Mahmud Koshg’ariy
“…larga yaxshilik qil, Ularni hurmatla. Ulardan biror sovg’a olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla” deganda kimni nazarda tutgan?
A) ota-ona B) qo’shni C) do’st D)aka-uka
16. “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida …
simobday erib, yo’lbarsday g’arqirab g’ayrati jo’sh urib deya nima ta’riflangan?
A) otlar B) bolalar C) polvonlar D) podshohlar
17.
yigitlar arig’I, ulug’ otlig’ qutlug’ zotlig’, ezgu xulqlig’ deya kim ta’riflangan?
A) Nosiriddin To’qbo’g’a B) Al Muqtado
C) Bug’roxon D) H.Bayqaro
18.
Otangni, onangni o’lim qo’ymadi, Vaqti kelsa seni qo’yadimi, ko’r. ushbu misralar qaysi asardan olingan?
A) “Qutadg’u bilig” B) “Qissasi Rabg’uziy”
C) “Devonu lug’otit-tur k” D) “Saddi Iskandariy”
19. Qaysi asar qahramonining
olamga nur sochuvchi oydek qizi bor edi?
A) “Saddi Iskandariy” B) “Go’ro’g’li”
C) “Devonu lug’otit-turk” D) “Saddi Iskandariy”
20.
Chiqish kelishidagi ot, o’zlik olmoshi, izofali birikma, so’ngra fe’l kelib ritmik-sintaktik parallelizmni hosil qilish hodisasi qaysi asarda uchraydi?
A) “Xazon yaprog’i” B) “Jonimdin o’zga”
C) “Xating aro” D) “Tishing dur”
21. Adabiyotimiz tarixida ilk bor
falsafiy-publitsistik yo’nalishda yaratilgan asarni toping?
A) “Qutadg’u bilig” B) “Qissasi Rabg’uziy”
C) “Devonu lug’otit-turk” D) “Qarolar falsafasi”
22. Boburning bequsurlikda yagona va jo’n uslubda yozilgan asari qaysi?
A) Mubayyin B) Vaqoe
C) Tarixi turkiy D) B va C
23. Qiyinchilikka duch kelgan qahramon, ma’shuqa ishqida o’rtanayotgan oshiq ko’pincha …. o’xshatiladi?
A) alif B) dol C) yo D) b va c
24. “Devonu lug’otit-turk”da yozuv va yaramaslarning bosh ko’tarishiga, ezgulikning kamayishiga, bilimdonlarning ezilib, odob-axloqning zaiflashuviga sabab sifatida nima ko’rsatiladi?
A) dushman B) hukmdor
C) o’lim D) odat
25. Qaysi ijodkor turk tilini
uloqchi otga o’xshatgan?
A) Y.X.Hojib B) Navoiy
C) M.Koshg’ariy D) Xondamir
26. Quyidagi qaysi atama ilk marta Mahmud Koshg’ariy tomonidan ishlatilgan?
A) yir B) she’r C) rajaz D) qo’shiq
27. “Qutadg’u bilig”da kim o’zini
bir ko’r kishiman deydi?
A) Kuntug’di B) Oyto’ldi
C) O’zg’urmish D) O’gdulmish
28.
… yalavoch bani Isroildan erdi. O’n qarindosh erdilar. Otalari Is’hoq otlig’ erdi. Tun-kun yig’layur erdi ibodat ichinda. Nuqtalar o’rniga to’g’ri nomni qo’ying?
A) Dovud B) Sulaymon
C) Nuh D) Luqmon
29. Quyidagi qaysi so’z
qoshlarning o’rtasida paydo bo’ladigan tirish ma’nosini beradi?
A) chin B) hola C) yosh D) marjon
30. Anbar Otin
zahmat ahlidan deb kimni aytgan?
A) Farmonquli B)
Bibixon
C) Zohidxo’ja D) Dilshod otin
31. “
Ki Xoqon chu bo’ldi Skandarparast, Skandarga Chin ichra bo’ldi nishast” Navoiy ushbu misralar orqali nimani tasvirlamoqda?
A) sulh B) jang C) mag’lubiyat D) g’alaba
32. “Qutadg’u bilig”dagi qaysi qahramon kishilarni
umrni behuda o’tkazmaslikka chaqiradi?
A) Kuntug’di B) Oyto’ldi
C) O’zg’urmish D) O’gdulmish
33. “Devonu lug’otit-turk”da aytilishicha, Movarounnahr qaysi shahardan boshlangan?
A) Yankand B) Qazvin
C) Dizro’yin D) Marv
34. Odam qurtday qaynab yotgan shahar qaysi?
A) Mari C) Taka turkman
B) Zangar D) Ko’kbuloq
35. “Alp Er To’nga” she’rning ta’sir kuchini ta’minlagan unsur bu…?
A) mubolag’a B) qofiya C) tazod D) tanosub
36. Qaysi asarda “Boburnoma” mutolaasi bilan mashg’ul bo’lib o’tirgan obraz uchraydi?
A)Kecha va kunduz B) “O’tkan kunlar”
C) “Mehrobdan chayon” D) “Ikki eshik orasi”
37.
Jonim chiqdi, qoshi qarosini ko’rung, urayinmu boshima kabi xalqona birikmalar qaysi ijodkor ijodida uchraydi?
A) Bobur B) Navoiy
C) Mashrab D) Rabg’uziy
38.
uyat –o’limdan qattiq fikri qaysi asardan olingan?
A) “Saddi Iskandariy” B) “Go’ro’g’li”
C) “Devonu lug’otit-turk” D) “Saddi Iskandariy”
39. “Qutadg’u bilig”dagi qaysi qahramonga nisbatan
sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi hikmatli so’zi mos keladi?
A) Kuntug’di B) Oyto’ldi
C) O’zg’urmish D) O’gdulmish
40. Qaysi asarda tabiat va yurt go’zalligi vositasida tabiat hodisalari tufayli inson ruhiyatida yuzaga keladigan turli o’zgarish va kechinmalar ta’sirchan ifoda etilgan?
A) “Qutadg’u bilig” B) “Qissasi Rabg’uziy”
C) “Devonu lug’otit-turk” D) “Qarolar falsafasi”
41. Tepangdan sochilgan tillang-qoningdir
Og’zingdan uchgan qush- joningdir
Qulagan imorat- sening taningdir. “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan?
A)Ravshan B) Yusuf C) Holmon D) Nazar
42.“Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida molini oldirgan odamlar kimning oldiga arzga borishadi?
A) Go’ro’g’li C) Odilxon
B) Shohdorxon D) Jig’alixon
43. “Devonu lug’otit-turk”dan olingan ushbu parchada gap qaysi shahar haqida ketmoqda: “
Bu yerda Afrosiyobning qizi –Qazning eri Siyovush o’ldirilgan?”
A) Yankand B) Qazvin
C) Dizro’yin D) Marv
44. Mahmud Koshg’ariy haqida berilgan noto’g’ri fikrni toping?
A) uning ilk ustozlaridan biri nishopurlik Husayn xalifa
B) u turkcha-arabcha lug’atning
ilk namunasini yaratdi
C) u turkcha so’zlar ma’nosini arabchada izohladi
D) u qomuschi olim va tolmas sayyoh sifatida tanildi
45. “Sulaymon va chumoli” suhbatida chumoli
uning barcha ishlari foniydir, vujudi bo’lmas, hamma ishlari foniydir deb nimani aytgan?
A) quyosh B) yel C) oy D) tosh
46. Alisher Navoiy
manga davlat ilgi rahnamun deya nimani aytadi?
A) Iskandar g’alabasi B) Xamsaning boshlanishi
C) Xamsaning tugallanishi D)
Iskandar vafoti
47. “
Sen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshni yeymiz. Uxlab tursak, ikkimiz ham och qolamiz. Shunday ekan, bunday ovqatlarga ruju qo’yishning nafi yo’q” ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Qutadg’u bilig” B) “Qissasi Rabg’uziy”
C) “Devonu lug’otit-turk” D) “Saddi Iskandariy”
48. “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida urush natijasida yer bilan yakson bo’lib, tep-tekis bo’lib ketgan joy qayer?
A) Taka turkman C) Urganch
B) Zargar D) Mari
49. Qaysi asar qahramoni
Yomonlarga misli bir olov. Yovga ofat deya tasvirlangan?
A) “Qutadg’u bilig” B) “Qissasi Rabg’uziy”
C) “Devonu lug’otit-turk” D) “Saddi Iskandariy”
50.
Agar ustodi adabni izlasang, ….
Sen Navoiy ta’limini doim mutolaa qil. Nuqtalar o’rniga kerakni so’zni qo’ying?
A)Mashrab B) Anbar C) Bobur D)
Dilshod